Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


  II. BOB. GIMNASTIKA MASHQLARINI O’RGATISH


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

 


24 
II. BOB. GIMNASTIKA MASHQLARINI O’RGATISH 
USLUBIYATI 
2.1. O’rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari 
Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday 
pedagogik jarayon singari, harakat ko’nikmalarini, malakalarini 
shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarning 
o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir. 
Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi 
uchun: 
ahamiyatli 
bo’lgan 
harakat 
ko’nikmalarini 
shakllantirish; 
 kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik 
singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash; 
 pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv 
mas- kanlari talabalarida) shakllantirish lozim. 
Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida hal 
etiladigan alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, 
uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o’quvchilarning 
tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi. 
Ginmastika mashg’ulotlarida o’zlashtiriladigan mashqlar 
xilma- xil bo’lib, ular gavdaning alohida qismlarini oddiy 
harakatlari, oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, 
tayanishdan) to jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga 
solish bilan bog’liq bo’lgan mnrakkab harakat faoliyatlarigacha 
(masalan, halqalarda qo’llarni ikki yonga uzatib tayanish - 
chalishtirish, yakkacho’pdagi yoki erkin mashqlardagi uch karra 
salto) harakatlarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun ba’zi bir 
mashqlarni o’rganish oson kechadi. Bu mashqlarni o’zlashtirib 
olish uchun ularning bajarilishini ko’rish yoki nomlarini eslab 
qolishining o’zigina kifoya bo’ladi. Boshqa mashqlarni o’rganish 
esa uzoq muddatda shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi. 
Aniq bir gimnastika mashqini o’rgatishni shartli sur’atda 


25 
o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi 
bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil 
qilishdan (boshlang’ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday 
tasawur har bir harakat faoliyatini ongli o’zlashtirish zaminida 
yotadi. Yangi harakat to’g’risidagi (uning shaldi, ko’lami, ta’sir 
yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va 
talaba xotirasida to’plangan harakat tajribasi natijasida bo’lajak 
harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi 
umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi. 
Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini 
egallash (mashqni juda puxta o’rganish). Bu bosqichda 
o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishiashi natijasi 
o’laroq, mashq haqidagi tasawur aniqlanadi, xatolarga yo’l 
qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi 
ta’minlanadi. 
Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va 
takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, 
avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli 
shug’ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va 
boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi. 
Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun 
faoliyat o’zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, 
oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab 
mashqlarni 
bajarishga, 
bajarish sharoitini o’zgartirishga, 
masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib bajarishga qaratilishi 
mumkin. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling