Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


 Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

2.2. Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari 
Birinchi shart. Gimnastika mashqlarini o’rgatishni 
muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti - talabalarning 
jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash. Bunda talabaning 
imkoniyatlari quyidagi ko’rsatkichlarga e’tiboran baholanadi: 
 mashqlarni bajarishni o’zlashtirish tayyorgarligi, 


26 
o’zlashtiriladigan mashqlarning hajmi va ifodasi, harakatlarni 
o’rganishdagi 
ayrim 
qiyinchiliklar, 
talabada 
yangi 
mashqlardagiga o’xshash harakat tajribasining mavjudligi; 
 jismoniy tayyorligi (yangi texnik harakatni o’rganib 
olishda hal qiluvchi xislatlarning kamolot darajasi); 
 ruhiy xislatlarning (talabalarning dadilligi, qat’iyligi, 
uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo’riqishlarga chidamliligi) qay 
darajada rivojlanishi. 
Talabaning mashqlarni o’rganish qobiliyatini baholash 
xarakteri ayni vaqtda qanday mashq o’rganayotganiga bog’liq. 
Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shutting uchun 
yangi harakat o’rganilayotgandagi har bir aniq holatda tala 
bailing imkoniyatlarini aniqlab olish o’zgarib turishi mumkin, 
Ikkinchi Shaft - o’rgatish dasturini harakat tuzilmasini 
tahlil qilish va talabaning shaxsiy xususiyatlarini bilish asosida 
tuzish. O’qitish dasturi algoritmik topshiriq, chizmali yoki 
tarmoqli dastur tarzida yoziladi. Mashqlarni bajarish texnikasi 
murakkablasha bor- gan sari o’rgatish dasturining samaradorligi 
ham orta boradi. 
Uchinchi short - mashqlar to’plarnini o’zlashtirish 
jarayonini mohirlik bilan boshqarish. O’qituvchi buni talaba 
faoliyatini tahlil qilish hamda unga aniqlik kiritadigan buyruqlar 
va nazorat topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi. 
To ‘rtinchi short - mashqlarni samarali vato’g’ri bajarish 
uchun tegishli sharoit va o’quv vositalarining mavjudligi. Bunga 
quyidagi: mashg’ulot o’tadigan joy (sinf xonasi, zal, 
maydonchalar), asosiy va yordamchi jihozlar, uslubiy o’quv 
vositalari 
(jadvallar, 
rasmlar, 
kino-videolavhalar, 
odam 
gavdasining shakllari, ta'lim texnikasi va uslubiyati uchun 
tuzilgan uslubiy rejalar), texnikaviy ta’minlash vositalari, kino, 
foto va videoapparatlar, o’lchov qurilmalari va goniometr
dinamometr 
va 
boshqa 
asboblar, 
magnitofonlar, 


27 
videomagnitofonlar, diktofonlar kiradi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling