Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi
5.3.
Darsning tuzilishi Darsning tuzilishi deganda, pedagogik masalalarni hal qilishdagi muayyan izchillik va shunga muvofiq jismoniy mashqlarning takrorlanish tartibini tushunamiz. Darsning maqsadga muvofiq izchilligini, uning to’g’ri tashkil etilganligini belgilaydigan omillar quyidagilar: 1. O’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va kam vaqt sarflab, yuqori natijalarga erishishi. 2. Dars jarayonida o’quvchilarning yuqori ish qobiliyatini saqlashi. 3. Mashg’ulotni tashkillashtirishga, uning tartibini belgilash, o’quvchilarning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash uchun sharoit yaratish. Gimnastika mashg’ulotlarini tashkillashtirish uchun uch bosqich mavjud: birinchi bosqichda o’quvchilar asosiy ishga tayyorlanadilar; ikkinchi bosqichda asosiy ish bajariladi; uchinchi bosqichda esa darsga yakun yasaladi. Dars qismlari - darsning tayyoriov, asosiy va yakuniy qismlariga bo’linadi. mushaklar chigilini yozish fiziologik (sog’lomlashtirish), bilim berish va tarbiyaviy. 75 Fiziologik maqsadga yetish vazifalari: dars shug’ullanuvchilarning markaziy asab tarmog’ini tayyorlash va vegetativ funksiyalar hamda sensor tizimlarni faol ishlashga tayyorlash. Bunda o’quvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash, organizm faoliyatini oshirish va mehnat faolligining samaradorligini ta’minlaydigan qulay sharoit yaratish; o’quvchilardan mashq bajarishda taalluqli mushak zo’riqishini, chidamlilikni, tezkorlikni talab qiladigan faoliyatga, hara- kat-tayanch apparatlari va bo’g’imlarning tayyorligini ta’minlash; harakat apparatlarini katta amplitudada harakat qilishga tayyorlash. Bunda shug’ullanuvchilarni oldindan har tomonlama tayyorlash, ularni turli xil jarohatlanish va zo’riqishdan saqlashga zamin yaratiladi. Yuqorida qayd qilib o’tilganlarga rioya qilish o’quvchilarni mehnat unumdorligi va dars saviyasini ko’tarishga olib keladi. Bu esa o’z о’rnida darsni uslubiy to’g’ri tashkil etishga bog’liq. Darsning tayyorgarlik qismi yakunida mashg’ulotlar hajmi, shiddatini kerakli darajada (160-180 d/ur) oshirish, shug’ullanuvchining dars asosiy qismiga tayyorligini oshiradi, jismoniy, psixologik zo’riqishlarga tayyorlaydi va intizomni, ularning mashqlarni bajarishga boigan diqqatini oshirishga olib keladi. Juda past yoki haddan ko’p jismoniy mashqlarni bajarish teskari natijani beradi. Bilim berish vazifalari: Shug’ullanuvchilar oiganiladigan mashqlar texnikasi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak, ularni qo’llashda harakat faoliyatini belgilab bergan gigiyenik, davolash, sportda har xil parametrlar (zo’riqish darajasi, yo’nalish koiami, jadalligi va bajarish tezligi) bilan bajarish ko’nikmasini shakllantirish, dam olish, ovqat- lanish, gimnastika mashqlari bilan 76 shug’ullanish va boshq. Harakat faoliyatining alohida qismlarini yoki tugallangan oddiy harakatlarni o’zlashtirish. O’quvchilarning yangi harakat faoliyatini tez va sifatli o’zlashtirib olish imkoniyatlarini oshiradigan harakat bazasi, darsga tayyorgarlik qismidagi ta’lim berishvazifalarini hal qilish (umumrivojlantimvchi, qo’shimcha, sport-gimnastik mashqlar, qaddi-qomatni to’g’ri tutish) natijasida o’zlashtiriladigan ko’nikma va malakalar hosil qiladi. Mashqlarni bajarishda gimnastlarga xos yondashish, saf harakatida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kushlari Ustavi talabiga rioya qilishga o’rgatadi. Psixomotor qobiliyatini rivojlantiradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling