99
GIMNASTIKA ATAMALARINING QISQACHA IZOHLI
LUG’ATI
Sizning e’tiboringizga havola qilinayotgan lug’at
gimnastika atamalarini qamrab olgan.
Mazkur atamalar jismoniy
tarbiya o’qituvchilarining har kungi ish faoliyatida uchraydi.
Biroq yuqori toifali sportchilar qo’llaydigan boshqa atamalar
ham bor. Ushbu atamalar tematik tartibda berilmoqda.
Umumiy atamalar
Элемент - Element - gimnastikaning qisqa bir mashqi
bo’lib, bo’laklarga bo’linmasligi va o’zining tugallanganligi bilan
ifodalanadi.
Соединение - Birikma-
ketma-ket va yaxlit ijro
etiladigan elementning yig’indisi, shu bilan birga, elementning
birikmalarda ijrosi, uning alohida bajarilishidan katta farq qiladi.
Комбинация - Kombinatsiya - aniq boshlanishi (jihozga
sapchib chiqish, sakrab chiqish) va tugallanish (sakrab tushish)
elementi bilan ifodalanadigan elementlar
va birikmalarning
yig’indisi.
Позиция - Holatlar - gimnastika sportida oyoqlarning
besh xil turishdagi holati qabul qilingan.
Harakatlarni ifodalash
Одноименные - Bir nomli - harakatlar mos keladigan;
yo’na- lishi tugallanish oxiri bilan o’ngdan o’ngga yoki chapdan
chapga; bir xil nomdagi aylanish bilan o’ngga
harakat qilib,
o’ngga aylanish yoki chapga yurib, chapga aylanish.
Разноименные - Har xil nomli - qarama-qarshi
harakatlar: yoVnalishi bo’yicha tomonning oxiriga o’ngdan
chapga yoki chapdan o’ngga; har xil nomlanuvcM aylanishlar
bilan
chapga yurib, o’ngga burilish yoki o’ngga yurib, chapga
burilish.
Поочередные - Navbat bilan - tananing bir qismi (qo’l
yoki oyoqni) bilan, keyin ikkinchi qismi bilan bajariladigan
100
harakat.
Последовательные - Ketma-ket
- tananing qismlarini
birinchisidan (yarimi) so’ng ikkinchi qismiga o’tib bajariladigan
harakat.
Одновременные - Bir vaqtda - tana qismlari bilan (qoi,
oyoq) bir vaqtda bajariladigan harakat,
ular simmetrik, shu bilan
birga, asimmetrik bo’lishi ham mumkin.
Bog’lovchilar
Ha - Da - tayanish tananing qaysi qismida bajarilishini
ko’rsatadi, masalan,
bosh ustida, yelka usti
da, o’ngda (oyoqda),
qorin ustida. Lekin ular o’zbek tilida (gimnastikada) usti
da yoki
ustiga so’zisiz ishlatiladi,
И - Va- birpaytda bajariladigan elementlar o’rtasiga
ketma-ket ijro etilishi ko’rsatilsa, aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: