Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

ma’nosini bildiradi(mashqlarning nafaqat kuchni rivojlantirish
balki tarbiyalash xususiyatlariniinkor etish yoki tan olish))berilib 
ketganligi, mazkur tizimlarning salbiy tomoni edi. 
XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan quyidagi dastlabki 
tizimlar: Rossiyada P.F.Lesgaft (1837-1909) tizimi, Fransiyada 
fiziolog va pedagog J.Demeni (1850-1917) tizimi paydo bo’la 
boshlaydi. Birinchi Jahon urushi yillarida J.Demeni jismoniy 
tarbiyaga oid asar e’lon qiladi. O’z asarida mashqlarning statik 
emas, balki dinamik bo’lishi, to’la amplitudada bajarilishi, 
shaklan nafis bo’lishi kerak, deb hisoblagan. Mashq bajarish 
jarayonida ishtirok qilmagan mushaklar bo’sbashib turishi kerak, 
deb qayd qilgan. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi qadam 


14 
bo’ldi. 
Demeni taklif qilgan mashqlar gimnastikani ancha 
boyitdi. Demeni salomatlikni mustahkamlashni, gavda tuzilishi 
va harakatlarnmg nafisligiga erishishni, kishining chaqqonligi va 
irodaviy tuyg’ularini rivojlantirish - jismoniy tarbiyaning 
vazifalaridir, deb hisoblagan. Uning shogirdlaridan biri J.Eber 
jismoniy tarbiyaning «tabiiy uslubi»ni taklif qildi. Bu taklif 
aslida harbiy-amaliy gimnastikaning yanada rivojlantirilishi 
bo’lgan edi. 
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida gimnastikaning 
yangi turlari paydo bo’ladi. Jumladan, badiiy va ritmik 
gimnastikaning yangi turlari tashkil topadi, tibbiyotning 
sohalaridan biri bo’lgan davolash gimnastikasi, ko’proq 
gigiyenik yo’nalishda bo’lgan shaxsiy gimnastika tizimi 
(Myulleming 
«Mening 
tizimim», 
Sandovning 
gantellar 
gimnastikasi, Porshek, Anoxinning shaxsiy gimnastika tizimi va 
h.k.) keng qo’llaniladi. 
1.4. O’zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi 
Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O’zbekistonda 
gimnastikaning davolash, soglomlashtirish, amaliy jismoniy 
tarbiyaning yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. 
Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli 
o’yinlarni katta bayram va to’ylarda tashkillashtirishgan. 
Navro’z, hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, 
yugurish bo’yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon 
o’yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko’ngilochar tadbirlari 
muntazam ravishda o’tkazilib turilgan. 
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari»da jismoniy tarbiyaga 
katta e’tibor bergan. O’z kitobida salomatlikni muhofaza qilish 
qoidalarini ko’rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy 
mashqlarning sog’lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan 
о’rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so’z yuritadi. Ibn 


15 
Sino olimlar orasida birinchi bo’lib, jismoniy mashqlarning odam 
organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish 
jarayonini keltirib chiqaruvchi erldn harakat jismoniy mashq 
deyiladi», deb ta’riflagan. 
Olimlarning raisi (Ibn Sinoni shunday deyishgan) 
ta’kidlashicha, salomatlikni muhofaza qilish tartibida eng 
asosiysi badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish, undan so’ng 
ovqatlanish va uyqu tartiblariga rioya qilishdir. Agar odam o’z 
vaqtida, 
me’yorida badantarbiya mashqlari bilan doimo 
shug’ullanib, kun tartibiga rioya qilsa, u hech qanday davolash 
chorasi va dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Buyuk olimning 
yozishicha, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullantnay 
qo’ygan odamning sog’lig’i so’nib, harakatlanishni to’xtatish 
natijasida kuchi susayib boradi. Olimning fikricha, jismoniy 
mashqlar mushaklar, bo’g’inlar, asab tolalarini mustahkamlaydi, 
natijada, insonlar o’z ishlarini toliqmasdan uzoq muddatda 
bajarib, xastalikdan muhofaza etishadi. Ibn Sino jismoniy 
mashqlar 
bilan 
shug’ullanganda 
insonning 
yoshi 
va 
salomatligining qay darajada ekanligini inobatga olishni 
ta’kidlaydi. 
«Tib qonunlari»da bolalar, o’smirlar, keksalar qachon va 
qay tarzda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi haqida 
ma’lumot berib o’tiladi. Ibn Sino mashqlarni bosh lash va 
tugatish vaqti, uqalash, hammomda va sovuq suvda chо’rnilish 
(chiniqish), tanani tozalikda saqlash va boshqa gigiyenik talablar 
haqidagi fikr-mulohazalari bugungi kungacha olimlar diqqat 
markazidadir. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling