Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


  III. BOB. MASHG’ULOT О‘TKAZILADIGAN JOYLAR VA


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

 


37 
III. BOB. MASHG’ULOT О‘TKAZILADIGAN JOYLAR VA 
ULARNING JIHOZLANISHI 
3.1. Gimnastika zallari 
Gimnastika o’quv-mashg’ulot darslari, odatda, maxsus 
jihozlar bilan jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq 
maydonchalar (gimnastika shaharchalari)da o’tkaziladi. 
Gimnastika mashg’ulotlarini zallarda o’tkazish uchun: 
Umumta’lim maktablari, maxsus maкtab internatlari, 
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va nihoyat, oliy ta’lim 
muassasalaridagi zallarda gimnastikaga oid jihoz, jihozlar uchun 
qo’shimcha xonalar, yo’riqchilar xonalari, yechinib-kiyinadigan 
xonalar (erkak va ayollarga), yuvinish xonalari va hojatxonalar 
bo’lishi shart. Ular mashg’ulotdarsga qatnashuvchilar uchun 
qulay joylashgan bo’lishi kerak. 
Kiyinib-yechinish 
xonalari 
shug’ullanuvchilarning 
kiyimlari saqlanadigan ikki qavatli javonlar (0,3x0,50 m) va 
o’rindiqlar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Maktablardagi majlis 
zallaridan boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlari o’tkazishda foydalanish mumkin. 
Maxsus ta’lim talabalari uchun: 
T/r
 
Zal
 
O’lchami, m
 
Bir paytda necha talaba 
shug’ullanishi mumkin
 
bo’yi
 
eni
 
balandligi
 
1.
 
Kichik 
gimnastika zali
18
9
5,4
40 tagacha
2.
 
Kichik 
gimnastika 
sport zali
24
12
6,0
60 tagacha
Klublar uchun 60-65 kishilik kichik (24x12x6) yoki o’rta 
(30x15x6,5) sport-gimnastika zallari mo’ljallangan bo’ladi. 


38 
Zallardan foydalanishda qo yiladigan gigiyena talablari. 
Sport zali, uning yordamchi xonalari supurish va yaivish uchun 
qulay bo’lishi kerak. Devorlar 1,75 m balandlikkacha to’g’riva 
tekis bo’lishilozim. Ular ochiq rangli bo’yoqda bo’yaladi yoki 
ustiga tekis va yaxlit qoplama qoplanadi. 
Ship ham ochiq rangli bo’yoqda bo’yaladi. Pol kemalar 
palubasi singari tekis, yoriq joylarisiz qoqilgan bo’lishi kerak. 
Isitish asboblari ham turtib chiqmaydigan qilib, devor sathiga 
tekislab panjara bilan qoplanadi. Odatda, gimnastika mashg’uloti 
o’tkaziladigan zaldagi harorat doimiy 18-20°C saqlab turiladi, 
havoning namligi esa 50-60 % atrofida bo’ladi. 
Mashg’ulotlar o’tkaziladigan sport zalida havoni bir 
soatda uch martaalmashtirishni ta’minlaydigan tabiiy yoki sun’iy 
(havo oqimini kiritib, so’rib chiqaradigan hamda isitib turadigan) 
jihozlar o’matilishi maqsadga muvofiq. 
Derazalarning nur tushadigan sathi pol sathidan 1,5 
qismidan kam bo’lmasligi kerak. Derazalar poldan 1,5 m 
balandlikda bo’lishi darkor. Elektr nuri mayin, yetarli (pol 
yaqinida 150 luks yoritilgan) bo’lishi lozim. 
Yechinib-kiyinish xonalari zalning yonginasida bo’I ad i. 
Hamma xonalar muntazam supurib, yuvib, уig’ishtirilib turilishi 
kerak (har kuni, har bir mashg’ulotdan so’ng ho’l latta bilan 
artiladi 
va 
1-2 
haftada 
bir 
marta 
yaxshilab 
umumiy 
yig’ishtiriladi). 
Gimnastika zallarining jihozlari. Gimnastika turlari bilan 
shug’ullanish uchun zallarda maxsus gimnastika sportiga oid 
jihozlar o’mati lishi kerak. Jihozlarning soni zalda bir vaqtda 
nechta sportchi shug’ullanishiga qarab belgilanadi. 
Bunda mashg’ulotning mazmuni, shug’ullanuvchilarning 
toifasi, o’quv guruhlari (ularning tarkibi, soni) hisobga olinadi. 


39 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling