O`simlik va zamburug` hujayrasi ‘
Zamburug`lar
oziqlanishiga
ko`ra
Saprofit
- mog`or zamburug`i
- achitqi zamburug’i
- qalpoqchali zamburug`lar
Parazit
- qorakuya zamburug’I
- zang zamburug’I
- vertitsilyoz zamburug`i
Simbioz
Zamburug`larning ko`payishi
Ko`payishiga ko`ra
3 xil
Vegetativ
- kurtaklanish;
- mitseliyning
bo`laklarga ajralishi
Jinssiz
- sporalar hosil
qilish yo`li bilan;
Jinsiy
- tuban zamburug`lar
suvo`tlarga o`xshab
- yuksak zamburug`-
lar- maxsus jinsiy or-
ganlari yordamida.
Mog`or zamburug`i (oq po`panak)ning jinssiz ko`payishi Mog`or zamburug`ining mitseliysi shoxlangan, bo`g`insiz. Mog`or zamburug`i qulay sharoitda jinssiz ko`payadi. Bunda uning vegetativ tanasidan shoxlanmagan mevatana o`sib chiqadi. Meva tananing uchida sharsmon sporangiy hosil bo`ladi. Sporangiyda sporalar yetiladi.Voyaga yetgan sporangiy qora rangda bo`ladi. U yetilib yoriladi va sporalari tarqaladi. Mog`or zamburug`i (oq po`panak)ning jinsiy ko`payishi Oziq yetarli bo`lmagan noqulay sharoitda mog`or zamburug`I jinsiy ko`payadi. Zamburug`larda 2 ta shtamm mavjud. +shtamm va –shtamm. Bir- biriga yaqin joylashgan “+” va “-” shtammli zamburug` gifalari bir-biriga qarab o`sadi. Ularning uchlari tutashib orasida to`siq hosil bo`ladi. So`ngra bu to`siq eriydi va ularning yadrolari bir- biriga qo`shilib zigota hosil bo`ladi. Bu zigota zigospora ham deyiladi. Chunki u tinim davridan o`tishga moslashgan bo`lib, qalin po`st bilan o`ralgan. Qulay sharoitga tushgan zigasporadan mevatana, sporangiyband, sporangiylar o`sib chiqadi. Sporangiyda sporalar yetiladi. Bu sporalardan mog`or zamburug`I hosil bo`ladi va jinsiz ko`payishda davom etadi. Jinsiz ko`payishda hosil bo`lgan sporalar bir xil shtammli, jinsiy ko`payishda esa har xil shtammli sporalar hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |