Zamon shakllari
Download 0.61 Mb.
|
rules for all tenses (pdf.io)
Qisqa javoblar (Short answers)
Is Tom going to study abroad next year? Yes, he is./No, he isn’t. – Tom kelasi yil chet elda o’qimoqchimi? Ha./Yo’q. Ishlatilishi Be going to o’zbek tiliga …moqchi deb tarjima qilinib, quyidagi ikki holatda ishlatiladi. 1. Yaqin kelajakka mo’ljallangan reja, niyat yoki orzu, istaklarimiz haqida gapirganda. Bunda shunchaki niyat yoki reja qilib qo’yamiz, biroq uni amalga oshirish uchun amalda hali hech bir ish bajarmagan bo’lamiz. I’m going to employ more staff. – Men ko’proq ishchi xodimlar olmoqchiman. (niyat/reja) I’m going to expand my company. – Men kompaniyamni kengaytirmoqchiman. (niyat/reja) 2. Tez orada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqea-hodisani ko’rsatib turgan tashqi dalil mavjud bo’lgan vaziyatlarda. Ya’ni, boshqa faktlar yoki voqea-hodisalardan biror-bir voqeaning sodir bo’lishi yaqqol ko’rinib turgan bo’lsa, u holda be going to formulasidan foydalanamiz. Osonroq qilib tushuntiradigan bo’lsak, A hodisadan B hodisa sodir bo’lishini tahmin qilamiz. Look at him! He is going to win the race. – Unga qara! U poygani g’olib bo’lmoqchi. (uning boshqa barcha yugiruvchilardan oldinda ekanligi faktiga tayangan holda uning g’olib bo’lishini tahmiz qilyapmiz) Note: O’zimizning shaxsiy fikrimiz, ishonchimiz yoki tasavvurimizga tayangan holda kelajak haqida tahmin qilganda will ishlatamiz. In the year 2050 there will be colonies on Mars. – 2050 yilda Marsda koloniyalar bo’ladi. (bunda hech qanday ilmiy ma’lumotlarga tayanmayapman, balki shunchaki o’zimning shaxsiy farazlarim) Ko’zimiz bilan ko’rib turgan narsalar (evidence-dalil) yoki bilimlarimizga tayangan holda kelajak haqida tahmin qilganda be going to ishlatamiz. Look! The acrobat is going to walk along the tightrope. – Qara! Akrobat dordan yurmoqchi. (akrobatning dordan yurishi haqidagi tahminim uning qo’liga yog’och olib, dor tomon zinadan ko’tarilib borayotganligini ko’rib turganligimga asoslangan) 28 Present continuous – hozirgi davomli zamon
Present continuous yaqin kelajak uchun qat’iy belgilab qo’yilgan, rejalashtirilgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda ish-harakatning sodir bo’lish vaqti va joyi aniq bo’ladi va hamma narsa tayyorlab qo’yilgan bo’ladi. He is leaving for Amsterdam in an hour. – U bir soatdan keyin Amsterdamga jo’nab ketyapti. (uning safari uchun hamma narsa tayyorlab qo’yilgan va u hozir aeroportda) Present simple – hozirgi oddiy zamon Present simple kelasi zamon uchun dasturlar va jadvallarga nisbatan ishlatiladi. Bunda asosan, poyezd, samalyot, avtobus qatnovlari, konsert dasturlari, kinoteatr, televizordagi film va ko’rsatuvlar namoyishi kabilar tushuniladi. Chunki, bularning vaqtlari oldindan belgilanib tasdiqlanadi va o’zgarmaydi. Shuning uchun ham ish-harakat garchi kelasi zamonda sodir bo’lsa ham hozirgi oddiy zamon formulasida ifodalanadi. The film starts in ten minutes. – Film o’n minutdan keyin boshlanadi. (film kelasi zamonda boshlanadi, lekin bu kinoteatr dasturi bo’lganligi uchun present simple zamonida ifodalanadi) Time expression – Vaqt ifodalari (payt ravishlari) Future simple va be going to quyidagi vaqt ifodalari bilan ishlatiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling