Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet29/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

When will you return? Siz qachon qaytasiz? (when-question word)

I don’t know when Helen will be back. Helen qachon qaytishini bilmayman. (when-question word)

Please phone me when you finish work. – Ishni tugatgan paytingizda menga telefon qilib yuboring. (when-time word)

Please phone me when you will finish work.


! If so’zi agar degan ma’noda future ya’ni will bilan ishlatilmaydi. Lekin, if - …mi (yoki yo’qmi) degan ma’noda will bilan ishlatilishi mumkin. Bunday gaplar asosan bexabarlik (ignorance), noaniqlik yoki ishonchi komil emaslik (uncertainty) va hokazo ma’nolarni ifodalovchi quyidagi iboralar bilan ishlatiladi: I don’t know – Bilmayman, I doubt – Shubham bor, I wonder Hayronman, etc.

I wonder if he will be on time. – U o’z vaqtida kelarmikan (yoki yo’qmi) hayronman.

But: If you see him, tell him about the party.Agar uni ko’rib qolsangiz, unga ziyofat haqida aytib qo’ying. (bu gapda if you will see deyish mumkin emas, chunki if – agar degan ma’noda ishlatilyapti)

Future Continuous Kelasi davomiy zamon


They will be working.
Ular ishlayotgan bo’lishadi.

He’ll be watching the news. U yangiliklarni korayotgan bo’ladi.
Will They be working?
Ular ishlayotgan bo’lishadimi?

Will he be watching the news? U yangiliklarni korayotgan bo’ladimi?
They will not be working.
Ular ishlamayotgan bo’lishadi.

He won’t be watching the news. U yangiliklarni kormayotgan bo’ladi.


Ishlatilishi


1. Kelasi zamonda aniq bir paytda davom etayotgan bo’ladigan ish-harakatlarga nisbatan.

This time next week, Ill be skiing in Austria. Kelasi hafta shu paytda men Avstriyada chang’i uchayotgan bo’laman.

2. Har kungi odatimiz bo’lganligi uchun yoki allaqachon rejalashtirib, kelishib qoyganligimiz uchun kelajakda sodir bo’lishi aniq bo’lgan ish-harakatlarga nisbatan. Bunday vaziyatdagi gap o’zbek tiliga future simple yoki future continuous zamonlarida tarjima qilinishi mumkin.

31

Shall I inform the rest of the team? Jamoaning qolganlarini ham xabardor qilaymi?

No, I’ll do it. I’ll be seeing them at the meeting anyway. Yo’q, buni o’zim qilaman. Ularni baribir ham yig’ilishda ko’raman. (Ular har hafta yig’ilish o’tkazishadi, shuning uchun ham u ularni o’sha oldindan belgilab qo’yilgan yig’ilishda aniq ko’radi.)

3. Kimningdir yaqin kelajak uchun mo’ljallangan rejalari haqida odob bilan so’raganda. Bundan maqsad bizning istaklarimiz ularning rejalariga mos keladimi yoki yo’qmi shuni bilish. Masalan, ko’chadan nimadir olib kelish kerak, lekin tashqariga chiqish uchun vaqtimiz yo’q. Shunda sherigimizdan u ko’chaga chiqmoqchimi yoki yo’qmi shuni odob bilan so’raymiz. Chunki, agar u ko’chaga chiqsa, o’zimiz uchun o’sha narsani olib kelishini sherigimizdna iltimos qilamiz.

Yana bir vaziyat shundan iboratki, ko’ylagingiz kir bo’libdi. Siz onangiz uni yuvib qo’yishini xohlaysiz. Shunda onangizdan bugun kir yuvmoqchimi yoki yo’qmi shuni so’raysiz. Shunday soroq gaplar future continuous zamonida beriladi. Bunday gaplarni o’zbek tiliga “shunday qilasizmi/qilmoqchimasmisiz (mabodo)/qilmaysizmi (mabodo)deb tarjima qilish mumkin.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling