Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat


Download 419.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana17.08.2023
Hajmi419.1 Kb.
#1667836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (2)

Sana 
Amaliyotdagi ish joyi 
Bajarilgan ishlar 
Moliya bo‘limidan 
biriktirigan amaliyot 
rahbarining imzosi 
 
 
 
 
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya 
bo‘limining mas’ul xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z 
imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi. 
Talaba moliya bo‘limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini 
umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va 
sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija
ilovalardan tashqari, kamida 25 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot 
kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
̶ kirish; 
̶ har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq 
ochib berilgan amaliyot natijalari; 
̶ amaliy ma’lumotlar; 
̶ moliya bo‘limi tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar; 
̶ ilovalar. 
Talaba amaliyot obyektidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak: 
̶ kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani 
mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi): 
̶ tavsifnoma
̶ buyruq yoki undan ko‘chirma. 
 
 
 



V. MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT 
TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI 
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari 
Talabalar amaliyot o‘tashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
hududiy moliya bo‘limlarining tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga 
amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan bir 
kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning 
amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi: 

Download 419.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling