Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
Download 419.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (2)
10 VI. TALABANING MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI Tanishuv amaliyoti yuzasidan hisobot har bir bo‘lim va sho‘ba bo‘yicha alohida tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak: ̶ har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni; ̶ moliya bo‘limida foydalaniladigan dasturlar bilan tanishib chiqqanligini; ̶ amaliyot obyektidagi ish yuritish hujjatlari hamda ularning turlari bo‘yicha tavsifini. Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin. Hisobotda o‘rganilishi lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab etiladi. Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda moliya bo‘limidagi amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi lozim. Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash kredit-modul tizimining 100 ballik mezonida amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. 2 –jadval. Download 419.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling