Ish joyi
Ish joyidagi
rahbarining
ismi-sharifi
Amaliyotning
boshlanish
muddati
Amaliyotning
tugash muddati
Hisobotni
rasmiylashtirish va
topshirish
muddatlari
Moliya bo‘limining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot
rahbari talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi
va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga moliya bo‘limi
tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda,
talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida
to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat
qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, amaliyot rahbari talabaning amaliyot davridagi
faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligiga yozib beradi, shuningdek,
talabaga amaliyot o‘taganligi bo‘yicha tavsifnoma beradi.
Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
− talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash
tartibini tushuntirish;
− amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish
davomatini nazorat qilib borish;
− amaliyot dasturining to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida
o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
− kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat
qilib borish;
− kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan
ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish;
− amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |