4
II. MALAKAVIY AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA
VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni tuman (shahar) moliya bo‘limining
tashkiliy tuzilishi, bo‘limlari va sho‘balari ish faoliyati bilan tanishishdan boshlanadi.
Amaliyot joyidan biriktirilgan mas’ul xodim talaba amaliyot obyektining ichki
intizomi, bo‘limlarning ish faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi. Amaliyot
tuman (shahar) moliya bo‘limining barcha bo‘lim va sho‘balari(ikkita bo‘lim va beshta
sho‘ba)da o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan har
bir ish o‘rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar,
ularda foydalanilayotgan
axborot-kommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT” zamonaviy veb-
texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan
tanishib chiqish talab etiladi.
Talabalarning tanishuv amaliyotini o‘tash davri o‘quv
jarayoni jadvali asosida
belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi (1-jadval):
1-jadval.
Amaliyot kunlari bo‘yicha mavzular va ularning taqsimoti
№
Amaliyot ish joyi
Ish kunlari
soni
1. Moliya bo‘limining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishi
5
2. Mahalliy
byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy
ta’minlash bo‘limining funksiya
va vazifalari
5
3. Moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash
va byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksiya
va vazifalari
5
4. Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi
sho‘basining funksiya va vazifalari
5
5. Moliya bo‘limining
obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya
va vazifalari
5
6. Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy
etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va
vazifalari
5
7. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining
funksiya va vazifalari
5
8. Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksiya va
vazifalari
5
9. Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar
3
10.
Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni
rasmiylashtirish
2
Do'stlaringiz bilan baham: