Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Sopol buyumlar va ularga ishlov berish hamda qayta tiklash


Download 1.39 Mb.
bet11/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Sopol buyumlar va ularga ishlov berish hamda qayta tiklash
Reja
1.Sopol buyumlarni tamirlash
2.Sopol buyumlrni qotirish
3. Sopol buyumlar va bo’laklaridan oxaksimon qatlamlardan tozalash
4.Sopol buyum yoki parchalarini yelimlash
Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1.Sopol buyumlarni tamirlash.
Sopol buyumlar keng tarqalgan va so’ngi mezolit davridan keyingi qazishmalarda ko’plab topiladigan arxeologik material xisoblanadi. Shu tufayli ularni tamirlash arxeologik amaliyotiyda muhim rol o’ynaydi.
Sopol buyumlarni tamirlash davomida qo’yidagi jarayonlar muhim hisoblanadi. Birinchi navbatda barcha sopol parchalari bir joyga to’planadi. Agarda qazishma davomida sopol parchalari yuvilmagan bo’lsa, unda ushbu jarayon laboratoriya sharoitida sopol buyumlarni tamirlashda birinchi bosqich bo’lib xizmat qiladi. Butun va singan sopol buyumlarni yuvishdan asosiy maqsad ulardagi tuproq qoldiqlaridan tozalash bo’lib, ular suv solingan maxsus idishga (tog’ora) solib yuviladi. Xar bir bo’lakning yuzasi va ichki tomoni щyotka bilan tozalanadi. Bunda sopol parchalarining singan qismlariga alohida etibor beriladi. Chunki sopol idishlarning ushbu qismlari yaxshi yuvilmasa, ularni bir biriga yelimlashda noaniqliklarni yuzaga keltiradi.
Yaxshi pishirilmagan va mo’rt sopol parchalari suvga solinmasdan tozalab yuviladi. Chunki aksariyat xollarda bunday sopol parchalari namlikda parchalanib ketishi mumkin. Shu tufayli bunday sopol parchalari namlangan yumshoq щyotka bilan yuzasidagi yopishgan tuproq va xokazolardan xoli bo’lganicha tozalanadi. Yuvilgan sopol buyumlr yoki ularning parchalari ochiq xavoda yoki xonada, maxsus quritish shkafida uncha baland bo’lmagan temperaturada quritiladi.


2.Sopol buyumlrni qotirish
Sopol buyumlarni tamirlash jarayonida mo’rt bo’lgan bo’laklarni bir biriga yelimlashga aloxida etibor qaratish lozim. Chunki aksariyat xollarda mo’rt bulaklarni bir biriga yelimlash kutilgan natijani bermaydi. Shu tufayli bunday bo’laklar dastlab qotirilishi shundan so’ng yelimlanishi lozim. Xozirgi vaqtda turli xil qotiruvchi moddalar bo’lib, ular orasida kerakli natijani beruvchi sintetik smolalar birinchi o’rinni egallaydi.
Qotirish ikki xil uslubda amalga oshiriladi.
Yuzaki qotirish
Bo’lakni qotiruvchi suyuqlikka botirish orqali qotirish
Qotiruvchi ashyo sifatida 5−10% polibutilmetakrilat suyuqligidan foydalaniladi.
Birinchi uslubda dastlab sopol parchasi yaxshi quritilib, uning yuzasiga yumshoq щyotka bilan ozgina isitilgan suyuqlik surtiladi. Sopol parchasi yuzasi suyuqlikni bir tekis olganiga qadar ushbu jarayon bir necha bor qaytariladi. Shundan so’ng yuzada suyuqlik qoldig’i qolsa, rastvoritelga botirilgan marli bilan artib tashlanadi. Shundan so’ng sopol parchasi bir necha soat faneradan qilingan yuzaga quritish uchun qo’yiladi.
Ikkinchi uslub ancha yaxshi natijani berib, bunda sopol bo’lagi qotiruvchi suqyulik ichiga botiriladi. Bu uslub sopol parchasi ichidan xavogi xavoni qotiruvchi suyulik bilan to’ldirilishiga asoslangan. Dastlab sopol bo’lagi qurituvchi shkafda yarim soat 100 gradus temperaturada qizdiriladi. Shundan so’ng u 30−35 gradusgacha qizdirilgan qotiruvchi suyulik ichiga solinadi. Suyuqlik ichida sopol parchasi ichidan xavo pufakchalar ko’rinishida to’liq chiqib ketguniga qadar ushlab turiladi. Keyin sopol parchasi pinset yordamida olinib setka ustiga qo’yiladi. Bu yerda parcha yuzasida suyuqlik qoldiqlari oqib ketib qurigach u endi yelimlash uchun yaroqli bo’ladi.
3.Sopol buyumlar va bo’laklaridan oxaksimon qatlamlardan tozalash
Dasht zonalari va tog’oldi zonalari hududlarida olib borilgan qazishmalarda odatda topilgan sopol buyumlarda qalin oxaksimon qatlamlar kuzatiladi. Qatlamlar ko’pincha qalin va zich xolatda kuzatiladi. Sopol parchalarini qatlamlardan tozalash maxsus kislotalar orqali amalga oshiriladi. Bunda aksariyat xollarda solyanыy kislota yoki boshqa organik kislotalar foydalaniladi. Sopol parchalarini tozalashda kislotalarni kuchsiz eritmalaridan foydalaniladi. Xususan, solyanыy kislota suvga nisbatan 1:10 xajmda aralashtiriladi.
Kislota eritmasi farfor yoki emalli idishga solinib, uning ichiga sopol parchasi qo’yiladi. Sopol parchasi kislotaga solinishi bilan undagi oxak qatlami darxol erishni boshlaydi. Malum muddat o’tgach oxaksimon qatlam to’liq eriydi. Agarda qatlam juda qalin bo’lib birinchi jarayonda erimasa amaliyot yana bir bor qaytariladi. Bunda kislotali eritma almashtiriladi.
Shundan so’ng sopol parchasi pinset bilan olinib suv solingan idishga solinib kislota ketguncha yuviladi. Bunda oqar suv ishlatilishi lozim. Agarda buning iloji bo’lmasa idishdagi suv xar zamonda almashtirilishi lozim. Yuvilgan sopol parchalari quritiladi.
Agarda sopol parchasi mo’rt bo’lib, kislota solingach parchalanish xavfi mavjud bo’lsa ular alohida usul bilan tozalanadi. Yani, sopol parchasi bir qo’lda (rezina perchatkada) pinset bilan ushlanib, ikkinchi qo’lda kislota bilan namlangan tampon orqali oxak qatlami ketguncha tozalanadi. Shundan so’ng sopol parchasi oqar suvda tezlik bilan chayib olinadi. Barcha jarayonlar yakunlangach sopol parchasi quritiladi.
4.Sopol buyum yoki parchalarini yelimlash
Sopol parchalarini bir biriga yelimlash uchun dastlab barcha sopol parchalari bir joyga to’planadi. Birinchi bo’lib idishning yuqori qismiga mansub bo’laklari ajratilib maxsus mayda chiziqlar bilan belgilanadi. Keyin xuddi shunday qilib idishning ostki qismiga oid parchalar ajratib olinadi.
Idishning markaziy qismiga oid bo’laklarini ajratish ancha qiyinroq bo’lib bunda parchalarning aloxida belgilari(masalan ornamenti, formasi,qalinligi, idishning ichki yoki tashqi qismida mavjud bo’lgan chiziqlari) etibor beriladi. Sopol parchalari to’liq ajratib olingachgina ular bir biriga yelimlanadi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling