Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Download 1.39 Mb.
bet14/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Arxeologiyada GIS
Режа
1.GAT dasturlari
2.GIS dasturining arxeologiyada qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari
3.GIS dasturi uchun yodgorliklar haqida ma’lumotlar bazasi va jadvalini yaratish
Dars maqsadi: Талабалрга мавзу юзасидан билим ва кўникмаларни хосил қилиш, мавзу юзасидан вужудга келадиган масалаларни мустақил ечимини топишга ўргатиш.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1. GAT dasturlari
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat:
1. Pulli dasturlar. Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional, AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi.
2. Ochiq kodli dasturlar. Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, TerraView, Whitebox GIS kiradi.
ArcView dasturiy tizimi. ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib, bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda boshqa sohalardir.
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:
· kartalarni yaratish va tahrir qilish;
· kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
· mavzuli kartalar yaratish;
· geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;
· geokodlash;
· ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
· karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish.
ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir. ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Oʻzlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish berilgan boʻlsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib, bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini oʻzlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish lozim.
2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar.
3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning oʻzida tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati mavjud, hatto bir oynada ma’lumotlarni oʻzgartirish natijasida avtomatik ravishda boshqa oynalarda ham oʻzgarish kuzatiladi.
4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Koʻrilayotgan dasturda rastr ma’lumotlarini ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bogʻlash yetarli darajada sodda keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta koordinata nuqtalarini bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini burish va choʻzish imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud. 5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval koʻrinishidagi ma’lumotlarni har xil koʻrinishda koʻrsatish imkoniyatini beradi. Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va boshqalarni masshtablangan usulda koʻrish mumkin. Kartada ma’lumotlarni tasvirlashda foydalanuvchi raqam koʻrinishidagi ma’lumotlarni emas, balki uning orqasida turgan kartani koʻradi.
6. Geoaxborot tahlil vositalari. ArcView dasturida bufer (loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va oʻzgartirish, grafik tahrirlash va boshqa imkoniyatlarni beradi. Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va saqlash, rang berish va parametrlarga bogʻliq holda geografik obyektlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.
7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni tezkor tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega.
8. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli koʻrinishdagi printer qurilmalaridan karta boʻlagi, jadval, grafik va yozuv koʻrinishidagi hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali xulosa nashrga beriladi.
9. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tizimlar orqali ham qabul qilinadi.
10. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri ochish mumkin.
Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali axborot kartografik tizimdir.
Uning imkoniyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
· kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish;
· tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan toʻlaligicha foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, koʻp sonli qoʻyilmalar, mavzuli kartografiyalash;
· ishchi grafika – doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar;
· Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati (S++ va MS Visual Basic); · rastr loyihalar bilan ishlash;
· fazoviy qidiruv/tahlil – geografik obyektlarni birlashtirish, geografik belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish;
· geokodlash – pochta manzili va indeksi boʻyicha izlash, bunda manzil nomi toʻliq yoki qisman kiritiladi; Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 30
· maxsus oʻrnatilgan funksiya va operatorlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar (59 funksiya va 22 operator);
· SQL serverlarga va tarmoqda ishlashga qulay boʻlishi uchun ichki oʻrnatilgan SQL ta’minoti;
· geografik obyektlarni multimedia vositalari bilan birlashtiruvchi Application Linking tizimi;
· raqamlashtirishda qoʻllaniladigan barcha digitayzerlar bilan birga ishlash imkoniyati;
· rastr va vektor tasvirlar bilan ishlash imkoniyati;
· bir qismi rastr va bir qismi vektordan tashkil topgan va soni 250 tagacha boʻlgan qatlamlar bilan ishlash imkoniyatlari.
AtlasGIS tizimida “What You See Is What You Map” tamoyili qoʻllanilgan, ya’ni “Nimani koʻrsang, oʻshani kartaga tushirasan” qabilida. AtlasGISning boshqa GAT dasturlaridan farqi shundaki, u maxsus makrotil yordamida emas, balki keng tarqalgan MS Visual Basic va S tillari yordamida dasturlanadi. Bu esa, oʻz navbatida, dasturdan foydalanuvchilarga qoʻshimcha algoritmlarni yaratish imkonini beradi. Bu tizimning kamchiligi uning qimmatligidir. Boshqa dasturlarda keng tarqalgan DXF-formatni AtlasGIS tushunadigan formatga oʻzgartiradigan alohida konvertir mavjud boʻlib, u qoʻshimcha ravishda sotiladi. Vaholanki, bunday konvertirlash boshqa dasturlar doirasiga kiritilgan.
MapInfo maxsus tizimi. Mapping (kartografik) tizimlari – bu kartalarni professional ishlab chiqishga moʻljallangan maxsus dastur mahsulotidir. Mapping hamma kerakli elementlarni tasvirlaydigan standart topokartalarni ishlab chiqarishda yaxshi samara berib kelmoqda. Mappingda CAD da boʻlmagan koʻpgina qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud. Obyektlarni kartalarda tasvirlash belgilangan tartibda shartli belgilarga asoslangan holda olib boriladi. Bu, oʻz navbatida, qisqa vaqt ichida yuqori sifatli standart kartalarni tuzishni ta’minlaydi. Mapping modellashtirish va tahlil qilish imkoniyatini bersa, mavzuli Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 31 kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni faqatgina ArcGIS orqali bajarish mumkin.
MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma’lumotlarni tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga kiradi. 80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi dastur bozorini boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga moslashtirilgandan soʻng raqibini yengib oʻtdi.
MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim boshqa dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot tizimi dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini yaratish va ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan:
· ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
· geografik obyektlarni izlash;
· kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
· shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
· keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi;
· masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda qayta ishlash.
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili va nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini, interaktiv yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar bazasidan obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda tasvirlash jadval, karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tizim orqali maxsus geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli geodezik masalalarni hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik proyeksiyalash, fazoviy ma’lumotlarni birlashtirish mumkin.
Dasturdagi maxsus MapBasic dasturlash tili orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3, dBase dasturlariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin. ArcCAD tizimi. ArcCAD atrof-muhit tizimini oʻrganish instituti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur boʻlib, bu dastur bizga ma’lum boʻlgan ikki dastur – AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD ma’lumotlarini Arc/Info dasturiga oʻzgartirib boʻlmaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri fazoviy ma’lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini koʻrsatadi. Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular quyidagilardan iborat:
· ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni oʻqiy oladi;
· bu tizim orqali yaratilgan ma’lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD ning kelgusi ma’lumot qayta ishlovida qoʻllanilishi mumkin;
· ArcView dasturi orqali ArcCAD ma’lumotlarini koʻrish, ekranda tasvirlash va tahlil qilish mumkin;
· ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar boʻlmish DXF, ASCII, IGES formatdagi ma’lumotlarni ham oʻqiy olishi mumkin;
· ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli boʻlgan barcha qoʻshimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin.
ArcCAD topologik tuzilish orqali ma’lumotlarni yaratish, toʻgʻrilash va boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim oʻzida GATga mos buyruqlar yigʻindisiga ega. ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moʻljallagan interfeysi orqali poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish, bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va ma’lumot bazasini bogʻlash mumkin va bunda grafik interfeysli ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma’lumot bazasidan ma’lumot olinishi yoki kartaning oʻzida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumot bazasining ichidan ham olinishi mumkin. Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bogʻlanishlarini aniqlaydi, bu esa, oʻz navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga oʻtish imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma’lumotlarga bogʻliqlik ma’lumotlarni qoʻshish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va koʻplab muhandislik va biznes ishlarida qoʻllaniladi.
ArcCAD ma’lumot bazasini chizma va CAD rasmlardan alohida holda shakllantiradi, chunki CAD orqali yaratilgan chizmalar GAT uchun kerak boʻladigan umumiy ma’lumotlarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ArcCAD bu yerda qimmatli geoaxborot tizimi hisoblanadi. ArcCAD tizimi CAD tizimni shaxsiy kartalarni yaratish va tahrir qilish uchun ishlatadi. Agar foydalanuvchi AutoCAD dasturiga ega boʻlsa, u holda ArcCAD mavjud chizmalar va rasmlarni GATga mos formatga oʻzgartira oladi. MS Windows yordamida elektron jadval va geoaxborot ma’lumotlar bazasini oʻzaro bogʻlash mumkin. ArcViewni Windowsda qoʻllash orqali ArcCAD orqali hosil qilingan geoaxborot ma’lumotlarining soʻrovini tashkil qilish mumkin.
„Panorama” elektron kartalar tizimi. „Panorama” geodeziyaning amaliy masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir. Bu dastur yordamida:
· kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
· atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
· kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish va ta’minlash;
· klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
· hisobot va tahliliy ma’lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish kabi amallarni bajarish mumkin. Y
uqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.
2.GIS dasturining arxeologiyada qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari
Landshaft arxeologiyasi inson oʻz tevaragini ongli yoki ongsiz ravishda shakllantirishi yoʻnalishlarining murakkab masalalariga yechim topishga qaratilgan zamonaviy yondashuvdir. Qadimiy jamoalar turli maqsadlar, shu jumladan, yashash uchun qulay sharoitlarni yaratish, iqisodiy, ijtimoiy, siyosiy va diniy ishlarni tashkil qilish yoki tevarak landshaftni oʻzgartirish boʻyicha turli jarayonlarga tortilgan. Odamlar oʻz tevaragini koʻpincha oʻzlarining joylari, xotiralari, tarixi, afsonalari va muqaddas hududlari chegaralari bilan bogʻliq boʻlgan ramziy jarayonlar davomida anglaydi, qoʻriqlaydi va shakllantiradi. Arxeologiya bunday jarayonlarni oʻrganish uchun bebaho vositalarni taqdim etadi va oʻtmishdagi landshaftlar boʻyicha boshqa manbalarda mavjud boʻlmagan morfologik va ekologik ma’lumotlarni ta’minlaydi. Shunday qilib, landshaft arxeologiyasi arxeologik, xujjatli va ogʻzaki tarixiy dalillardan foydalanib, oʻtmishdagi odamlarning madaniy va ijtimoiy amaliyotlarini joriy qilishlari orqali oʻz landshaftlarini shakllantirish yoʻllarini oʻrganadi. Shuningdek, bu fan yoʻnalishi oʻz navbatida, odamlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorining oʻz tevaragi ta’siri ostida rivojlanganini hamda tevarakning inson ta’sirida oʻzgarganini izohlaydi.
Landshaft arxeologiyasidagi landshaftlarning oʻlchami bittagina uychalik kichik oʻlchamdan imperiyachalik yirik koʻlamga ega boʻlishi mumkin. Landshaft arxeologiyasida tabiiy resurslardan foydalanish, ijtimoiy tabaqalar va siyosiy hokimiyatlar mavzu sifatida tez-tez uchrab tursa-da, landshaft yondashuv makondagi munosabatlar bilan bogʻliq boʻlib, bu munosabatlar ekologik yoki iqtisodiy boʻlishi shartmas. Biror bir hududda qadimiy jamoalarning yoyilishi va hududlarning oʻzlashtirishi arxeologiyasiga oʻxshash boʻlsa-da, landshaft arxeologiyasida landshaft oʻtmish munosabatlardagi inson xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi makon yoki inson xulq-atvoridan ta’sirlanuvchi artefakt emas, balki munosabatlarda dinamik a’zo sifatida modellashtiriladi.hunday qilib, landshaft arxeologiya – bu arxeologik, tarixiy-geografik, ijtimoiy-geografik, paleoekologik, antropologik va toponimik izlanishlarni olib boradigan asosiy arxeologik yoʻnalishlardan biridir. Bu yoʻnalishda bir qator turli yondashuvlar qoʻllanilib kelinmoqda. Birinchisi – keng hududlar boʻylab arxeologik xususiyatlarni xaritada aks ettirish va ularning oʻtmishda va bugungi kunda yoyilish qonuniyatlarini aniqlashdir. Ikkinchisi – oʻtmish jamoalar tomonidan makonning ijtimoiy qoʻllanilishini, ularning oʻz tevaragini anglashini talqin qilishdir. Bu yerda fenomenologiyaning qoʻllanilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Landshaft arxeologiyasining eng katta ahamiyati shundaki, u arxeologlarga alohida bir arxeologik yodgorlikka bogʻlanib qolinganlik oʻrniga alternativ yondashuv taqdim etib, diqqat-e’tiborni inson jamiyati hayotini surgan birmuncha keng tegralar koʻlamiga koʻtaradi.
Landshaft arxeologiyasida qoʻllanilgan arxeologik artefaktlarni oʻrganish quyidagi usullarni oʻz ichiga oladi: sun’iy yoʻldosh va havodan olingan suratlar, yer usti izlanishlari, topografik modellashtirish, stratigrafik qazishmalar, geomorfologik izlanishlar, paleobotanik, makro va mikroflora tahlillari va yer osti qidiruv texnologiyalari (georadar va magnitometriya usullari).
Ilmiy adabiyotlarda soʻnggi yigirma yil davomida landshaft arxeologiyasi turlicha ta’riflangan. Bu ham arxeologik texnologiya, ham nazariy yondashuv – arxeologlar tomonidan oʻtmishga inson va uning tevaragi oʻrtasidagi uygʻunligi sifatida qarash usulidir. Qisman yangi texnologiyalar natijasida tugʻilgan (Geografik axborot tizimlari, masofadan ilgʻash, geofizik izlanishlar bunga katta hissa qoʻshgan) landshaft-arxeologik izlanishlar keng mintaqaviy tadqiqotlar oʻtkazishga, qadimiy yoʻl, daryo va koʻchishlarning yoʻnalishlari hamda qishloq xoʻjaligi dalalarining oʻrni kabi an’anaviy izlanishlarda osonlikcha koʻrinmaydigan unsurlarni aniqlashga yordam berdi.
Arxeologik yodgorliklarni tahlil qilishda foydalaniladigan koʻplab usullar landshaftlarni tahlil qilishda muhimdir. Landshaft arxeologiyasi koʻplab axborot manbalarini toʻplashni ta’minlash maqsadida tahlilga koʻplab izlanish usullarini kiritadi va oʻrganilayotgan yodgorlikni toʻlaqonli talqin qilishga imkon beradi. Masalan, tuproq qoplami, oʻsimlik va hayvonot dunyosi tahlillari arxeologga hududning tabiiy oʻsimlik qoplamini va koʻchmanchilar tomonidan faol oʻzlashtirilganini tushunishga imkon beradi. Hududga xos boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosini tushunish, masalan, jamoa a’zolari foydalangan ozuqa turlarini tahlil qilishga imkon berishi mumkin.
GIS yondashuvli izlanishlar qadimiy yodgorliklarni aniqlashda zamonaviy tabiiy fanlar va texnologik innovatsiyalarning yutuqlarini qoʻllash bilan amalga oshiriladigan ilmiy yondashuv sanaladi. Aniqrogʻi, geoarxeologik yondashuvli dala qidiruv izlanishlarida qadimiy tegralar zamonaviy texnologiyalar yordamida makon jihatdan tahlil qilinib, odatdagi arxeologik kuzatuvlar bilan qamrab olinishi qiyin boʻlgan tegralarda noma’lum qadimiy yodgorliklar aniqlanadi.
Ushbu izlanishda amalga oshirilgan geoarxeologik izlanishlarda Molguzar togʻlarining sharqiy qismidagi togʻoldi va togʻli tegrasida qadimiy koʻchmanchi chorvadorlarga tegishli arxeologik yodgorliklarni maksimal darajada hisobga olish uchun: sun’iy yoʻldoshlarda olingan kosmik suratlar Masofadan ilgʻash (RS86) texnologiyasi koʻmagida; yuqori tiniqlikdagi topografik xaritalar.
Geografik ma’lumotlar (GIS88) tizimida tahlil qilinib, maxsus dalaqidiruv izlanishlari usullari ishlab chiqildi. Bu usullar koʻmagida sugʻorma ekintikinchilik vohalaridan tashqarida, dengiz sathidan 1100 metrdan yuqori yuksakliklarda koʻchmanchi chorvadorlarga tegishli doimiy (qishlov) va mavsumiy (yaylov) qoʻnalgʻalarni aniqlash uchun “arxeologik prognoz modeli” yaratildi. Bu bobda togʻli Ustrushonaning Molguzar tizmasida olib borilgan landshaft-arxeologik izlanishlar va GAT-tahlilllar natijasida togʻli tegralarda qadimiy koʻchmanchi chorvadorlarga tegishli mavsumiy turarjoy, qishlov yoki doimiy qoʻnalgʻalarning qoldiqlarini qidirib topish uchun maxsus “arxeologik prognoz modeli” ishlab chiqilgani ta’kidlanadi.
Ushbu modelning mezonlariga koʻra, Molguzar tizmasida quyidagi mezonlarga javob beradigan ekologik burchaklar (“nishalar”) aniqlangan:
– masofadan ilgʻash (Remote sensing) texnologiyasining “NDVI” funksiyasi yordamida aniqlangan oʻsimlik qoplami, shuningdek, oʻtloqlarga boyligi;
– gidrologik tahlil yordamida aniqlangan yer usti suvlari bilan ta’minlanganligi;
– orografik tahlil yordamida sovuq yellardan tabiiy holda qoʻriqlanganligi;
– geografik tomonlar nisbatidan kelib chiqib, quyoshga tik qaraganligi va quyosh radiatsiyasini koʻp olganligi;
– geomorfologik tahlili yordamida qiyaligi 450 dan quyida boʻlganligi;
– eni 25 metrdan keng ochiq terrasa (tekis yalanglik) va yassi plato shakliga egaligi.
Yuqoridagi mezonlarni qoʻllagan holda bir necha yangi GAT-xaritalar qoʻlga kiritilgandan soʻng Molguzar togʻlarining sharqiy qismida 5 soy vodiysi va bir togʻ (yaylovi) platosida qadimiy koʻchmanchi chorvadorlarning izlari aniqlandi. Bular dengiz sathidan 1100-1800 metr yuksaklidagi Gʻalchasoy, Qoratosh, Besharchasoy, Moyliqoʻton va Oʻyiqtosh vodiylari hamda 2000-2500 metr yuksakdagi Bedana dalasi platosidan oʻrin olgan Toshbuloq yaylovidir.
Ushbu yangicha metodologiya yordamida bajarilgan dala-qidiruv izlanishlarida 50 ta yangi arxeologik ob’ekt aniqlanib, maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Ob’ektlar koʻpincha koʻz bilan kuzatiladigan yoki topografik xususiyatlarga koʻra aniqlanib, ayrim hollarda oʻt qoplamining zichligiga qaraldi. Xoʻjalik yuritilgan joyning oʻrnida tuproq kimyosi farqli boʻlgani uchun bunday yerlardagi oʻt qoplami tevarakdan farq qilishi xususiyati hisobga olindi. Kichik oʻlchamdagi ob’ektlarning yuzasi qalin oʻt qoplami bilan oʻrtilgani uchun kosmik suratlar koʻmagida amalga oshirilgan masofadan ilgʻash metodi faqat potensial tegralarni aniqlash uchun qoʻllanildi. “Google Earth” va “GeoEye” kosmik suratlari koʻmagida ham bir-ikkita arxeologik ob’ekt aniqlandi. Shuning uchun bu texnologiyalar arxeologik ob’ektlarni emas, koʻchmanchi chorvador qoʻnalgʻalari oʻrnashgan potensial tegralarni aniqlash uchun qoʻllanildi. Kichik koʻlamdagi ob’ektlar yuzasida topilmalarning kamdan-kam holatda uchrashi kuzatildi.
Xulosa qilib aytganda, jez asridan oʻrta asrlargacha boʻlgan davr davomida Oʻrta Osiyo togʻli tegralarida istiqomat qilgan koʻchmanchi chorvadorlarning oʻrnashuv xususiyatlarini raqamli texnologiyalar (GAT) yondashuvi bilan tahlil qilish negizida yangicha “arxeologik prognoz modeli” ishlab chiqildi.
Mavsumiy qoʻnalgʻalar dengiz sathidan 1100-1800 metr yuksaklikda, dara va soy vodiylaridagi yassi terrasalardagi oʻtloq tegralarda oʻrnashgan boʻlib, yon bagʻirlarda yarim yertoʻla shaklidagi turar joylardan tashkil topgan. Qizigʻi shundaki, qadimiy mavsumiy qoʻnalgʻa oʻrinlarining barchasi bugungi kunda ham mavsumiy choʻponlarning turar joylari (chodir-oʻtov, yengil qurilmali uylar, qoʻralar va b.) tomonidan egallangan. Bu holat ekspeditsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan dala-qidiruv metodikasining va koʻchmanchi chorvadorlar “an’anaviy ekologiyasi”ning, ya’ni qoʻnalgʻa oʻrinlarining maksimal darajada qulay va ratsional boʻlishi tamoyillariga asoslangani toʻgʻri tushunilganini koʻrsatadi. Molguzar togʻlarida har qanday qadimiy koʻchmanchi chorvador qoʻnalgʻasi oʻrnida bugungi kunda ham choʻponlar turar joyi borligi va choʻponlarning har qanday turar joyi oʻrnida qadimiy koʻchmanchi chorvadorlar qoʻnalgʻasining mavjudligi aniqlandi. Bu esa koʻchmanchi chorvadorlarning tabiiy landshaft tanlovlarida an’anaviylik borligini koʻrsatadi.
Oʻzbekistonning janubi-sharqidagi Molguzar togʻlarida soʻnggi yillarda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalariga koʻra, quyidagi toʻxtamlarga kelingan. Molguzar togʻlari Oʻzbekiston hududida birinchi boʻlib tizimli yoʻsinda koʻchmanchi chorvadorlarning qishlov va yaylov qoʻnalgʻalari aniqlangan tegralardan biridir. Qoʻlga kiritilgan yangi ilmiy ma’lumotlarga – AMS/14C radiouglerod davrlashtirish, bir qator qadimiy qoʻnalgʻalarning oʻrnashuvi, stratigrafiyasi va moddiy madaniyatiga qaraganda, koʻchmanchi chorvadorlarning bu yerni oʻziga xos rivojlangan oʻrnashuv an’analari (ekologik xususiyatlari) negizida eng kechi bilan eradan oldingi II ming yillikdan beri soʻnggi 4 ming yil davomida oʻzlashtirgani aniqlangan.
Molguzar togʻlari koʻchmanchi qoʻnalgʻalarining Ichki Osiyo togʻli tegralarida oʻrnashgan koʻchmanchi qoʻnalgʻalariga oʻxshashliklari old tarix va tarixiy davrlarda koʻchmanchi manzaralarining davomiyligini koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo togʻoldi tegrasida koʻchmanchi chorvadorlarning oʻtmishdagi ijtimoiy manzarasini oʻrganish uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi izlanish metodikasi zamonaviy landshaft arxeologiyasi yoʻnalishi doirasida boʻlib, Molguzar tizmasida oldin ma’lum boʻlmagan arxeologik ob’ektlarni qidirishda, xujjatlashtirishda va tarixini tiklashda qoʻllanildi. Oʻrta Osiyo koʻchmanchi chorvadorlarining oʻrnashuv ekologiyasi va iqtisodiy munosabat-lariga oydinlik kiritildi. Izlanishda standart arxeologik usullar GAT-muhitida ma’lumotlar bazasini yaratish va ma’lumotlarning makon tahlilini bajarish, sun’iy yoʻldoshlar koʻmagida olingan kosmik suratlarni masofadan ilgʻash texnologiyasi bilan tahlil qilish va arxeologik prognoz modelini yaratish, radiouglerod sanalashtirish, geoarxeologik burgʻulash va ob’ekt yuzasidan topilmalarini tizimli yoʻsinda qoʻlga kiritish kabi yuqori texnologik usullar bilan kombinatsiyada qoʻllanildi.hunday qilib, ishlab chiqilgan “arxeologik prognoz modeli” negizida markaziy Oʻzbekistondagi Molguzar tizmasining dengiz yuzasidan 2000 metr yuksaklikda Qoraxoniylar davriga tegishli yangi noyob urbanistik markaz –Toshbuloq shaharchasi topilib, uning tarixiy topografiyasi zamonaviytexnologik yondashuvlar (georadar, magnitometrik qidiruv) natijasida ilmiy asoslab berildi.
Arxeologk yodgorliklar xaritasini tuzish. Arxeologik yodgorlik va topilmalar har bir xalqning oʻtmishi, tarixi, ma’naviyati va qadriyatlarini oʻzida jamlagan bebaho boylikdir. Shu jihatdan arxeologik yodgorliklarning qisman yoki toʻliq buzilishi tarixning ushbu boʻlagini butunlay yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda arxeologik yodgorliklarning buzilishida bir necha asosiy omillar oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. Bunday sabablardan biri tabiat hodisalaridir. Ayniqsa, daryo oʻzanining oʻzgarishi, daryo va koʻllar qirgʻoqlarining erroziyasi, jarsimon qirgʻoqlarning oʻpirilib tushishi kabi jarayonlar arxeologik yodgorliklarning buzilishiga olib keladi.
Yurtimizda shakllangan shaharsozlik an’analariga koʻra, shaharlar aksariyat hollarda suv manbalariga yaqin joyda qurilgan. Shu jihatdan olib qaraganda, hozirda koʻplab koʻhna shahar qoldiqlari, jumladan, Axsikent, Dabusiya, Kampirtepa, Kofirqala, Quldortepa kabi koʻhna shahar xarobalarining daryo bilan chegaradosh qismlarini daryo oʻzanining kengayishi yoki oʻzgarishi natijasida yemirilib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ushbu jarayonni toʻxtatish qiyin, ayrim hollarda buning iloji ham yoʻq. Shu tufayli yemirilish ehtimoli boʻlgan hududlarni arxeologik jihatdan oʻrganish ularni ilmiy jihatdan saqlash imkonini beradi. Shuningdek, erroziyaga uchragan qirgʻoqlarni mustahkamlash borasida ham kompleks chora-tadbirlar koʻrish tufayli samarali natijalarga erishish mumkin.
Arxeologik yodgorliklar buzilishiga sabab boʻlayotgan yana bir omil qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq. Shuni alohida qayd etish lozimki, yurtimizdagi arxeologik yodgorliklarning asosiy qismi aynan qishloq xoʻjaligi ishlari natijasida buzilganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, Urgut tumanida olib borilgan kuzatuv tadqiqotlarning koʻrsatishicha, oʻtgan asrning 50-yillaridan keyin tumandagi mavjud yodgorliklarning 40 foizga yaqini buzilgan. Ularning aksariyat qismi 1960-1970 yillarga toʻgʻri keladi. Zero, ushbu yillarda koʻplab arxeologik yodgorliklar paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida oʻzlashtirilib yuborilgan. Faqatgina ayrim arxeologlarning sa’y-harakatlari bilan yodgorliklarning ma’lum bir qismi saqlab qolindi. Arxeologik yodgorliklarni qishloq xoʻjaligi, yerlarni oʻzlashtirilishi bilan bogʻliq jarayonlardan saqlashda yodgorliklarni yagona katalogi, xaritasini va ularning muhofaza zonasini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklar katalogini ishlab chiqish borasidagi dastlabki ishlar 1970-1990 yillarda olib borilgan boʻlsa-da, ular yaxlit tizimga kiritilmagan. Ayni vaqtda Samarqand Arxeologiya instituti Madaniyat meros agentligi bilan birga zamonaviy texnologiyalar, jumladan, geografik axborot tizimi bilan integratsiyalashtirgan holda yagona Oʻzbekiston arxeologik yodgorliklari katalogini yaratish borasida keng koʻlamli ishlarni olib bormoqda. Hozirda Samarqand viloyatining Bulun­gʻur, Jomboy, Poyariq, Oqdaryo, Ishtixon, Urgut, Toyloq, Samarqand, Pastdargʻom, Nurobod, Paxtachi tumanlarining arxeologik yodgorliklari toʻliq roʻyxatga olingan. Ayni vaqtda “Oʻzbekiston arxeologik yodgorliklari katalogi”ning bir necha tomlari nashrdan chiqarilgan. Shu bilan birga 2012 yilda Qashqadaryo viloyatida ham bu borada amaliy ishlar olib borilib, ushbu ishning natijasi sifatida katalogning Yakkabogʻ tumaniga bagʻishlangan qismi nashrdan chiqdi. Hozirgi vaqtda olib borilgan kuzatuv tadqiqot ishlarini koʻrsatishicha, yurtimizdagi arxeologik yodgorliklarning katta qismi dala maydonlarida — fermer xoʻjaliklari hududida joylashgan boʻlib, arxeologik xaritaning yaratilishi bilan birga ularning muhofaza zonalarini belgilash, yodgorliklarning buzilishi yoki vayron boʻlishi kabi holatlarning oldini olishga imkon beradi.
Arxeologik yodgorliklarning saqlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi yana bir holat — arxeologik yodgorliklar ustida qabristonlarning mavjud boʻlishidir. Chunki qabr­lar yodgorlikning deyarli ikki-uch metrga qadar madaniy qatlamining buzilishiga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, turar joylar qurilishi, noqonuniy yoki artefaktlar topish maqsadida amalga oshiriladigan qazishma ishlari ham arxeologik yodgorliklarning buzilishiga olib keladi. Mus­taqillik yillarida madaniy yodgorliklarni, jumladan, arxeologik yodgorliklarni saqlash, himoya qilish va foydalanish toʻgʻrisida bir qator qonunlar qabul qilingan. Ayni vaqtda yodgorliklarni saqlash yurtimizning bosh qomusida ham belgilangan boʻlib, tarixiy, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni saqlash fuqarolarning burchi va yodgorliklar davlat himoyasida ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, tarix yoki madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish qoidalarini qasddan buzgan fuqarolarga qonunlarimizda ma’muriy va jinoiy jazolar belgilangan.
 3.GIS dasturi uchun yodgorliklar haqida ma’lumotlar bazasi va jadvalini yaratish
Malumki, hozirgi vaqtda fan va texnikaning keskin rivojlanishi ularni nafaqat aniq va tabiiy yoʻnalishlarda balki, ijtimoiy gumanitar jumladan, tarixning qadimgi tarixini oʻzida aks ettirgan arxeologik yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilishda ham samarali ravishda qoʻllash imkonini bermoqda. Bu borada izlanishlar jahon miqyosida oʻtgan asrning oxirlaridan keng miqyosda amaliyotga qoʻllanila boshlandi. Jumladan, 1985 yilda Denver shahrida Halqaro qadimgi davr tarixini oʻrganuvchilar jamiyatining simpoziumida S.Djill, D. Xours va K.Kvammlarning maruzalaridan soʻng GIS texnologiyalarni arxeologiya sohasida qoʻllash yoʻnalishlari belgilab berildi(Korobov, 2011). 1995 yilda esa zamonaviy texnologiyalar asosida arxeologik yodgorliklarni tavsiflash va roʻyxatga olish borasida yagona standart ishlab chiqiladi (Core Data Standard, 1995). Ushbu standart shu vaqtga qadar muomalada boʻlgan DKS (Daniya), MONARCH (Angliya), DRACAR (Fransiya), ARCHIS (Gollandiya) kabi milliy standartlarga asoslangan. 1995 yilda ishlab chiqilgan standart 52 ta punktdan iborat boʻlib, shulardan 19 tasi esa qoʻshimcha, 33 tasi toʻldirilishi lozim boʻlgan majburiy malumotlar hisoblanadi. Lekin ushbu standartning faqatgina 6 ta punkti bevosita arxeologik-tarixiy malumotlarga (yodgorlikni turi, davri, tarixi va xok.) oid boʻlib, qolganlari asosan mamuriy boshqaruv masalariga oid hisoblanadi. Keyingi yillarda AQSH, Rossiya va Yevropa davlatlarida olib borilgan izlanishlar natijasida bir qator koʻproq ilmiy malumotlar olish imkonini beruvchi dasturlar va standartlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Rossiyada bu borada Arcsites, “Arxeograf, SITE, BASE-INFO kabi malumotlar bazasi shakllantirilgan boʻlib (Vasilev, 2001; Korobov, 2002; Afanasev, Djanikyan, Sorokina i dr., 2001; Sorokina, Sedov, Xmelevskiy. i dr., 2001), ular xorijdagi qiyosiy dasturlardan farqli ravishda internet tizimiga ulangan emas. Bunday holatda on-line tarzda malumot olish cheklangan boʻlib, malumotlarni faqatgina ishlab chiqaruvchidan olish lozim boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasida arxeologik yodgorliklarni roʻyxatga olish borasidagi keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtgan asrning 70-80 yillarida amalga oshirilgan boʻlib, bu borada qidiruv ishlari Qashqadaryo vohasining sharqiy qismida ToshDU (hozirgi Milliy Universitet) tarix fakulteti, Fargʻona viloyatida Fargʻona oʻlkashunoslik muzeyi va Ermitaj, Qoraqalpogʻistonda Qoraqalpogʻiston Fanlar akademiyasi, qolgan hududlarda OʻzR FA Arxeologiya instituti olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Lekin bu davrda qoʻlga kiritilgan malumotlarning yagona tizimga kiritilmaganligi, ular bogʻlangan aholi punktlarining nomlarini oʻzgarishi, aniq koordinatalari berilmaganligi va boshqa sabablar tufayli mustaqillik yillarida “Oʻzbekiston arxeologik yodgorliklarini katalogi”ni tuzish dolzarb vazifaga aylandi. Zero, hozirgi vaqtda madaniyat va sport ishlari vazirligi malumotlariga koʻra yurtimizda 4 ming atrofida arxeologik yodgorliklar mavjudligi qayd etiladi. Ammo keyingi yillarda Arxeologiya instituti tomonidan amalga oshirilayotgan izlanishlar natijalari yodgorliklar soni 8 mingdan oshiq degan fikrni ilgari surish imkonini bermoqda. Xususan, 2012 yilda Shaxrisabz tumanida olib borilgan izlanishlar jarayoniida tumanda 186 ta yodgorlik qayd etilgan (Raimkulov, Suyunov, Saidov, Sandiboyev, 2013). Vaholanki, tuman madaniy meros ob’ektlarini saqlash va foydalanish inspeksiyasi roʻyxatida yodgorliklar soni 115 tani tashkil etgan.
Hozirgi vaqtda zamonaviy texnologiyalar asosida arxeologik yodgorliklarni roʻyxatga olish ishlari Qoraqalpogʻistonda Nukus davlat universiteti, Qoraqalpogʻiston FA ijtimoiy fanlar boʻlimi, Surxondaryoda Termiz davlat universiteti, yurtimizning qolgan hududlarida OʻzR FA Arxeologiya instituti olimlari tomonidan olib borilmoqda. Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ, Shaxrisabz, Kitob tumanlari, Surxondaryo viloyatning Boysun, Sherobod tumanlari, Samarqand shahri va Urgut tumanlari, Jizzax tumani, Fargʻona vodiysi arxeologik yodgorliklariga oid malumotlar bazasi shakllantirilgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki shakllantirilayotgan malumotlar bazasi ikki xil koʻrinishda-qogʻoz va elektron koʻrinishda boʻlib, birinchisi asosan, katalog sifatida chop etilmoqda. Katalog yodgorlikning ID kodi, koordinatasi, maydoni, balandligi, saqlanish holati, joylashgan joyi, qisqacha tavsifi, oʻrganilish tarixi va unga doir adabiyotlar roʻyxati, davri hamda uning hozirgi holatini namoyon etuvchi fotosurat, topoplan va yodgorlikning joylashgan joyi aks etgan xarita bilan taminlangan.
Ma’lumotlar bazasini elektron koʻrinishdagi varianti ARCGIS, MapInfo, CORONA kabi GIS dasturlari orqali amalga oshirilib, katalogga nisbatan bir qator qulayliklarga ega. Xususan, GIS dasturlarida ayrim internet resurslari orqali oʻtgan asrning 60-90 yillaridagi kosmik fotosuratlar, topografik xaritalar, Google Earth dasturidagi hozirgi vaqtdagi kosmik suratlarni qatlamma-qatlam qoʻyish va shu orqali yodgorliklardagi oʻzgarishlarni kuzatish imkoniyatlari mavjud. Bu jarayonda oʻtgan asrning 60-90 yillarda buzilib ketgan arxeologik yodgorliklarni oʻrnini aniqlash, u yoki bu darajada buzilgan yodgorliklarni oʻsha davrdagi holati haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shu bilan birga GAT dasturlari orqali nafaqat arxeologik yodgorliklarning aniq soni, balki qadimiy sugʻorish tarmoqlari oʻrnini belgilash, ma’lum bir davrga oid arxeologik xaritalarni yaratish, antropogen landshaftning shakllanishi, kengayishi, ba’zida esa ekologiya va tabiiy muhit bilan bogʻliq qisqarish sabablarini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda yurtimizning turli hududlarida milliy va qoʻshma arxeologik ekspeditsiyalar tomonidan GIS texnologiyalari asosida arxeologik yodgorliklarni roʻyxatga olish ishlari jadal ravishda amalga oshirilayotgan boʻlsada, ushbu tadqiqotlarni umumlashtirish va yagona milliy tizimni yaratish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Milliy tizimni yaratishda arxeologiya yodgorliklarni saqlash va oʻrganish borasida jahon amaliyotida amalga oshirilayotgan ishlar va yurtimizining tarixi hamda milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu tizim arxeologik yodgorliklar toʻgʻrisida qoʻyidagi ilmiy va mamuriy boshqaruv borasidagi malumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Arxeologik yodgorlikning ID rakami;
Yodgorlik koordinatasi
Yodgorlikning geografik va ma’muriy jixatdan kaysi xududda joylashganligi xakida ma’lumot;
Davri, xronologiyasi
Yodgorlikning turi;
Yodgorlikning fizik xolati va x.zo.
Yodgorlikni xisobga olish sanasi;
Yodgorlikni xisobga olishda uzgartirish kiritilgan sana;
Yodgorlikni xisobga olish ishlarini amalga oshiruvchi shaxs ismi-sharifi yoki tashkilot nomi;
Yodgorlikda kanday turdagi tadkikot ishlarining olib borilganligi (arxeologik kuzatuv, arxeologik kazishma va x.zo);
Yodgorlik bilan boglik chop etilgan fotosuratlar, makolalar, xaritalar va x.zolar xakida ma’lumotlar;
GATning arxeologiya soxasida kullanilishi arxeologik topilmalarning nafakat xududiy joylashishi, balki ularning tarkalish xususiyatlarini xisobga olgan xolda xali urganilmagan xududlarda mavjud bulishi mumkin bulgan yodgorlik va topilmalarni taxmin kilish imkoniyatini xam beradi. Masalan: arxeologik topilmalar kayd etilgan xaritalar asosida yodgorlik joylashish sxemasini tuzish va x.zo. GATning arxeologiya soxasida kullanilishining eng kizikarli tomonlaridan yana biri bu kadimgi xaritalar asosida landshaftning uzgarib borishini rekonstruksiya kilish xisoblanadi. Buning uchun kadimgi xaritalar skaner kilinadi, rakamli kurinish xamda vektorli formatga aylantiriladi. Sungra esa zamonaviy rakamli xaritalarga joylashtiriladi. Xaritadagi mavjud ob’ektlar aniklashtirilganidan sung kadimgi xarita zamonaviy xaritaga boglanadi. Uzaro bogaangan xaritalarni taxlil kilish asosida ma’lum bir xudud landshaftining vakt utishi bilan uzgarib borishi tugʻrisidagi ilmiy xulosalar ishlab chikiladi.
Arxeologiyaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish geografik axborot tizimida kullaniladigan Arc GIS, Quantum GIS, ILWIS, Map Info kabi dasturlarning yaratilishiga kadar Microsoft Office dasturlari tarkibiga kiruvchi Microsoft Excel va Microsoft Acces vositasida amalga oshirilgan. GAT dasturlarida ma’lum bir xaritalardagi nuktali, chizikli va maydonli ob’ektlar xakidagi ma’lumotlar atribut-jadvallarda uz aksini topadi. Geografik ob’ektlarning atribut ma’lumotlarni kator va ustunlardan iborat maxsus atribut-jadvallar kurinishida namoyish etiladi. Atribut ma’lumotlar GATning eng muxim taxlil elementlaridan biri xisoblanadi.
 



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling