Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish
Shisha buyumlar konservasiyasi va restavrasiyasi
Download 1.39 Mb.
|
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Shisha buyumlar konservasiyasi va restavrasiyasi
Reja 1.Dala sharoitida olib boriladigan tamirlash ishlar 2.Shishani ta’mirlash ishlari 3.Terini ta’mirlash ishlari 4. Madaniy ekin donlari Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish. Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut Yangi mavzu bayoni – 50 minut Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut sinov savollar namunasi – 10 minut Uyga vazifa berish – 3 minut 1.Dala sharoitida olib boriladigan tamirlash ishlari, avvalambor ekspedisiyaning maqsadi va yo’nalishiga qarab amalga oshiririladi. Kichik ekspedisiyalarda barcha restavrasion amaliyotlar dastlabki tamirlash ko’nikmasiga ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Keng qamrovli vazifalar qo’yilgan va turli tuman arxeologik materiallarga boy yirik ekspedisiyalarda esa tamirlash ishlari uchun alohida dala laboratoriyasi tashkil etiladi.Ushbu laboratoriyaning asosiy maqsadi arxeologik materiallarni fiksasiya qilish bo’lib, ayrim xollarda materiallar vaqtinchalik yoki to’liq konservasiya ham qilinadi. Dala laboratoriyasida metalni tozalash va boshqa tamirlash ishlari amalga oshiriladi. Laboratoriya barcha arxeologik materiallar to’planadigan joy bo’lib, barcha arxeologik materiallar ekspedisiya rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra sistematizasiya qilinadi. Qaziladigan yodgorlikning xarakteri va uning joylashgan o’rnidan kelib chiqqan xolda malum darajada arxeologik materiallarni soni hamda qazishmaning xajmi borasidagi malumotga ega bo’lish mumkin. Shundan kelib chiqqan xolda ekspedisiyaga kerakli asboblar, reaktiv materiallar olinishi mumkin. Kerakli asbob, material va reaktivlarning atrofiga soni va miqdori quyida keltirilgan. Gips. Xar bir ekspedisiyada yerdan parchalanib yoki titilib ketishi extimoli bor bo’lgan arxeologik ashyolar chiqishi mumkinligi tufayli kamida 50 kg bo’lgan gips kerak. Gips ichki qismi qog’oz bilan qoplangan qutilarda yoki qog’oz xaltalarda olinadi. Chumoli(muravinaya) kislotasi. Ushbu kislota orqali bronza, kumush, tanga kabi buyumlar tozalanadi. Solyannaya kislota. Sopol buyumlarni oxaksimon qatlamlardan tozalash uchun ishlatiladi. Yedkiy natr. Bronza, kumush va yaxshi saqlangan temir buyumlarni tozalashda ishlatiladi. Ekspedisiya uchun kristalli yedkiy natrni olish ancha maqbul hisoblanadi. Uni zich yopilgan idishda olish zarur. Rektifikat spirti. BF-4, BF-6 kleylarini shuningdek polivinilbutirol, poilibutilmetakritlat kabi qotiruvchilarni eritishda ishlatiladi. Toluol. Ksiliol.Benzol. Sintetik smolalarni eritishda ishlatiladi. Yong’inga xavfli. Formalin. Nam yog’och, suyak, mato va x.k. larni qayta ishlashda antiseptik vosita hisoblanadi. Skipidar. Mumi mastikani tayyorlashda ishlatiladi. Gliserin. Terini yumshatishda ishlatiladigan aralashmalarga qo’shiladi. Shuningdek daraxt po’stloqlarini(tkani dereva) fiksasiyasida ham qo’llaniladi. Polivinilbutiral. Spirt-benzol suyuqligida (1:1) yaxshi eriydigan oq kukun ko’rinishidagi modda. Ushbu aralashma mo’rt va titilib ketishi ehtimoli bo’lgan topilmalarga nisbatan qotiruvchi ashyo sifatida qo’llaniladi. BF-4, BF-6 yelimi. Sopol, yog’och, suyak kabi arxeologik materiallarni yelimlashda ishlatiladi. BF-4 shuningdek temir, yog’och, suyak kabi materiallarni qotirishda ham ishlatiladi. Polivinilasetatli lak. Arxeologik topilmalarni qotirishda ishlatiladi. Polibutilmetakrilat. 2 foizli polibutilmetakrilat devoriy suratlarni, 3 foizli polibutilmetakrilat turli xil buyumlarni qotirishda ishlatiladi. Timol. Antiseptik vosita. Spirtda eriydi. Kanifol. Mumli kanifol mastika tarkibidagi asosiy moddalardan biri. Ekspedisiyaga tayyor xolatda olingani yaxshi. Donali rux(granulirovannыy sink). Bronza va temir buyumlarni tozalashda ishlatiladi. Tabiiy mum. Mumli kanifol mastika tarkibidagi asosiy moddalardan biri. Parafin. 125 gradusgacha qizdirib eritilgan parafin temir buyumlar yuzasini korroziyadan saqlashda ishlatiladi. Tarozilar. Dala sharoitida kimyoviy reaktiv va moddalrni o’lchash muhim hisoblanadi. Emalli tog’oralar(turli xil kattalikda). Turli xil vazifalarni bajarish uchun kerak. Bundan tashqari tog’oralar arxeologik materiallarni yuvishda ham ishlatiladi. Shpagat. Topilgan materialni qutilash va bog’lash uchun ishlatiladi. Yupqa folga.Yerdan olingan materiallarni izolyasiyalovchi material sifatida qo’llaniladi. Paxta, marlya. Turli xil maqsadlarda qo’llaniladi. Ingichka misli sim. Shyotkalar. Topilmalarni yuvish va tozalash uchun ishlatiladi. Pinset, skalpel va xokazo. Restavrasion ishlardagi muhim anjomlar. Molotok, qisqich, mix, arra. Topilmalarni asrash-qutilash va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi. Pulverizator. Qotiruvchi suyuqlikni sepishda qo’llaniladi. Qog’oz paketlar.Mayda individual buyumlar uchun. Kerosinka yoki elektoroplita. Bronza, temir va boshqa metal buyumlarni tozalashda hamda suvni qizitish bilan bog’liq jarayonlarda ishlatiladi. O’rama qog’oz. Sopol va boshqa arxeolgik bumlarni o’rashda ishlatiladi. 2.Ayrim xollarda ikkita shisha orasiga maxkamlangan topilmalar (qog’oz, mato, teri va xok.) quidagicha qutilanadi. Dastlab shishalar shpagat bilan o’ralib, so’ng yumshoq qog’ozga o’raladi. Quti ostiga paxta tashlanib, shishalar vertikal xolatda joylashtiriladi. Quti ustiga bir qator qog’oz yoki somon va xok. tashlanib quti yopiladi. Quti yuzasida past va tepa yozuvlari yoziladi. Gipsli formalar ham yuqorida qayd qilingan usullardek qutilarga solinadi va maxkamlanadi. Teri Dala sharoitida terini yerdan ajratib olish va uni qayta tiklash uning saqlanganlik darajasiga bog’liq. Terining yaxshi saqlanishi, boshqa organik birikmalardan tashkil topgan narsalar kabi madaniy qatlam yetarli darajada nam bo’lganda kuzatiladi. Qazishmadan olingan nam va notoza terini shu yerning o’zida, hali o’z elastikligini yo’qotmasdan turib, yumshoq щyotka bilan tuproqdan tozalash lozim. Madaniy qatlam quruq bo’lganda teri yomon saqlanadi. Bunday holatda teri o’z elastikligini yo’qotib, mo’rt bo’lib qolishi, ba’zida kukunga aylanishi mumkin. Qazishma jarayonida buyumlarning qoldig’i bo’lgan teri bo’laklari uchrab turadi. Ularni barchasini yig’ib, paxtaga o’ragan xolda biror korobkaga taxlab borish lozim. Paxtani gliseringa botirib olinsa, bu terini ancha vaqt davomida namligini saqlab o’z holatida saqlanishigaimkon beradi. Ko’pincha qabrlarni ochish davomida qora dog’lar uchrab turadi. Bu uzoq vaqt davomida chirigan terining qoldig’idir. Ba’zan yerda teridan bo’lgan buyumning izlari ham uchraydi. Bunday holatlarda qora dog’ning chetlarini aniq belgilab olinsa, chirigan teri buyumning formasini berishi mumkin. Agarda yerdan teri buyumni buzmasdan ajratib olish imkoni bo’lmasa, unda gips formalardan foydalanish lozim. Mato Yerdan olingan nam, yaxshi saqlangan matoni faner doskaga tekis joylashtirish kerak va shu holatda xonada yoki soyada quritish lozim. Agarda matoni zarar yetqazmasdan olish imkoni bo’lmasa, uni gips forma yordamida olish mumkin. Yerdan olishdan oldin uni diqqat bilan tozalash va yengil qotirish chorasini ko’rish kerak. Agarda mato nam bo’lsa, uni maxsus moddalar bilan qotirish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu xolatda qotiruvchi moddalar mato iplari ichki qismiga o’tib borolmaydi, oqibatda, bunday qobiq foyda bermaydi. Bunday yo’l bilan faqtgina quruq matolarnigina qotirish mumkin. Ko’pincha qazishmalar davomida aniqlangan matolar chirigan, o’zining mustaxkamligini va egiluvchanligini umuman yo’qotgan bo’ladi. Bu holatda ularga yengilgina teginilsa ham parchalanib ketishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun yerda matoni sintetik moddalar bilan to’yintirish orqali konservasiya qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda polivinilasetat lakdan, BF-6 kleyini 2-3 % spirtdagi qorishmasidan yoki polibutilmetakrilatning ksiloldagi qorishmasidan foydalanish mumkin. Pulverizator yoki mayin mo’yqalam bilan qorishmani matoga va uning yonidagi yerga surib chiqiladi. Yerni qotirishdan maqsad mato turgan tuproq joyi bilan birgalikda olishdir. Sepgich bilan qorishma sepilgach mato turgan joy qog’oz bilan yopiladi. Bunda qorishma asta-sekin tortilib, yerga qalinroq yetib borib qotiradi. Birinchi sepilgan qorishma tortilgach biroz vaqtdan keyin ikkinchi marotaba qorishma sepiladi. Odatda 4-5 marotaba qorishma sepilishi yerni va matoni qotirishga yetadi (ba’zan undan ko’proq sepiladi). Qorishma qotgach, qotirilgan yer, mato bilan birgalikda kesib olinadi va yaxshilab o’raladi. Qazishmalar jarayonida matoning izi tushgan tuproq ham uchrab turadi. Bunda ham yer qismini yuqoridagi tartib asosida qotirilib, kesib olinishi kerak. Sopollardagi mato izlarini dala sharoitidayoq sintetik qorishma yordamida qotirish lozim. Madaniy ekin donlari Bu guruh topilmalar o’z ichiga madaniy ekinlar donlari va urug’larini, dukkakli va piyozli o’simliklarni, o’simlik mevasi po’choqlari, va danaklarini rizovor va sabzavot o’simliklarini, bug’doy boshoqlarini va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu topilmalar dehqonchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Bug’doy va shunga o’xshash o’simliklar donlari, g’alladonlari topilganda, ularni “donlarini” alohida olish mumkin emas. Balkim ularni atrofidagi yer bilan birgalikda ehtiyotlik bilan olish maqsadga muvofiq. Bu donlarga yo’ldosh keluvchi yovvoyi o’simliklar urug’larini saqlab qolish maqsadida qilinadi. Donlar ko’p miqdorda bo’lganda, odatda bunday topilmalar yonib ketgan don saqlaydigan omborlarda uchraydi. Ularni tekshirish maqsadida faqatgina bir qismini, o’lchamiga qarab 5-6 litr miqdorida, olish lozim. So’ngra ombordagi donning butun maydoni o’lchanadi va qatlamning qalinligi aniqlanib, olingan ma’lumotlar chizmalarda fiksasiya qilinib, kundalikka tushiriladi. Ana shundan so’ng doning taxminiy miqdori aniqlanadi. Don saqlanadigan o’ralardagi doning barchasi olinishi kerak. O’raning tagi va devorlari diqqat bilan tozalanadi. Donni tuprog’i bilan qo’shib olish zarur. Nam donlar qattiq qog’ozda yoki faner taxta va shunga o’xshash narsa ustida, ochiq havoda quritiladi. Gilos, olcha, shaftoli, o’rik va shunga o’xshash- mevali va dukakli o’simliklar-danak va urug’lari to’liq olinib tuproqdan tozalanishi lozim. Shunga o’xshash o’simliklar guruhiga kiruvchi boshqa topilmalar, o’simliklar boshoqlari yerdan olingach yaxshilab quritilishi lozim. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling