Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish
Manzilgohlar va qabr-qo’rg’onlarda qazuv ishlarini olib borish usullari
Download 1.39 Mb.
|
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Manzilgohlar va qabr-qo’rg’onlarda qazuv ishlarini olib borish usullari.
Reja 1. Madaniy qatlamning xususiyati 2.Manzilgohlarda qazuv ishlarini olib borish usullari. 3.Qabr-qo’rg’onlarda qazuv ishlarini olib borish usullari. Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish. Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut Yangi mavzu bayoni – 50 minut Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut sinov savollar namunasi – 10 minut Uyga vazifa berish – 3 minut Ma’lumki, arxeologik yodgorlikning fan oldidagi qimmati undagi madaniy qatlamning xususiyati va topilmalarga boyligi bilan belgilanadi. Yodgorliklarning stratigrafiyasini o’rganish madaniy qatlamlarining, inshootlarning nisbiy sanasini (yoshini) aniqlashga yordam beradi. Lekin, yodgorlikning stratigrafiyasi (tuzilishi) nm o’rganish madaniy qatlamlarni rejali tadbiq qilishni, o’rganilayotgan yodgorlikning, shaharlar va mahallalarning tuzilishini aniqlashni aslo istimno qilmaydi. Ma’lumki, yodgorlikning stratigrafiyasi aniq saqlanganda doimo pastki madaniy qatlamlar tepadagi madaniy qatlamlarga qaraganda qadimiyroq. Lekin ba’zi hollarda, masalan, tabiiy sabablar (yodgorlikning o’pirilishi, chuqurliklar xosil bo’lishi) va inson faoliyati tufayli madaniy qatlamlar aralashib ketishi, qatlamlar joyi almashib ketishi mumkin. Madaniy qatlam tushunchasi ancha murakkab tushunchadir. Madaniy qatlam-bu inson faoliyati izlari saqlanib qolgan, tarixiy shakllangan tuproq qatlami bo’lib, unda moddiy manbalar-inshootlar, xunardmanchilik buyumlari, taqinchoqlar, tangalar va boshqalar saqdanib qoladi. Madaniy qatlamning paydo bo’lishi bu sekin yuz beradigan, murakkab jarayondir. Madaniy qatlam o’zini o’rab turgan tuproqqa qaraganda, qoramtirroq tusga ega. Madaniy qatlamda real tarixiy jarayonlar, jamiyat moddiy hayotining butun o’ziga xosligi o’z aksini topadi. Shuning uchun madaniy qatlamni o’rganish tarixiy jarayonlarni to’liq o’rganish usullaridan biridir. Madaniy qatlamning qimmati, uni o’rganish asosida paydo bo’ladigan tarixiy xulosalarga bog’liq. Arxeologik qazishmalar paytida eng murakkab va ma’suliyatli ish bu madaniy qatlamni kuzatib borishdir. Uni faqatgina bir marta kuzatish, o’rganish mumkin, chunki qazish paytida madaniy qatlam buzilib boradi va tadqiqotchi e’tibor bermagan narsa butunlay yo’qoladi. Bu esa tarixiy jarayonlarni tiklash, o’rganilayotgan yodgorlikning to’liq bo’lmasligiga olib keladi. Xush, madaniy qatlamni qanday qilib o’rganish mumkin? Ma’lumki, yodgorlik yaxshi saqlangan bo’lsa, undagi madaniy qatlamlar xronologik tartibda joylashgan bo’ladi. Lekin xodisalar ham bo’ladi, masalan, pastki qatlam ustida qum qatlami bor, uning ustida yana madaniy qatlam joylashgan. qatlamlarning bu joylanishidan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. Odamlar bu joyda ma’lum vaqt yashagandan keyin, bu joy ba’zi sabablarga ko’ra tashlab ketiladi va kishilar yashagan joyning ustini qum bosa boshlaydi. Ma’lumki, vaqt o’tgandan keyin bu yerda yana odamlar yashay boshlaydi va ustki madaniy qatlam paydo bo’ladi. Yodgorlikning tarixini tiklashga yordam beradigan madaniy qatlamlar shu tarzda o’qib boriladi. Bu misolda shu narsaga e’tibor berish kerakki, chiqarilgan xulosalar butun shaharga emas, balki shaxarning o’rganilgan qismigagina ta’luqlidir. Agar yuqoridagi holat shaharning boshqa qismlarida ham aniqlansa, shundagina butun shaharning ma’lum vaqt tashlab ketilganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Masalan eski Mari shaxrini (Turkmaniston) olib ko’raylik. Gyaur qa’ladagi qazishlar paytida, uning shimoli-sharqiy qismidagi ko’p joylarining yuqori madaniy qatlamlarida so’ngi antik davr (III-IV asr) ga mansub topilmalar uchraydi, faqatgina ba’zi joylarida esa V-VI asrlarga oid topilmalar topildi. Bu shuni ko’rsatmoqda, quldorlik tuzumi inqirozi davrida shaharning katta qismi tashlab ketganlar va bu joylarda odamlar qaytib yashamaganlar. Faqatgina bitta mahallada hayot arablar bosqiniga qadar davom yetgan. Shunday qilib, Gyaur qa’laning turli qismlarida o’tgazilgan arxeologik qazishmalar natijasida olingan bu xulosani umumlashtirib nafaqat Gyaur qa’la tarixiga, balki butun eski Mari shaxri tarixiga bog’liq xulosalar chiqarish mumkin. Yana bir misol taraqasida o’rta asrlarda oid yodgorlik Nomoz-depani (Nomozgoh-machit nomi bilan atalgan) olaylik. Qadimgi sug’orish sistemalarini o’ranayotgan D.D. Bukini bu yerdan eneolit va bronza davriga oid ranglangan sopol idishlar siniqlarini topadi. Bu yodgorlik arxeologlar tomonidan o’rganilganda, bu joyda miloddan avvalgi IV-II ming yilliklarda hayot gullab yashnaganligi, keyin bu joy tashlab ketilib, rivojlangan o’rta asrlarda yana odamlar yashay boshlaganligini aniqlandi. Shuni ta’kidlash kerakki, Nomoz-depadagi o’rta asrlardagi shaxar o’z hajmi jixatidan ilk shahar madaniyati paydo bo’lgan qadimgi makondan kichikroqdir. Bu joydagi qadimgi madaniyatining halokati sababi aniqlangan emas. Xuddi shu vaqtlarda qadimgi Xindistondagi Xarappi madaniyati ham inqirozga uchraydi, Murg’ob daryosining quyi oqimidagi joylar ham tashlab ketilgan. Bu voqyealar o’rtasida bog’liqlik bor yoki yo’qligini olimlar hali aniqlagan emas. Madaniy qatlamning qalinligi, agar yerda me’moriy inshotlar qoldiqlari bo’lsa, yodgorlikning uzoq vaqt faoliyat ko’rsatilganligiga boqliq emas. Chunki qurilish materiali va xo’jalik turiga ham ko’p narsa bog’liq. Shuning uchun ham doimo yupqa madaniy qatlam yodgorlikning qisqa vaqt yashaganligini bildirmaydi. Yodgorlikning qancha vaqt faoliyat ko’rsatganligini aniqlashda tabiiy faktorlarni, vaqt o’tishi bilan tuproqning zichlashuvi yoki siyraklashuvini va boshqa xolatlarini ham hisobga olish muximdir. O’rta Osiyo sharoitida madaniy qatlam tez qalinlashadi. Agar yodgorlikdagi inshootlar paxsa yoki xom g’ishtdan ko’tarilgan bo’lsa devorlar keyoinchalik buzilib, madaniy qatlamning qalinlashuviga sabab bo’ladi. Bunda turdagi yodgorlikning yoshini aniqlashda juda ham extiyot bo’lish kerak, chunki me’moriy inshootlar yodgorlik sanasi haqida hamma vaqt ham aniq ma’lumot bera olmaydi. Sababi qurilish materiallari, masalan, g’ishtlardan keyingi davrdagi inshootlarni qurishda ham foydalanishgan bo’lishi mumukin. Masalan, biror yodgorlikdagi xonalarning to’rtburchak shakldagi-42X42XI0 g’ishtlardan qurilgan deylik. Ma’lumki, bunday g’ishtlar antiq davrida keng tarqalgan, demak g’isht qoldiqlariga qarab bu xonani antiq davrga mansub deb aytish mumkin. Lekin xonani ochish davomida bu yerdan o’rta asrlarga mansub tanga chiqadi. Bunday holda arxeologlar bu xona tagidagi yerni ham qazib chiqishlari kerak bo’ladi, chunki u joyda antik davrga oid inshoot qoldig’i bo’lishi va o’rta asrlardagi xonani qurishda antik davrga mansub inshoot qoldig’idan, g’ishtlaridan foydalanishgan bo’lishi mumkin. Umuman, olganda yodgorlik yoki uning biror bir inshooti to’liq ochilib topilgan manbalar yaxshi o’rganilgandan keyingina bu yodgorlik yoki o’rganilgan inshoatning sanasi haqida gapirish mumkin. Yuhoridagi misolda yodgorlikning pastki qatlami-ikkinchi pol bilan yuqori qatlamdagi g’ishtlar bir davrga taaluqli yekanligi aniqlangan edi. Unday paytlarda ikkinchi pol (antik davrga mansub) ning tagi ham ochib o’rganilishi kerak. Chunki u ham o’zidan oldingi davrga mansub inshoat qoldig’i ustida turgan bo’lishi mumkin. Shunday qilib, me’moriy inshoatlar ochilayotganda uni strotigrafik ravishda (qatlam-qatlam) o’rganish, turli davrlarga oid qatlamlar, pollar oralig’idan topilgan topilmalar alohida olish va yodgorlikning bir necha joyida, eng pastki ( qadimgi) madaniy qatlamlarni aniqlash uchun shurf qazish kerak. Masalan, Yerqo’rg’on (qashqadaryo viloyati) shahridagi qazishmalar paytida topilgan ibodatxonaning kirish qismi aylana ustunlar bilan bezalgan edi. Bu ustunlar tagi kovlab ko’rilganda, ular pastki polgacha borganligi, bu yerda esa ular xom g’ishtdan aylana shaklida qurilgan supacha ustida turganligi aniqlandi. Dalvarzintepada (Surxondaryo) bir xona polining tagi kovlab ko’rilgan, u yerdan sopol ko’zacha yashirilgan zargarlik xazinasi topildi. Oltin buyumlarga boy bu xazinada kushonlar davriga oid yozuvlar bitilgan buyumlar ham bo’lib, ular eramiz chegarasidagi kushanlar madaniyatiga mansub ajoyib topilmalar sarasiga kiradi. 2.Manzilgohlarda qazuv ishlarini olib borish usullari. Umuman olganda, xar qanday yodgorlikni o’rganganda uchta asosiy narsani: 1) yodgorlikning paydo bo’lish davri; 2) rivojlangan davri va 3) tashlab ketilgan davrini aniqlash kerak. Bunday paytida eng qadimgi qatlamni topish, inshoatlar va madaniy qatlamlar o’rtasidagi munosabatni, qatlamlarning aralashib ketishi va boshqa xodisalarni aniqlashtirish muhimdir. Arxeologik yodgorliklar shaklidagi tarixiy manbalarni topish va o’rganish, hamda ulardan tarixiy jarayonlarini aniqlashtirish dala arxeologiyasi predmetini tashkil qiladi. Bu masalaning nazariy qismi tarixiy manba (arxeologik yodgorlik) ning paydo bo’lishi, bu manbada tarixiy jarayonlarning aks etish darajasini tadbiq qilishni o’z ichiga oladi. Dala arxeologiyasi, manbashunoslikning bir qismi sifatida tarixiy tadqiqotlar usullarni o’z ichiga oladi. Uning amaliy qismi arxeologlar qazishmalar olib borayotganda yuzaga chiqadi. Arxeologik manbaning qimmati u bereyotgan ma’lumotning to’g’riligiga va uni o’rganish usullariga boqliq. Shuning uchun arxeologik manbaga tanqidiy yondoshish, undan boshqa manbalar bilan solitirishsa bo’ladigan ishonchli tarixiy xulosalar chiqarishga harakat qilish kerak. Bu yerda biz arxeologiklar ko’p duch keladigan ba’zi bir asosiy arxeologik manbalar-yodgorliklarga to’xtalamiz. Ularni o’rganish usullarini ko’rib chiqamiz. Makonlarni o’rganishda asosiy e’tiborni inshoatlarga ularning tuzilishi, xajmi, yopilishi va boshqa xususiyatlariga qaratish kerak. Bu ayniqsa jamiyatning xo’jalik birligi shakllangan juft oila xisoblangan ibtidoiy-jamoa tuzumi (Joytun, Nomozgox, Chust) davri uchun juda muximdir. Uylarning joylashish tartibini aniqlash katta axamiyatga ega. Tripoli madaniyatdan (Ukraina) ma’lumki, bu yerda uylar aylana shaklida qurilgan va u yerda eneolit davrida ko’shimcha mudofaa devori bo’lmagan. Bronza davriga mansub Oltin-tepa (Turkmaniston) da ham ilk shahar madaniyatiga oid makon xududini uylar o’rab turgan. Maxsus mudofaa inshoatlari topilgan. O’rta Osiyodagi shaharlarni (Samarqand, Shaxrisabz, Toshkent) o’rganish ko’pgina qiyinchiliklar bilan bog’liq. Bu qiyinchiliklar birinchi galda o’rta asrlarga mansub shahar xarobalarining ancha keyingi davrdagi va zamonaviy inshoatlar tagida qolganligi, shu tufayli qadimgi madaniy qatlamlarni qazib o’rganish ba’zi xollarda umuman mumukin emasligidadir. Toshkentda hozirgi paytda eski xududida bo’ladigan qurilishlar, metro qurilishi, va boshqa yer ishlari paytidagi arxeologlar qadimgi madaniy qatlamlarni kuzatishlari mumkin. Bu yerda zamonaviy inshoatlar poydevori uchun qazilgan chuqurlikdagi madaniy qatlamlarni kuzatish XVI asrdan to hozirgi davrgacha 3 metrdan ortiqroq madaniy qatlam to’planganligini ko’rsatdi. X-XII asrga mansub madaniy qatlamlar yana ham pastroqda bo’lib, o’rta asrlarga mansub Toshkentni to’liq o’rganish qiyindir. 3.Qabr-qo’rg’onlarda qazuv ishlarini olib borish usullari. Tashlandiq xolga kelib qolgan shaharlarni (Varaxsha, Panjikent, Bolalik-tepa, Xolchayon) o’rganishda shahar tarixini; uning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tashlab ketilishini aniqlab beradigan keng qazishmalar olib borish kerak. Akademik S.P. Tolstov chalkashliklar bo’lmasligi uchun bir qatlamli yodgorliklarni o’rganish kerakligini ta’kidlagan edi, chunki ko’p qatlamli yodgorliklarda xar bir qatlam o’zidan keyingi (tepadagi) qatlam tufayli biroz buzilgan bo’ladi. O’rta Osiyo arxeologiyasida birinchi bo’lib S.P. Tolstov Xorazm arxeologo-etnografik ekspedisiyasida (XAEE) yodgorliklarni somondan suratda tushirish (aerofotosyomka) usulidan foydalandi. U bu usul bilan qadimgi kanallar bo’yida joylashgan VI-VII asrlarga mansub yodgorliklarning joylashish tartibini aniqladi va shundan keyingina ularni o’rganishga kirishdi. Arxeologik manba yodgorliklarning yana bir turi qadimgi qabrlardir. Ular jamiyatining sosial-iqtisodiy xususiyatlari haqida to’liq ma’lumot bermasada, ular qadimgi jamiyatda ustun bo’lgan g’oyaviy qarashlar, kishilarning ruxiy alomi haqida ma’lumot beradigan manbadir. qabrning xususiyatlari, ko’mish tartibi, marxumning yoniga qo’yilgan buyumlar (mehnat qurollari, idishlar va boshqa narsalar) qadimgi jamiyatning madaniyati, sosial xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Ularni o’rganib, jamiyatdagi o’zgarishlar, mulkiy tengsizlik belgilari, xukmdor tabaqalar, kohinlarning paydo bo’lishi va jamiyatda tutgan o’rni haqida (Oltin-tepa, Jarqo’rg’on, Tup-xona va boshqalar) xulosa chiqarish mumkin. Yirik qabr-qo’rg’onlarni, mozorlarni o’rganish ancha murakkabdir. Bu yerda qabrlarning hajmini, tuzilishini, ko’mish tartibini aniqlash kerak. Mozor qo’rg’onlar oddiy chuqurlik ko’rinishda, yer ustidagi uy ko’rinishida va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin (Tag’istan, Piskent mozor qo’rg’oni). Marxumni ko’mish tartibi va uning yonidagi narsalar qabrning sanasini aniqlashga ham yordam beradi. qabrdan olingan suyaklar antropologlar tomonidan o’rganiladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling