Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan pedagogik, metodik talablar axmedova Maloxat Ergashevna
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAxmedova Mal oxat Ergashevna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tursunpulatova Zaxro Zafarovna Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1365 ZAMONAVIY DARS VA UNGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK, METODIK TALABLAR Axmedova Maloxat Ergashevna TAFU “Pedagogika” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori TAFU 2-kurs talabasi Tursunpulatova Zaxro Zafarovna Annotatsiya: Zamonaviy dars muayyan talablarga javob berishi kerak. Darsning tuzilishi qanday bo'lishi kerak, har kuni darslarga tayyorgarlik ko'rayotganda, o'qituvchi ularni o'tkazish shaklini belgilaydigan talablarga tayanishi zarur. Kalit so‘zlar: Zamonaviy dars, metodik talablar, individual, guruhiy va umum shakllari, fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar Dars mashg’ulotida—OTMda taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars mashg’ulotida muayyan miqdordagi doimiy talabalar bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars mashg’ulotida insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni talabalarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars mashg’ulotida shakli. Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Dars mashg’ulotida tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Hatto tarixdan ma’lumki Turkiston maktablarida ham 1920-1930-1940-1950 yillarda ham taʼlimning tashkiliy shakli jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, talabalarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda yoshi individual tipologik xususiyatiga e’tibor qaratilmagan, bitta sinfda har xil yoshdagi oʻquvchilar ta’lim olishgan. Bu esa darsni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida taʼlimning dars shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinf-dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining o‘zi tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa darslarida talabalarning mustaqil oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari xos boʻlgan. Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umum shakllari uygʻunlashadi. Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1366 Har qanday jamiyatda OTMda dars mashg’uloti jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Dars mashg’ulotida vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars, dars mashg’ulotida OTMning mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, talabani komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k. Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars mashg’uloti uchun belgilangan standart vaqt mavjud dars mashg’ulotidir. OTMda bu vaqt taʼlim muassasalarining, taʼlimning bosqichlari va talabalar imkoniyatidan kelib chiqib, 60, 70, va 80 daqiqani tashkil etadi. Taʼlim tizimida dars mashg’ulotida va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida talabalarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi. Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni talaba xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni talab etmaydi. Dars mashg’ulotida tajriba orqali talaba amaliyotda maqsadlariga erishishadi. Oʻquv jarayonida dars mashg’ulotini tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu masalani dars mashg’uloti tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha dars mashg’ulotida yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu talabalar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars mashg’uloti tarkibi masalasi darsni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda dars mashg’uloti mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars koʻp uchraydi. Dars mashg’ulotida oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli guruhlarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi dars mashg’ulotlari mavjud. Talabalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson turmush tarzi uning ongini Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1367 belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning rivojlanishida o‘quv-biluv faoliyati muhim o‘rin tutadi. Talabalar bilish faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega. Dastlab, pedagoglar talabalarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi, degan fikrni ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng, ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir qatorda, talabalarni o‘qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi tashkil etilgan o‘quv jarayoni talaba rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi. Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Talabalar uchun bu vaqt mustaghkam bilim olish, asosida intellektual rivojlanish davridir. Bu asosan o‘quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O‘quv-biluv jarayonida shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz talabalar uchun yetakchi bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosini talabalarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat talabalarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati natijasidan qoniqmaslik talabalar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri talabalarda muayyan o‘quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu talabalar faoliyatlari orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar talabaning kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. Talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday kengaytirish kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida talabalardagi bilish faoliyati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: - bilish qiziqishlari; - o‘quv maqsadlari; - hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik; - yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj; - intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik; - shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar. Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M. Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863- yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan hodisalardir».Sechenov psixik Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1368 jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. Xulosa qilib aytganda, o‘quv vaziyatini vujudga keltirish talabaning bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar talaba bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling