Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar. Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi reja: «Kimki axborotga EGA bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi»


Download 54.62 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi54.62 Kb.
#1797548
  1   2   3

Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar.
Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi
REJA:

  1. «Kimki axborotga ega bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi» degan fikrni siz qanday tushunasiz?

  2. Internetdagi rasmiy va norasmiy ma’lumotlar deganda nimani tushuna­siz? Norasmiy ma’lumotlarga qanchalik ishonasiz?

  3. Yolg‘on xabar tarqatish, birovning tinchligini buzish milliy qadriyatla- rimizda qanday baholanadi?

  4. Sizning mobil telefoningizga yoki elektron pochtangizga noma’lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarga munosabatingiz qanday?

KIBERMAKON
Bugungi kunda Internet orqali sodir etilayotgan ji- noyatlar ko‘plab kuzatilmoqda. Ular kibermakonda o‘zlari uchun «in qurib» olib, global miqyosda ijti- moiy-iqtisodiy va mafkuraviy tahdidlarning vujudga ke- lishiga sababchi bo‘lmoqda.
«Kibermakon» tushunchasi birinchi marotaba 1982-yilda iste’molga kiritilgan. Kibermakon «kiberne- tika» va «makon» so‘zlarining birlashmasidan iborat.
Kibernetikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari — kompyuterlar tashkil qiladi. Kibermakon axborot uzatish va qabul qilish orqali turli jarayonlarni
Kibernetika (yunoncha, boshqarish san’ati) — axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqaris- hda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan.
Axborot — tasavvurning shakliga qaramasdan, shaxslar, voqea- lar
boshqarish va ularga ta’sir o‘tkazishning eng qulay vosi- tasiga aylandi.
Bugungi kunda global xavf bo‘lgan terrorchilik Inter­net olamiga ham kirib borib, kiberterrorchilik atamasi yuzaga keldi.
Kiberterrorchilar axborot texnologiyalaridan foyda- lanib, siyosiy, diniy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. Bu jarayonda, ko‘pincha, xakerlar xiz- matidan foydalaniladi.
Xakerlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat idoralari, moliya tizimlari, xalqaro tashkilotlarning ma’lumot zaxiralariga hujumlar uyushtirib, tartib- sizliklarni keltirib chiqaradilar.
Kiberterrorchilar o‘smir yoshlarning qiziqishiga qa- rab, ularni turli videolavhalar va fotosuratlarni tomosha qilishga jalb etadilar. Bu bilan esa milliy va umumin- soniy qadriyatlarga putur yetkazishga harakat qiladilar. Natijada manqurt insonlar shakllantirish orqali davlat- larda tinchlik va barqarorlik muhitini izdan chiqaradilar.
Kiberterrorchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirish- da diniy omildan foydalanib, insonlarning qalblarini egallashga harakat qiladilar. Bunda diniy tushuncha- larni noto‘g‘ri talqin qilish orqali ma’lum bir hududda mutaassiblik kayfiyatini shakllantirish asosiy maqsad hi- soblanadi.
AXBOROT
Globallashuv sharoitida ma’lumotlarning zamonaviy vositalar orqali tezlik bilan tarqatilishi kuzatilmoqda. Internet tizimi orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lu- motlarga turli siyosiy taqiqlar, davlat chegaralari to‘siq bo‘la olmasligi katta moddiy va ma’naviy xavfning ke- lib chiqishiga sabab bo‘layotganini bir qancha davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Norasmiy xabarlarda buzg‘unchi g‘oyalar targ‘ibo- ti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi. Shuning uchun ham bugungi kunda har bir shaxsda axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish hayot zaruratiga ay- landi.
Zero, zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob jamiyat hayotining moddiy asoslarini tartibga soldi. Xalqlarning turmush darajasini ular yashaydigan hudud yoki unda- gi yer resurslari emas, balki axborot, intellektual yoki ma’aviy salohiyat belgilab bera boshladi.


IJODIY FAOLIYAT


Berilgan matnni o‘qing va ularning mazmuni- ni axborot iste’moli madaniyati tushunchasi bilan izohlashga harakat qiling.
«Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan ho- lingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo ‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!»

Download 54.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling