Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar. Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi reja: «Kimki axborotga EGA bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi»
Download 54.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-modda INSON ONGI UCHUN KURASH
- VIRTUAL MULOQOT
Qur’oni karim. Hujurot, 6-oyat.
Har kim fikrlash, so‘z va e ’tiqod erkinligi huquqi- ga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-modda INSON ONGI UCHUN KURASH Inson ongini yot va begona g‘oyalar bilan zaharlash, ba’zan uning tanlagan sog‘lom hayot yo‘lidan og‘ib ke- tishiga olib keluvchi axborotlar aynan norasmiy manba- lar tomonidan tarqatiladi. Axborot xurujlari natijasida turli davlatlar chegaralari daxlsizligining buzilishigacha borilayotgani bugungi kun- da mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega ekanligini isbotlamoqda. Axborot urushining asosiy maqsadi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tahdid solgan holda, bosim o‘tkazishdan iborat. VIRTUAL MULOQOT Virtual muloqot vositalari har xil turdagi fayllar va xabarlarni almashish maqsadida tuzilgan. IJODIY FAOLIYAT Mazkur holatni tahlil qiling. Anchadan beri bir-biri bilan ko‘rishmagan Adham va Akbar ismli do‘st- lar uchrashib qolishdi. Adham do‘stiga shu yaqin o‘rtada shinamgina milliy taomlar oshxonasi bor, Wi-Fi ham tekin, deb do‘stini birgalikda tushlik qilishga taklif etdi. Ularni orasta kiyingan oshxona xodimi kutib oldi. Adham oshxona xodimidan Wi-Fi yoqib berishni so ‘radi. Telefonlar jahon axborot tarmog‘iga ulandi. Buyurtirilgan taom keltirildi. Har ikkala do‘st taom ustida telefonlariga jo‘natilgan rasmlarni ko‘rish, latifalarni o‘qish bilan band bo‘lib o‘tirishdi. Ular tamaddi qilib bo‘lib, ko‘chaga chiqishar ekan, telefon raqamlarini yozib olishdi va bir-birlariga telegram orqali xa- bar yozib turishga ahdlashishdi. Hozirgi kunda virtual muloqot vositalari orqali yubo- rilayotgan ma’lumotlar faqat boshqalarni hayron qoldi- rishga asoslanadi va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani ahamiyatsizdir. Bunda, ko‘pincha, asossiz ma’lumot tarqatilib, ushbu holatni yuzlab, minglab odamlar o‘zla- richa muhokama qilishadi. Sog‘lom aql egalari Internet qulayliklaridan o‘z bi- limlarini oshirish yo‘lida oqilona foydalanadilar. Lekin ba’zi yoshlar ushbu tarmoqdagi yovuzlikka, ma’naviy tanazzulga sabab bo‘ladigan saytlarda «sayr qilib», o‘zlari va atrofdagilarning ongini zaharlaydilar.
Download 54.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling