Zamonaviy iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
S D 2-Rasm Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va natijada baho pasayadi. 1 Аддитивлик (лат), объектнинг миқдор хоссаси: уни қандай бўлишдан қатъий назар, бир неча бўлакларга бўлганда, шу бўлаклар қийматлари йиғиндисига тенг бўлади. Масалан, А нинг ҳажми унинг бўлаклари ҳажмларининг йиғиндисига тенг. 14 Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo’lganda tugallanadi. Avval ko’rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me’yorli foydalilik va me’yorli xarajatlar bilan aniqlanadi. Demak, D talab egri chizig’i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib borishi bilan, odatda, tovarga bo’lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo’yicha talab elastikasi tushunchasini kiritadi. Baho bo’yicha talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasay-ganda, talab qanday miqdorda o’sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo’ladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 bo’ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo. Agar talab egri chizig’ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo’lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o’zgirishi mazkur tovarni sotishga ta’sir ko’rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo’lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishdan qo’rq-masdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo’lsa, unda baho-ning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko’paytirishi mum-kin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo’lganda foyda bahoning o’sishi hisobiga ko’payishi mumkin, talab elastikasi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlarning bir-birlarining o’rnini osongina bosa olishiga bog’liq. Shuning uchun ommaviy iste’mol tovarlariga bo’lgan talab kam elastik bo’ladi. Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mum-kin emas, negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o’z ta’si-rini ko’rsatadi va shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tek-shirilayotgan davr qancha qisqa bo’lsa, talabning qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchli bo’ladi, bu davr qancha uzoq bo’lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi. Shu sababli A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq 1> Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling