tsikllar”, “Iqtisodiy tsikl: muammo va uning yo’lga qo’yilishi”,
“Iqtisodiy tsikllarni o’lchash” ushbu muammoga bag’ishlangan. U o’z
asarlarida axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va
matematik uslublardan keng qo’llandi. Mazkur uslub bozor
kon’yunkturasi dinamikasini empirik (taj-ribaga asoslangan) tadqiqot
qilishga, kapitalistik xo’jalikning bir qator tsiklli tebranish
qonuniyatlarini ochib berishga imkon berdi. Uningcha, har bir tsikl
o’ziga xosligi bilan ajralib turadi, ularning asosida juda ko’p sabablar
yotadi, ular betakror hisob-lanadi. Shuning uchun bitta universal tsikllar
nazariyasi bo’lishi mumkin emas.
U.Mitchell o’z tadqiqotlariga asoslangan holda davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi yordamida inqirozsiz tsikl kontseptsiyasini
asoslab berishga harakat qildi. Maxsus davlat rejalashtiruvchi
organlarini tuzish, uning fikriga ko’ra, tsiklli tebranishni yum-shatish va
qulay iqtisodiy kon’yunkturaga erishish vositasi bo’lishi kerak. Bunda
rejalashtirish majburiy emas, balki tavsiyali xarakterda bo’lib, u real,
erishish mumkin bo’lgan piro-vard maqsadlar ko’zda tutilgan ilmiy
prognozlashtirishga asosla-nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |