Zamonaviy iqtisodiy
– mavzu. Institutsionalizm
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
- Torsteyn Veblen (1857-1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo’nalishining dast-labki ko’rinishlari T.Veblenning «Bekorchi sinf» nazariyasi
- Jon Kommons (1862-1945)
4 – mavzu. Institutsionalizm
R E J A : 1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar 2. Urushdan keyingi institutsionalizm (XX a. 40-70 y.): a) “yangi industrial jamiyat” kontseptsiyasi; b) konvergentsiya kontseptsiyasi; v) “xalq kapitalizmi”; g) “industrial jamiyatdan keyingi jamiyat”; d) iqtisodiy o’sish bosqichlari. 1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar XIX asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret- tarixiy sharoit ta’sirida AQSh ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo’lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning mono-polistik iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyon bo’la boshladi. Bu AQShda ilk bor antimonopol chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo’llanilishiga asosiy sabab-lardan biri bo’ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha rivojlangan mam-lakatlar bunday chora-tadbirlardan keng qo’llana boshladi. XX asrning boshida AQSh iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib borayotgan monopolistik tendentsiyalarni tahlil qilgach va o’z mamlakatining «antitrest» siyosatiga ta’sir ko’rsatgach, iqti-sodiyot ustidan ijtimoiy nazorat qilish kontseptsiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda ijtimoiy institutsional yoki oddiy qilib aytganda institutsiona-lizm deb ataluvchi yangi yo’nalishni boshlab berdi. «Institutsionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi. Institut institutsionalistlar tomonidan jamiyatning rivojlanishda asosiy kuch sifatida ko’riladi. Institutsionalizm tarafdorlari «institut»larga har xil kategoriya va tushunchalarni masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, huquqiy qoidalar, din, axloq va shu kabilarni kiritadilar. Institutsionalizm – bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariya-dagi yangi klassik yo’nalishga muqobil nazariyadir. Agar yangi klassiklar 45 A.Smitning bozor xo’jaligi mexanizmining takomil-lashganligi va iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblashi to’g’risidagi tezisiga va «sof iqtisodiy fan» ga amal qilsalar, institutsio-nalistlar esa moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruxiy, ma’naviy, huquqiy va boshq omillarni ham hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, institutsiona-lizm o’zi tahlil qiladigan predmet sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolarni ilgari surdi. Bunda tadqiqot ob’ekti institutlar – birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir-birlariga qarshi qo’yil- maydi. T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. Institutsionalizm-ning vatani AQSh, uning asoschisi Torsteyn Veblen (1857-1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo’nalishining dast-labki ko’rinishlari T.Veblenning «Bekorchi sinf» nazariyasi asarida izohlab berilgan. Mazkur kitob muallifining fikriga ko’ra, iqtisodiy naza-riya bilan iqtisodiy reallik o’rtasida juda katta uzilish mavjud. Birinchisi, garmoniyaga (muvozanatga) asoslanadi, ikkinchisida uzluksiz evolyutsiya sodir bo’ladi, yashash uchun keskin kurash ketadi. Buyumning foydaliligi va unga erishishning qiyin va mushkul-ligini doimo taqqoslab boruvchi «iqtisodiy odam» modeli shak-shubxasiz eskirdi. Haqiqatda esa insonning xatti-harakati juda ko’p omillarga ko’pincha ichki qarama-qarshiliklarga bog’liq. Taqlid qilishga va raqiblikka bo’lgan tug’ma moyillik bilan birga, uning xatti-harakatiga an’ana, axloq, urf-odat, shuningdek, obro’ga bo’l-gan intilish juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun iqtiso-diy tahlil qilishda har xil «institutlarni» (ular yuqorida ko’rib chiqildi) hisobga olish zarur. T.Veblenning fikriga ko’ra, alohida sub’ektlarning xatti- harakatini emas, balki kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalar-ning ish harakatini o’rganish kerak. Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy sub’ektlarning asosiy unsurlari (er egalari, ishchilar, kapitalistlar va injener - texnik ishchilar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ular-ning roli har xildir. Bozor xo’jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hoki-miyat va mulk tadbirkorlar qo’lida bo’ladi. Oldin yagona bo’lgan bu sinf keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga ajraladi. Kapital egalarini faqat o’z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o’z kapitallarini ishlab chiqa-rishga qo’ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ular-ning daromad manbai bo’lib real 46 sektor emas, balki moliya soha-sida aylanib turuvchi qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari bekorchi sinfni tashkil etadi. Ishchilar, shuning-dek, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik mutaxassislar unumli sinf hisoblanadilar, ular o’z kapitallariga ega emas va be-korchi sinf kreditga qo’ygan vositalardan foydalanib ish yurita- dilar. Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyot-ning amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib keti-shiga olib keladi. Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik maq-sadlarga foydalaniladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilmaydi. Kredit inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqa-sidan ssudani zudlik bilan qoplash talabi zarurligi kelib chiqa-di. Natijada ommaviy bankrotlik va turg’unlik yuzaga chiqadi, ular o’zining davom etishi muddati bo’yicha iqtisodiy yuksalish davri-dan ancha ortib ketadi. Bekorchi sinf bilan unumli sinf o’rtasidagi antagonizmning echilishi shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo’liga o’tadi. Kapitalga bo’lgan mulkchilik aktsionerlik shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk bo’lishdan to’xtaydi. Institutsionalizmdagi rahnamolar. Institutsionalizm yo’na-lishiga yangi hayot bag’ishlagan Amerika iqtisodchilari Jon Kommons (1862-1945) va Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling