Zamonaviy iqtisodiy
Pul massasi va iqtisodiy tsiklar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
4. Pul massasi va iqtisodiy tsiklar
M. Fridmen, Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo’shma Shtat- larning monetar tarixi (1867-1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar yordamida pul massasining kuchayishi bilan iqtisodiy tsikl fazalari o’rtasida 40 bog’liqlik borligini ko’rsatib berdi. U pul massasi o’sishning tezlashuvi yoki sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha xo’jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan xulosaga kelgan. Pul mas-sasining o’sish sur’atining o’zgarishi ijtimoiy mahsulot o’sishida o’zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori o’sish cho’qqisi ishlab chiqarishning o’sishini, pul massasining quyi nuqtasi ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste’molchilar va firmalar sarf-xarajatlari orqali bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul taklifi o’sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiya tovarlariga bo’lgan talab kengayadi. Kapital qo’yilmasining ortishi bilan yalpi ichki mahsulot ko’payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi. Pul taklifining ko’payishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar faqat miqdor ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va mahsulotlar miqdori doimiy bo’lganda pul taklifi-ning o’zgarishi bahoga to’g’ri ta’sir ko’rsatadi: pul taklifi kuchay-ganda uning xarid qobiliyati pasayadi, ya’ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko’payishi YaIM ko’payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi. Baholarning o’zini-o’zi tartiblab turishi va pullarning so-tib olish qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori o’rtasida zaruriy aloqa o’rnatiladi. Monetaristlar pulning bosh funktsiyasi - iqtisodiy rivoj-lanishning moliyaviy asosi va muhim harakatlantiruvchi kuchi bo’-lib xizmat qiladi degan qoidaga asoslanadi. Pul massasini tar-tiblash (ko’paytirish) banklar tizimi orqali resurslarning tar-moqlar o’rtasida taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi, texnika taraq-qiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo’llab – quvvat-lashga imkon beradi. Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Pul massasi bilan iqtisodiy o’sish o’rtasida muvozanat bo’lishi zarur. Shu bois, M. Fridmen monetar qoidalarni qonun yo’li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko’ra real yalpi ichki mahsulotning o’sishi bir yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSh uchun) pul massasining o’rtacha o’sish sur’ati 3-5 foiz miqdorida belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda faollikni kel-tirib chiqaradi. Agar pul taklifining ko’payishi yiliga 3-5 foiz-dan oshib ketsa, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi, agar pul- ning ko’payishi 3-5 foizdan past bo’lsa YaIM o’sishi pasayadi. M. Fridmen fikri bo’yicha, Buyuk turg’unlik davri qiyin-chiliklari, eng avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtiso-diyotda pul 41 miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi etmaganligi bilan bog’liq (fond bozorining sinishi va banklar-ning xonavayron bo’lishi sababli). Pul massasining etishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko’rsatdi, real ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish kerakki, monetarist-larning tanqidi behuda bo’lgani yo’q, u keyinchalik o’z foydasini ko’rsatadi. 1987 yil 19 - oktyabrda jahon miqyosida fond bozori si-nishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat’-iy xatti-harakati tezda o’z samarasini berdi. Rag’batlantiruvchi pul siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani to’xtatdi. Monetar kontseptsiyasining keynschilikdan farqi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o’rtasida nisbat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Pul taklifining o’sishi (pulning o’sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo’lishi lozim. M. Fridmen fikriga ko’ra, bunday darajani aniqlash juda murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. Iqtisodiy rivoj-lanishga aynan qaysi omillar ta’sir ko’rsatayotganligini aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar kechikkan bo’lishi va ba’zida qarama-qarshi natijalarni keltirib chiqarishi ham mumkin: masalan, ba’zan ishlab chiqarishning o’sishini rag’bat-lantirish ko’zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul qilingan qaror o’sishga to’sqinlik qiladi. «Agar moliya–kredit sohasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, – deb yozadi M. Fridmen, - ko’pchilik hollarda to’g’ri qarorlardan ko’ra, noto’g’ri qarorlar qabul qilinadi, negaki qaror qabul qiluvchilar faqat cheklangan sohalarini muhokama qiladilar va umuman barcha siyosiy oqibatlar yig’indisini e’tiborga olmaydilar». Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunkturali siyosatdan voz kechishi va iqtisodiyotga o’zoq muddatli ta’sir ko’rsatish, pul massasini asta sekin ko’paytirib borish siyosatiga o’tishi kerak. Pul massasi nominal YaIM ga ta’sir ko’rsatadi. Monetar kontseptsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi, ba’zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqti-sodiyotni tartiblash muammosidagi bu ikki yondashuv o’rtasiga katta chegara qo’yish ham noto’g’ri. Har ikkala nazariya, eng avvalo, bozor iqti-sodiyoti sharoitida qo’llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har ikkala nazariya bir-birini o’zaro to’ldirib turadi (umumiy daromadni aniq-lash nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining xara-jatlarga miqdoriy bog’liqligini asoslab berdi, M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog’liqligini ko’rsatib berdi. Shu 42 bilan birga, J.M. Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o’rtasida ayrim farqlar mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko’rinishda aks ettirish mumkin: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling