Zamonaviy iqtisodiy


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#207439
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar

3 - mavzu. Monetarizm 
 
R E J A : 
 
1. Monetarizm kontseptsiyasi va uning asosiy qoidalari 
2. Ayirboshlash tenglamasi 
3. Pulga bo’lgan talab va taklif 
4. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar 
 
1. Monetarizm kontseptsiyasi va uning asosiy 
 qoidalari 
 
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur 
va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago 
universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi 
Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Mone-tarizm (monetary - pul) – bu 
iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb 
tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm – nafaqat pul 
to’g’risidagi ta’limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul 
kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi
bank tizimi, pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki 
qiziqtirmadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish 
o’rta-sidagi bog’liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm 
keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqti-
sodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir.  
Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen naza-riyasiga 
ko’ra,  erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. 
Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy 
samaradorlikka va tenglikka erishish mum-kin. Iqtisodiyotda nima qilish 
kerakligini millionlab kishilar-dan ko’ra davlat amaldorlarining yaxshi 
bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik jarayonlarga 
aralashuvi iqtiso-diyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzishga olib 
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’min-
lagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim. 
 Monetarizmning 
asosiy 
qoidalari. 
M. Fridmen kontseptsiya-sini 
tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo’llab-
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz. 
 
36


Birinchi qoida – bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. 
Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga 
ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati 
tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat 
buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida 
emas, balki tashqaridan bo’la-digan arashuvlar, davlat tartiblashidagi 
xatolar natijasi hisob-lanadi. 
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M. 
Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi 
tasdig’iga qarshi qaratilgandir. 
Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir 
ko’rsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan 
ular (ma’muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni 
a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir. 
Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini 
oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, 
M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday 
tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati 
iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan 
bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.  
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xoh-lagan 
paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. 
Fridmen pul harakati (pul massasining  o’sish sur’ati) va yalpi ichki 
mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’-liqlik amal qilishiga 
asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’ati-ning tezlashuvi yoki 
sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning tsikli tebranishida 
aks etiladi. 
Uchinchi qoida – tartiblash joriy vazifalarga emas, balki uzoq 
muddatli vazifalarga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul 
massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan 
aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan ke-yin ta’siri bilinadi. Odatda, lag 
(vaqtincha o’zilish) bir necha oy-ni tashkil etadi. U shu narsani 
bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan 
emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning 
uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli 
o’zgarishlarga mo’l-jallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga 
ega. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling