Zamonaviy iqtisodiy
d) Iqtisodiy o’sish bosqichlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- An’anaviy jamiyat
- Yuksalish davri
- Etuklik bosqichi
d) Iqtisodiy o’sish bosqichlari
Amerika olimi Uolter Rostou (1916) o’zining «Iqtisodiy o’sish bosqichlari» (1960) kitobida jamiyatning xo’jalik rivoj-lanishi bosqichlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Rostou jamiyat taraqqiyotini bosqichlariga ajratishda texnikaviy – xo’ja-lik ko’rsatkichlarini – texnika taraqqiyoti darajasi, jamg’arish me’yori, iste’mol darajasini asos qilib oladi. Unda ijtimoiy omillar ikkinchi o’ringa suriladi va ular texnologik sharoit-larni ta’minlash uchun qancha zarur bo’lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyat-lariga bog’liq emas, ular bozor va shuningdek buyruqbozlikka asos-langan iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi. U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko’rsatib beradi: 1. An’anaviy jamiyat: «Nyutongacha bo’lgan fan va texnika» bilan hamda qishloq xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 2. O’tkinchi jamiyat. Bu erda iqtisodiy o’sish uchun shart- sharoitlar yaratilgan bo’ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tat-biq etiladi, banklar paydo bo’ladi, ishlab chiqarishni investitsiya-lash kuchayadi. 3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy o’sish me’yorl holat hisoblanadi, ishlab chiqaruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivoj-lanishi amalga oshiriladi, davlat eksportni rag’batlantiradi. 53 4. Etuklik bosqichi: aholining o’sishga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning doimo ortiq bo’lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi. 5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalanila-digan iste’mol buyumlari va xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi, ommaviy iste’molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ilgan hollarda «o’tkinchi davrning kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir. Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori ommaviy iste’-mol davrida barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu basho-rat amalga oshdi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling