Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


Download 183.2 Kb.
bet2/11
Sana13.01.2023
Hajmi183.2 Kb.
#1092178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va ne’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishdan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir.
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo‘lish shakllari qo‘ydagilar:

  • Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va h.k.

  • Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol va h.k.

Iqtisodiyot nazariyasini shartli ravishda mikro va makroiqtisodiy nazariyalaga ajratish mumkin. Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti alohida iqtisodiy birliklar (alohida iste’molchi, alohida ishlab chiqaruvchi) ning hatti – harakatini o‘rganish, alohida tovarlarga narx shakllanishi, korxonalar xarajatlari va daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tahlil qilishga qaratiladi. Iqtisodiyotga uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo‘jaliklari, xususiy va davlat sektori) o‘zaro ta’siridagi yaxlit tizim sifatida qaralsa va davlat iqtisodiy siyosatining qonuniyatlari aniqlansa, bu makroiqtisodiy tahlil hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek daromadlar, bandlik, narxlar darajasi, mahsulotning yalpi hajmi, milliy daromad, jami sarflar kabi jamlanma ko‘rsatkichlarni ham qarab chiqadi. Iqtisodiyotning mazkur ikki darajasi farqi faqat iqtisodiy tahlil nuqtai – nazaridan kelib chiqadiki, shu sababli iqtisodiyot nazariyasini bunday qismlarga ajratishni mutloqlashtirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Chunki mikro va makroiqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir – biri bilan qo‘shilib ketadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
“Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”3. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”4 vazifasini ham bajaradi.



Download 183.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling