Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Download 183.2 Kb.
bet9/11
Sana13.01.2023
Hajmi183.2 Kb.
#1092178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari

1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.
2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.


1.5. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi
Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin.
Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi. Yuqoridagi “tekin pishloq” ni o’rniga ishlab shiqarish uchun ketgan mahsulot va qo’l mehnati sarflab, boshqa bir mahsulotni ishlab chiqarish mumkin edi- kattaroq harid qilish uchun undov bo’lishi mumkin. Bir shisha bepul ichimlik olish uchun siz kattagina pizza sotib olishingiz kerakdir. Bir dona bepul qo’l telefoni evaziga siz bir yil muddat o’sha kompaniyani telefon-larga xizmat ko’rsatish uchun nashrga chiqarilgan jurnalga a’zo bo’lishingiz talab qilinar!
Shunday qilib, bepul tarqatilgan narsa-buyumlar insonlarga hech qachon aslida tekin berilmagan bo’lib chiqadi. Jamiyatimizdagi hech qaysi mahsulot hech qachon shunchaki bepul berilmaydi-ku! Yoki sarflangan qo’l mehnatini boshqa foydali mehnatga sarf qilish mumkin edi-ku! Iqtisodiyotchilar huddi shu sarf-harajatlarni yashirin harajatlar deb ataydilar. Bir turdagi mahsulotni qo’lga kiritish uchun boshqa turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan cheklanishga majburmiz. Ayni shu ketkazilgan sarf-harajat tanlovning yashirin harajati deyiladi.5
Jamiyatni harajatlarni kamaytirish muammosi. Resurslarni tanqisligi holatida jamiyat ham o’z qarorini qabul qilishga majbur bo’ladi. U ham harajatlarni kamaytirish muammosiga duch keladi. U cheklangan resurslarini jinoiy ishlarga qarshi kurashish sohasigami yoki ta’lim sohasiga yo’naltirsinmi? Agar u har ikkisiga yo’naltiradigan bo’lsa, qanday xizmat va tovarlardan voz kechish evaziga bo’lishi mumkin? Sog’liqni saqlashmi yoki energiya ta’minotimi?
Tanqis resurslar. Jamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning hammasi iqtisodiy tanqis resurslar deb ataladi. O’z navbatida bu o’z ichiga zavod- fabrikalarning butun bir tarmog’ini, fermalar qurilishi va uni qurish uchun ketadigan jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq ho’jalik mahsulotlari uchun mo’ljallangan butun bir texnikani qamrab oladi. Hamma transport va kommunikatsiya jihozlari, mehnatning barcha turi, yer va mineral resurslar ham shuni ichiga kiradi.

Download 183.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling