Zamonaviy isitish tizimlari


Download 463.56 Kb.
bet1/7
Sana28.02.2023
Hajmi463.56 Kb.
#1235510
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-Маъруза


13-Ma’ruza.
Zamonaviy isitish tizimlari
13.1. Zamonaviy isitish tizimlarining o‘ziga xosliklari

Barcha isitish asboblari issiqlik berish uslubi jihatidan uch guruhga bo‘linadi:


1. Radiatsion asboblar, ular umumiy berilgan issiqlikdan 50% ni issiqlik nurlanishi orqali beradi (shiftga o‘rnatilgan isitish panellari va issiqlik nurlantiruvchi asboblar).
2. Konvektiv-Radiatsion asboblar, ular umumiy issiqlik miqdoridan 50% dan, 75% gachasini konveksiya orqali beradi (seksiyali chuyan, panell va tekis quvurlardan yasalgan asboblar).
3. Konvektiv asboblar, bo‘lar umumiy issiqlik miqdoridan 75% ni konveksiya yordamida beradi (konvektorlar va chuyan qo­vurg‘ali quvurdan iborat asboblar).
Isitish asboblarining issiqlik berishi uslubi jihatidan uch turi mavjud bo‘lsa, ularning tashqi qurinishi jihatidan besh guruhga ajratish mumkin: seksiyali radiator, panelli va silliq quvurli asboblar, (bu uch xil asboblar sirti silliq yuzadan iborat), konvektorlar va qovurg‘ali quvurlardan yasalgan asboblar (tashqi sirt yuzasi qovurg‘ali). Tashqi sirt yuzasi qo­vurg‘ali bo‘lgan asboblarga kaloriferlarni ham qo‘shsa bo‘ladi.
Shuningdek, isitish asboblariga beriladigan issiqlik tashuvchilarining turlariga qarab katta zichlikka ega bo‘lgan tashuvchilar ta’sirida (suv), kichik zichlikka ega bo‘lgan issiqlik tashuvchilar (bug‘, issiq havo) ta’sirida ishlaydigan asboblarga ajratish mumkin. Isitish asboblaridan faqat konvektorlargina issiq havo ta’sirida ishlaydi.
Bundan tashqari, isitish asboblarini tayyorlanishida qanday xomashyo ishlatilganligiga qarab ham ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: metallardan, nometall va kombinatsiyalashtirilgan isitish asboblari.
Kombinatsiyalashtirilgan isitish asboblari uchun issiqlik o‘tkazuvchan xomashyolar beton yoki sopollar tanlanib, ularning ichiga po‘lat va chuyandan yasalgan isituvchi elementlar o‘rnati­ladi. Bunday isitish asboblarini panelli isitish asboblari deyiladi.
Metall bulmagan isitish asboblari sopol, shisha, fayans va plastmassalardan tayyorlanishi mumkin bo‘lib, bunday isitish asboblari alohida urin to‘tadigan va yuqori darajali talablar qo‘yiladigan binolarga o‘rnatilishi mumkin.
Metalldan iborat isitish asboblari asosan qung‘ir chuyan va po‘latdan yasaladi. Bundan tashqari mis quvur, quyma aluminiy va boshqa metallar ham ishlatiladi.
Isitish asboblarining balandligiga ko‘ra ham ularni quyi­dagi turlarga ajratish mumkin: baland buyli (650 mm dan baland), o‘rtacha buyli (400 dan 600 mm gacha) va past buyli (200 mm dan 400 mm gacha). Agar buyining balandligi 200 mm va undan kichik bo‘lsa bunday balandlikka ega bo‘lgan isitish asboblarini plintusli isitish asboblari deyiladi.
Isitish asboblarini o‘rnatishda, asboblar bilan devor oralig‘i o‘rtasidagi masofaga qarab, kichik chuqurlikka joylanuvchi (120 mm gacha), o‘rta chuqurlikka joylanuvchi (120 mm dan 200 mm gacha) va katta chuqurlikka joylanuvchi (200 mm dan ortiq) isitish asboblari deb aytiladi.
Nihoyat issiqlik inertsiyasining kattalik miqdoriga qarab ham isitish asboblari ikki turga bo‘linadi: kichik va katta inertsiyalarga ega bo‘lgan isitish asboblari.
Kichik inertsiyaga ega bo‘lgan isitish asboblariga issiq suv sig‘imi va massasi kichik bo‘lgan isitish asboblari kiradi. Bunday kichik diametrli isituvchi quvurlarga o‘rnatilgan issiqlik beruvchi elementlari esa metall plastinkalardan yasalib (konvektorlar) ular issiqlikni tez qabul qilish bilan birgalikda tezlik bilan sovish qobiliyatiga ega, ya’ni berilayotgan issiq­likni boshqarish qulay hisoblanadi.
Katta inertsiyaga ega bo‘lgan isitish asboblari katta vaznga ega bo‘lib, sig‘imi ham ancha katta bo‘ladi (beton yoki chuyan radiatorlar).

Download 463.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling