Zamonaviy isitish tizimlari


Isitish asboblarining tuzilishi va texnik tavsifnomasi


Download 463.56 Kb.
bet2/7
Sana28.02.2023
Hajmi463.56 Kb.
#1235510
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-Маъруза

13.2. Isitish asboblarining tuzilishi va texnik tavsifnomasi


Yuqorida keltirilgan isitish asboblarining har birini tuzilish xossalari va ishlash uslublari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Isitish asboblari – radiatorlarning birdan-bir asosiy vazifasi xonalarning issiqlik havo sharoitining, shartga ko‘ra, tashqi havo sharoitning qaysi darajada bo‘lishidan qat’iy nazar bir xil saqlashdir. Radiatorlarning turlarini tanlash uchun binoning maqsadga muvofiqlik darajasi, binoning turi va gigiena sharoiti e’tiborga olinmog‘i lozim.
Issiqlik qurilmalaridagi issiqlik tashuvchi suv va bug‘dan iborat bo‘lgan taqdirda radiatorlarning turi bir xilda tanlanib, faqat isitish asbobining tashqi yuzasidagi haroratga to‘g‘ri keladigan gigiena sharoitida ishlatish mumkin.
1. Chuyan radiatorlar. Chuyan radiatorlar xonalarga konvektiv-Radiatsion issiqlik tarqatuvchi uskunalardan iborat bo‘lib, tuzilishi jihatidan ustunli elementi-bulmasi yumaloq, ellips shaklida yoki yassi blokda o‘rnatilgan egri-bugri kanalli shaklga ega bo‘ladi. Radiatorlar qung‘ir chuyan eritmasidan devor qalinligi 4 mm qilib quyilib, bo‘limlar soni talab qilingan hisobiy issiqlik miqdoriga asoslanib qabul qilinadi.
Radiatorlarning seksiyalaridagi vertikal kanallarning soniga qarab bir ustunli vertikal kanalli, ikki ustunli vertikal kanalli va ko‘p ustunli vertikal kanalli to‘zulishda yasaladi (7.1-rasm).

13.1-расм. Бир устунли, икки устунли ва кўп устунли радиаторлар.

Hozirgi davrda ikki ustunli vertikal kanalli radiatorlar keng tarqalgan. Chuyan radiatorlarning seksiyalari ichidan balanddagi va pastdagi issiqlik tashuvchiga ulanadigan maxsus ulanish joyiga to‘g‘ri keladigan teshikdan o‘tkazilgan o‘q bilan o‘zaro nippel yordamida ulanadi. Nippel kesilgan kalta quvur blokchasi shaklida tashqarisidan yarimiga o‘ng rezba va yarim qismiga chap rezba chiqarilgan bo‘ladi. Nippel bilan radiator seksiyalarini birlashtirish uchun yon tomonidan buraydigan kalit orqali nippellarning ikki tomonidan tashqi rezba ichida buraydigan qilingan, bu qurilma uchiga (bo‘ylama valik) yon tomonidan buraydigan kalit qo‘yiladi (13.2-rasm).





13.2-расм. Ниппел ва радиатор сексияларини бирлаштириш учун қоʻлланиладиган калит:
а – ниппел ; в – ниппелни бураб юргизувчи коʻндаланг валик; г – радиатор учун калит;

в) г)

б

а)

Hozirgi davrgacha MS-140, MS-90, M-140-AO «Pol za», «Gigienicheskiy», radiator «Moskva-132» va radiator LOR-150 («Lipetskiy otopitel no‘y radiator») kabi turlari qurilishda keng qo‘llanilgan. Ularning kesimi, ulcham birliklari 13.3-rasmda keltirilgan.
Radiatorlarning seksiyalari o‘rtasiga qalinligi 1,5 mm bo‘lgan qistirma (prokladka) chok qo‘yiladi. Qistirmalar eski gazmol qog‘ozidan tayyorlangan bo‘lib, ular olif va ruxsurikda qaynatilib tayyorlanadi, paranitdan tayyorlangan kanop qistir­malar ham yuqorida keltirilgan uslubda tayyorlanadi.
Radiatorlarni ishlash jarayoni suv bosimi (R=49 kgs/sm2) ostida tekshiriladi. Buning uchun tekshirish maxsus uskunalar o‘rnatilgan (gidropress, manometr, suv quvuri) tufik ustida bajariladi.

а) б) в) г)

13.3-rasm. Turli isitish asboblarining shakli: a – «Pol za» radiatori; b – «Gigienicheskiy» radiatori; v – «Moskva-132» radiatori; g – LOR-150 nomli radiator.

Hozirgi davrda yangi chuyan "2K-60" va "2K-60P" radiatorlar ishlab chiqarilmoqda. Cheboksar agregat zavodi "4-2-75-30, 4-2-75-500 va ChM-75-500 rusumli chuyandan iborat seksiyali radiatorlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning shakli 7.4-rasmda keltirilgan. 2K-60M va ChM2 markali radiatorlarning tashqi ko‘rinishi turkiyadan chiqayotgan "RIDEM" markali radiatorlarga o‘xshash.


Keyingi paytlarda chuyandan iborat seksiyali bir, ikki va to‘rt yarusli radiator – konvektorlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning shakli 11.5-rasmda keltirilgan.
Sank Peterburgdagi "Mexanika zavodi" RSV-3 markali 5 turdagi po‘lat panelli radiatorlar ishlab chiqarmoqda. Bu turdagi radiatorlarning shakli 11.6-rasmda ko‘rsatilgan.
"Kimrsk quvur jihozlari zavodi" po‘lat quvurli radiatorlar ishlab chiqara boshladi. Isitish tizimiga qushish uchun bu radiatorlar qo‘shimcha havo kanali, futorka, uchirgich, kranshteynlar bilan jihozlangan. Bu turdagi isitish asboblarining shakli 7.5-rasmda keltirilgan.

MS-140, MS-140-300 Ch-2-75-500 (300)



2К-60


Download 463.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling