Zamonaviy isitish tizimlari
Qovurg‘ali quvurlardan tayyorlangan chuyan radiatorlar
Download 463.56 Kb.
|
13-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.15-rasm.
- 6. Silliq quvurli isitgichlar
5. Qovurg‘ali quvurlardan tayyorlangan chuyan radiatorlar. Qovurg‘ali quvur konvektiv isitish asbobi bo‘lib, ikki tomonidan gardishli quvurg‘aga ega bo‘lgan, yaxlit holda qo‘yilgan, yupqa qovurg‘alar bilan yopilgan isitish tizimidan iborat. Bir xil uzunlik va diametrga ega isitish quvuri bilan shunday uzunlik va diametrdagi qavurg‘ali quvurni taqqoslaganimizda ikkinchisining issiqlik beradigan yuzasi bir necha barobar katta ekanligiga amin bulamiz. Bunday holat isitish asboblarini ixcham, biroq ma’lum darajada kurimsiz holatga olib keladi (7.15-rasm).
13.15-rasm. Qovurg‘ali chuyandan qo‘yilgan quvir shaklidagi isitish asbobi: a – yotiq holatda o‘rnatilgan turi; b – tik holatda o‘rnatilgan turi. Shu bilan birgalikda, bunday isitish asboblari uchun metall xarajati sezilarli darajada ortiqcha bo‘lsa da, uni isitish asbobi sifatida ishlatish issiqlik texnik jihatdan samarali hisoblanib, yasalishi oson va katta haroratga ega bo‘lgan issiqlik tashuvchini ishlatganda radiator yuzasida me’yoriy haroratga ega bulish kabi ustunliklarga ega. Bu kabi issiqlik uskunalari 0,5 metrdan 2,0 metrgacha uzunlikda yasaladi va ularni gorizontal holda ustma-ust quyilib egilgan quvurlar yordamida bir-biriga flanetslarning orasiga qistirma xom-ashyo quyilib ulanishi lozim. 6. Silliq quvurli isitgichlar – Radiatsion-konvektiv isitish asboblari deyiladi. Ular oddiy po‘lat quvurlardan yasalib ma’lum ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan (Di = 32-100 mm) tashqi yuzasi silliq egilgan yoki berilgan uzunlikda kesimi registr shaklida ikki tomonlama bog‘lovchi-ulovchi quvurlar bilan ma’lum qoidada biriktirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Silliq - quvurli isitish asboblari yuzasidan (16-rasm) chang yoki boshqa organik-neorganik moddalardan osongina tozalanishi bilan boshqa isitish asboblaridan ajralib turadi. Bundan tashqari silliq sirtli quvurlardan yasalgan isitish asboblari issiqlik o‘tkazuvchanlik qobiliyatining balandligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ishlab chiqarish va ba’zi jamoat binolarida, bolalar muassalarida, parnik - oranjereyalarda, bu turdagi asboblarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. a) b) i = 0.002 d ga teng r = 3d i = 0.002 d v) g) d ga teng d d 13.16-rasm. Sirti silliq quvurlardan yasalgan isitish asboblari: a – bir xil diametrli quvurdan egilib tayyorlangan; b, v – bir xil diametrli quvurdan payvandlash yuli bilan tayyorlangan; g – silliq quvurlar uch qator qilib terilib tayyorlangan. Download 463.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling