Zamonaviy isitish tizimlari
-расм. Плинтусга ўрнатилган бетондан қуйилган иситиш асбоби
Download 463.56 Kb.
|
13-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qoliplarda po‘lat tunikalardan bosib tayyorlangan radiatorlar.
- 13.13-расм.
13.12-расм. Плинтусга ўрнатилган бетондан қуйилган иситиш асбоби:
1 – иситувчи панел ; 2 – иссиқлик сақловчи материал; 4 – картон; 5 – паркет; 6 – бурма мих; 7 – қора пол; 8 – қум қатлами; 9 – ёгʻоч тоʻсини. 3. Qoliplarda po‘lat tunikalardan bosib tayyorlangan radiatorlar. Bu turdagi radiatorlar amaliyotda keng qo‘llanilmadi, chunki suv tarkibidagi kislorod ta’sirida asbobning ichki yuzasi tez zanglashi natijasida ishlash muddati keskin qisqaradi. Bunday asboblar faqat maxsus tozalashdan utgan suvni ishlatgan taqdirdagina ishlatilishi mumkin (7.13-rasm). маҳкамлаш учун қулоқча 13.13-расм. Қуйма пўлат туникадан ясалган радиатор. 4. Konvektorlar turkumigidagi isitish asboblari. Bu xildagi isitish asboblari ikki elementdan iborat bo‘lib - ular isituvchi qovurg‘ali - quvurga tunikadan yopilgan g‘iloflardan iborat (7.14 -rasm). a ) b) 13.14-rasm. Konvektorlarning shartli sxemasi: a – g‘ilofli KN "Komfort-20"; b – g‘ilofsiz KA "Akkord" konvektori; 1 – issiqlik beruvchi; 2 – g‘ilof; 3 – havo yuli qapqog‘i; 4 – panjara; 5 – qovurg‘a. Konvektorning g‘ilofi asbobning ko‘rinishiga chiroy qushish bilan birgalikda isituvchi sirtida havo harakatini tezlashtirish evaziga issiqlik o‘zatilishini oshirishga olib keladi. Konvektor g‘ilofi bilan (13.14-rasm, a) birgalikda issiqlik oqimining umumiy qiymatidan 90-95% ni konveksiya yuli bilan xonaga beradi. Agar issiqlik beruvchi sirt g‘ilof vazifasini bajarib qovurg‘ali bo‘lsa, bunga g‘ilofsiz konvektor deyiladi. Bunday turdagi asboblarning issiqlik uzatuvchisi po‘lat, chuyan, aluminiy va metallardan tayyorlanib, g‘ilovlari esa po‘lat tunikalar hamda asbestosement materiallardan tayyorlanadi. Filoflarning tashqi ko‘rinishi bino ichidagi inter yerga, me’moriy ko‘rinishiga mos holda yasalishi lozim. Ikki quvurli isitish tizimlariga konvektorlardan iborat isitish asboblari o‘rnatilgan taqdirda issiqlik berish qobiliyatini ko‘rsatgichi kamayganligini ko‘ramiz. Shunga qaramasdan chuyandan qo‘yilgan radiatorlar kamayib, urniga konvektorlar ishlab chiqarish nisbatan oshayotganligi ko‘zga tashlanadi, chunki bu turdagi isitish asboblarining tayyorlanishi oson, ishlab chiqarishda mexanizatsiya va avtomatlashtirishning mumkinligi mehnat xarajatini kamaytirishga olib kelishi kabi ko‘rsatkichlardir. Konvektorlarning issiqlik sig‘imi kichik bo‘lgan ligi sababli isitish asboblaridan isiqlik o‘zatilishini ortirishga olib keladi. Konvektorlar issiqlik -inertsiyasi kichik bo‘lgan asboblar qatoriga kiradi. Konvektorlarning g‘ilof balandligini oshishi issiqlik berish qobiliyatining oshishiga olib keladi. Misol uchun uning h balandligi 250 mmdan 600 mmga oshsa issiqlik berish 20%-ga ko‘p ayadi. Agar konvektorlarga havo harakatini tezligini oshirish uchun maxsus, sun’iy parraklar o‘rnatilsa, uning issiqlik berish qobiliyati yanada oshadi. Ikki yoki to‘rt quvurli (D=20 quvurning ichki diametri 20 mm) uskunaga to‘rt burchakli qovurg‘alari orasi 6 mm bo‘lgan plastinkalar qiydirilib yasalgan konvektorlar g‘ilofli osma yoki «Universal» deb ataladi. Bunday konvektorlar havo qopqog‘i bilan jihozlangan bo‘lib, uning qopqoqlari g‘ilof orqali bo‘layotgan havo harakatini boshqarib turadi, natijada issiqlik miqdorininng boshqarish imkoniyati hosil bo‘ladi (7.14 -rasm, a). Biroq issiqlik miqdorining sarfi bir uskuna ajratgan issiqlikdan ko‘p bo‘lsa ularning sonini ko‘p aytirib, ularni ketma-ket yoki parallel ulash yuli bilan issiqlik berish miqdorini boshqarish imkoniga ega bulamiz. Eng ko‘p issiqlik berish quvvatiga ega bo‘lgan KV-20 turdagi asboblarning balandligi 600 mm dan 1200 mm gacha bo‘lib, bir nechtasini ketma-ket ulash imkoniyati mavjuddir. Past balandlikka ega bo‘lgan KA «Akkord»ning tarxda ko‘rinishi P harfi shaklida bo‘lib, qalinligi =0,8 mm bo‘lgan po‘lat tunikalardan qavurg‘ali qilib yasaladi. (11.14-rasm, b). Bunday turdagi konvektorlar yig‘ma tsexlarda bir nechta asboblarning o‘zaro birlashtirilgan holda ishlab chiqariladi. Download 463.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling