Zamonaviy kutubxonada odamlarni jalb qilish
Download 22.68 Kb.
|
Zamonaviy kutubxonada odamlarni jalb qilish
audiovizual resurs — texnik vositalar yordamida qayta aks ettiriladigan tasviriy, ovozli va matnli axborotdan iborat axborot-kutubxona resursi;
axborot-kutubxona muassasasi — “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mustaqil muassasa yoki tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etiladigan tashkilot (tarkibiy bo‘linma); axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot; axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui; axborot-kutubxona fondining harakati — axborot-kutubxona resurslarining hisob hujjatlarida aks ettiriladigan hisobga kiritish va undan chiqarish jarayoni; bozor narxi — iqtisodiy holat, talab va taklif tendensiyalari hamda raqobatni hisobga olgan holda, tegishli mahsulot (kitoblar, AVR, elektron nashrlar) bozorida shakllanadigan narx; jamlanma hisobga olish — axborot-kutubxona muassasasining axborot-kutubxona fondi hajmi, tarkibi va undagi o‘zgarishlar (kirish, joyni o‘zgartirish, chiqish) haqida to‘liq ma’lumotlarni olish maqsadida barcha axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish; yillik komplekt — axborot-kutubxona resursining bir hisob birligi sifatida qabul qilinadigan bir yillik davriy nashrlar sonlari (nashrlari) yig‘indisi; “1-kutubxona” — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat statistika hisoboti shakli (axborot-kutubxona muassasasining moddiy-texnik bazasi, foydalanuvchilar soni, fond harakati hamda xodimlari to‘g‘risida ma’lumot); metrotokcha — nashrlar va boshqa hujjatlar bilan band bo‘lgan stellaj tokchasining 1 metr hajmida o‘lchanadigan fond hajmini hisobga olishning xalqaro birligi; konvolyut — kutubxona, noshir yoki nashriyot tomonidan tuzilgan, mustaqil nashrlar, qo‘lyozmalar, maqolalarning nusxalari va boshqa materiallar kiritilgan yig‘majild; Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling