Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
* * * Umaraliyeva Muxayyo Abdugaparovna
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 200
* * *
Umaraliyeva Muxayyo Abdugaparovna, “Xalq ta’limi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) NOGIRON FARZANDLARI BOR OILALARDA TA’LIMIY-RIVOjLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI Annotatsiya. Maqolada nogiron farzandlar tarbiyalanadigan oilalarda ta’limiy, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish hamda uning psixologik aspektlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: oila, nogiron bolalar, ta’limiy-rivojlantiruvchi muhit, psixologik aspektlar Аннотация. В статье описана организация образовательной, развивающей среды в семьях с детьми с ограниченными возможностями, ее психологические аспекты. Ключевые слова: семья, дети с ограниченными возможностями, образовательная и развивающая среда, психологические аспекты Annotation. The article describes the organization of the educational, developmental environment in families with children with disabilities, its psychological aspects. Keywords: family, children with disabilities, educational and developmental environment, psychological aspects Bugungi kunda aksariyat oilalarda nogiron bolalarga nisbatan avaylash va rahmdillik nuqtayi nazari bilan qarash munosabati ustuvorlik qilmoqda. Mazkur holat ularda sog‘lom bolalardagi kabi muomala, muloqot, “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 200 o‘z-o‘ziga xizmat va boshqa faoliyatlarda ishtirok etish ko‘nikmalarining еtarlicha shakllanmasligiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarning oilada ta’limiy muhitni yaratilishida to‘g‘ri tashxisning ahamiyati kattadir. Shuning uchun nogiron bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qanchalik erta boshlansa, shunchalik ularning umumiy rivojlanishida sifat ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyati keng bo‘ladi. Bolalar rivojlanishidagi sifat ko‘rsatkichlari ularda nutqiy ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi bilan baholanadi. Ta’limning dastlabki davrida asosiy e’tibor bolalarning lug‘at zahirasini boyitish va mustahkamlashga qaratiladi. Ma’lum muhitda rivojlanayotgan bola o‘z faolliklarini anglay boshlaydi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, anglashi sodir bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy anglashdir. Asta-sekin muhit ta’sirida o‘z xatti-harakatlari orqali faoliyatini qayta o‘zgarishga yo‘naltiradi, bu davr unda dunyoqarashning kengayishi, tajribalarning ortishi, ma’lumotlar, voqeliklar haqida mustaqil fikrlaydigan hamda o‘z fikrini qarshi qo‘ya oladigan darajada shakllanganligi bilan bog‘liqdir. Jahon sivilizatsiyasida ma’lum va mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyat paydo bo‘lishining tabiiy-ijtimoiy konsepsiyasini birinchi marta ilgari surdi. Forobiyning fikricha, inson jamoalari, jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga tabiiy intilishlari natijasida kelib chiqqan. “Har bir inson tabiatan shunday tuzilgan, u yashash va oliy darajadagi еtuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun insonlar – fuqarolik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi”, – deb yozadi Forobiy . Abu Rayhon Beruniy talqinicha, jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi kishilarning hamkorlikdagi faoliyati zaruratidan kelib chiqqan, insonning qadr-qimmati o‘z manfaatini a’lo darajada bajarishidan iborat. Shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat bilan erishadi. Oila ijtimoiylashishning muhim instituti hisoblanadi, chunki oilaning o‘rnini hech qanday boshqa jamoa egallay olmaydi. Oilada insonning dastlabki ijtimoiy moslashish davri kechadi, 6 yoshgacha bola uchun bu asosiy ijtimoiy muhitdir. Asosiy ijtimoiy munosabat va odatlarni bola oilada egallaydi. Oila bolani jamoada o‘zini tutishga o‘rgatadi va unga diniy qadriyatlar, etnik qarashlar va ma’naviy qadr-qimmatlarning mohiyatini tushuntiradi. Oila nogiron bolalarni reabilitatsiya qilishda, ularni ijtimoiylashuvida va jamiyatga qo‘shilishida alohida ahamiyatga ega. Nogironning oilada paydo bo‘lishi har doim ziddiyatli vaziyatning rivojlanishi hamda to‘la psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq. Nogiron bolaning butun hayoti oilada o‘tkaziladi. Oilada qanchalik do‘stona, tinch oilaviy muhit yaratilsa, nogironning jamiyatga qo‘shilib ketishi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Nogiron farzandlari bor oilalarda tashqi muhit bilan muloqot qilish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan, ular, asosan, bo‘sh vaqtni o‘tkazish ko‘nikmalarida namoyon bo‘ladi, ular faqat televizor tomosha qilish bilan chegaralanadi. Hamma ma’lumotlarning mazmuni va dasturlarining xilma-xilligi tufayli televizion eshittirishlar bo‘sh vaqtning yagona shakli bo‘la olmaydi. Bu holat nogiron bolaga bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash zarurligini ko‘rsatadi, bu muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, hissiy sohani mashq qiladi, motivatsion faollikni rag‘batlantiradi va vosita ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Nogiron bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar shaxsning psixologik rivojlanishiga xizmat qiladi. Ijtimoiylashuv jamiyatga yanada ishonchli integratsiyani ta’minlaydi. Nogiron bolani tarbiyalayotgan oila ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj bo‘ladi. Bunday oilalarni ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyalashda ijtimoiy aloqalarni, ayniqsa, psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatadigan aloqalarni saqlab qolish va kengaytirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda nogiron farzandlari bor oilalarda ta’limiy muhitni yaratish lozim. Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari uchun seminar-treninglar, mahorat darslarini tashkil etish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling