Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
80
Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha 
ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin, 
baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-
e’tiqodli farzand, n afaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir.
Oila a’zolari, ya’ni yoshi ulug‘ insonlar, ota-ona farzandda hayot, jamiyat haqidagi birlamchi eng umumiy 
qarashlarni shakllantiradilar. Zero, xalqimizda bir naql bor: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Demak, 
oiladagi mavjud ijtimoiy muhit bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, ma’lum bir qiziqishlar asosida 
kasb-hunarni egallab, kelajakka ishonch bilan harakat qilishda insonlararo muloqotga kirishganda axloqiy 
nuqtayi nazardan yondashishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir oilaning o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarga 
munosabati turlicha bo‘ladi.
Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo bo‘lishi – avlodlar almashuvi, asosan, oilada sodir bo‘ladi. 
“Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola 
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy muhit maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, 
his qiladi”
38
. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim bo‘lgan barcha 
ta’lim, tarbiya oila muhitida beriladi.
Insonning ota-ona, qarindosh-urug‘iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‘lgan munosabatlari 
dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarini, qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazuvchi 
sotsial institut hisoblanadi. Oila jamiyat bag‘rida tashkil topib, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu 
jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila 
taraqqiyotiga ta’sir etadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‘z aksini topadi.
Shuning uchun ham oila va jamiyat o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy etib, rivojlanadi. Oilaning ijtimoiy 
taraqqiyoti esa, oila a’zolarining ma’lumotlilik darajasi, ijtimoiy mavqeyi salomatligi borasida o‘zgarishi 
hamda ularning ta’lim-tarbiya, urf-odat, fan va madaniyat tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini 
takomillashib borishidir.
Chinakam zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar saqlanib, har bir oila a’zosining kitob mutolaa 
qilishiga, ilm o‘rganishiga, ijodkorlik qilishi uchun muhit yaratib beriladi. Har kimning qiziqishlaridan kelib 
chiqqan holda munosabat bildiriladi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining axloqiy darajasi undagi 
muhitga bog‘liq. Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi ta’minlangan bo‘ladi. Sog‘lom 
muhit deganda faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va 
me’yorlarga amal qilinishigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham 
tushunish lozim. Zero, aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq
39
.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oila necha ming yil, zamonlar osha jamiyatning eng muhim 
sotsial institutlaridan biri sifatida jamiyat istiqbolini belgilashda, uning rivojlanish bosqichlarini tezlashtirishda 
va fuqarolar o‘rtasidagi birlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatda oilaning mustahkam bo‘lishi iqtisodiy, siyosiy va axloqiy-ma’naviy hayot sohalariga o‘zining 
ijobiy ta’sirini o‘tkazadi hamda mamlakat barqororligini ta’minlaydi. Mamlakat barqaror bo‘lsa, o‘z navbatida, 
har bir oilada turmush farovonligi ta’minlanadi, natijada fuqarolarning tinchlik, erkinlik haqida orzu-umidlari 
ro‘yobga chiqadi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling