“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
78
har bir a’zosi o‘z psixologiga ega. Oilaga bo‘lgan bunday munosabat ko‘pgina g‘arb davlatlari uchun oddiy
holatga aylangan. Qonuniy nikoh qurish esa ko‘p davlatlar uchun ortiqcha marosimga aylanib, aksariyat
aholi buni zamondan orqada qolish deb hisoblaydi.
Sharq davlatlarida oila qurishga e’tibor kuchli bo‘lib, uning qadriyatlari asrlar davomida saqlanib kelinadi.
Farzand tarbiyasiga esa bobo va buvilar nasihatiga quloq solinib, ko‘p hollarda bolalar ularning tarbiyalarini
olishadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki bunday hayot Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarning rivojlanishiga to‘siq
bo‘lmagan ya’ni zamon bilan hamjihat bo‘lish uchun oila qurishdan voz kechish kerak emas.
O‘zbek xalqi g‘arb xalqlaridan farqli ravishda har doim oilani birinchi o‘ringa qo‘yadi va hech qachon
kasbiy yuksalish oiladan uzoqda yashashga, farzandlarning o‘sishini kuzatishdan ustun tura olmaydi. Shu
omil sabab o‘zbek xalqi eng bolajon va mehr-oqibatli xalqlardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, oilani bir go‘zal bog‘ga, farzandlarni esa uning bir-biridan shirin-shakar mevalariga
o‘xshatish mumkin. So‘lim bog‘ aro pishib-yetilgan, ko‘zni quvontiradigan ne’matlarni ko‘rganda inson
qalbi yayraydi, bahri dili ochiladi. Sog‘lom oila jamiyatning mustahkam poydevori. Ma’naviyat va ma’rifat,
salomatlik nuqtayi nazaridan, oila insoniyat naslini pok saqlovchi, sha’ni va odamiyligini ta’minlovchi asosiy
vosita, yuksak tarbiya o‘chog‘idir. Oila rishtasining asosini esa, albatta, oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan
mehr- muhabbati tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Аlqаrоv I.Sh., Mаmаtqulоvа R.Sh. Oilа tаrbiyasining pedаgоgikаsi. – Tоshkent, 2007.
2. https://zarnews.uz/uz/f86
3. https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/
Do'stlaringiz bilan baham: |