Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 86 va e’tiqodining butunligi bois turli ne’matlarga sazovor bo‘ladi. Bolani, avvalo, Allohga tavakkal qilib yashashga o‘rgatish joiz. Allohga tavakkal esa, barcha ne’matlarning egasi Alloh ekanligini tan olishdan va Unga umidvor bo‘lishdan boshlanadi. 15. Bolaning hayotdagi barcha yutuq va kamchiliklariga ham sabrli munosabat ko‘rsatish kerakligi islom dinida ta’kidlanadi. Bolaga adolatli munosabat ko‘rsatish insonning bezagidir. Bolani har kuni quchoqlash va o‘pish bu sunnat. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh o‘z huzurlarida al-Aqra’ ibn Hobis Taymiy o‘tirganida Hasan ibn Alini o‘pdilar. Shunda u: “Mening o‘nta bolam bor. Ulardan birortasini o‘pganim yo‘q”, dedi. Bas, Rasululloh unga nazar soldilar va: “Rahm qilmaganga rahm qilinmas”, dedilar” (Buxoriy rivoyati) 61 . 16. Oiladagi barcha bolalarni o‘zaro teng ko‘rish, ularni ayirmaslik, birini ikkinchisidan ustun qo‘ymaslik, boy bo‘lgan bolaga yaxshi munosabat ko‘rsatib, kambag‘al bolaning ko‘ksini cho‘ktirish, uning kamchiliklarini ochiq aytib, haqorat qilish mumkin emas. Agar bolaning ishi yurishmayotgan bo‘lsa, buni Allohning sinovi sifatida qabul qilish va bolani yaxshi duolar bilan sidqidildan Alloh oldida duo qilish zarur. Otaning duosi va onaning duosi bolaning taqdirini o‘zgartirishi mumkin. Har bir farzand ota va ona mehriga bir xilda munosib bo‘lib, birining ikkinchisi oldida ustunligi yo‘qdir. Ota-ona o‘z bolasining yaxshi taqdiriga ishonishi zarur, bu narsa aslida ularning Alloh mehriga ishonishlarini anglatadi. Allohning ne’matidan bahra olishlariga umid qilishga o‘rgatadi. Hadislarda: “Allohdan qo‘rqinglar va bolalaringizga adolatli bo‘linglar. Shunda ular sizni hurmat qiladi hamda sizga itoat qiladi” deyilgan 62 . Islom dinida, “Agar ota farzandlaridan biriga biror narsa tortiq qilsa, toki bo‘lak farzandlariga ham adolat qilib, o‘shancha tortiq qilmas ekan, joiz bo‘lmay, unga guvohlik qilinmas”, deb ta’kidlanadi. Rasululloh: “Farzandlaringizni teng ko‘ringizlar!”, deb ta’kidlaganlar 63 . Qur’on oyatlari va hadislarda keltirilgan mazkur qadriyatlar farzand va uni tarbiya qilinishi tartiblariga bevosita aloqadordir. Eng qadimgi davrlardan boshlab “bola” tangrining qudrati va in’omi, hayotning bosh maqsadi va mag‘zi, ruhiy ne’mat, oilaviy baxt va uning sarhisobi, ma’naviy ozuqa, xursandlik nishonasi, avlod an’analarining davomchisi, umuman, o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy qadriyatlarining muhim asoslaridan biri sifatida tavsif qilingan. Bola muhofazasi, bolani maqsadli tarbiya qilish zarurligi, uni ta’lim bilan ta’minlash bizning hududimiz uchun tarixiy-ijtimoiy hodisa sanaladi. Biz yuqorida ta’kidlangan mana shu insoniy qadriyatlarni bilishimiz va ularda keltirilgan ma’naviy boylikni tarbiya, xususan oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etishimiz, keltirilgan tamoyillarga esa o‘z hayot tartibimiz va turmush tarzimizda itoat etishimiz zarur. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling