Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 15 − oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligiga nisbatan munosabatlarning yuzakiligi; − yigit va qizlar munosabatlarida, turmush qurishda, oila bo‘lib yashash tarzida, ajrim holatlarida o‘ta erkinlik, ota-ona fikriga tayanmaslik; − nikohga oliy qadriyat sifatida qaramaslik (aksariyat oilalar fuqarolik yoki shar’iy nikoh asosida yashashadi); − jinsiy munosabatning o‘smirlik yoshidan juda erta boshlanishi; − yosh qizlarda bokiralikni saqlash majburiyatining yo‘qligi; − erkin jinsiy aloqalarga yo‘l ochiqlik va ular uchun maxsus sharoitlar yaratilganlik; − oila qurishga nisbatan milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa xalqlar, millatlar urf-odatlariga qiyosiy taqlid qilish odatining paydo bo‘lishi; − u yoki bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishda er-xotinning o‘zaro kelishmasdan mustaqil qaror qabul qilishi; − kiyinish, ota-ona bo‘lish, yashash tarzini tashkil etish, farzandlik, qarindosh-urug‘chilik burch hamda vazifalarini bajarishda sharqona odob-axloqdan keskin yiroqlik; − oiladagi har bir shaxsning o‘zi uchun individual turmush tarzi asosida hayot kechirishi; − bir jinsliklar turmushiga e’tiborsizlik; − oila ma’naviy-axloqiy asoslarining qadrsizligi; − guruhli jinsiy aloqalar; − yoshlarni oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi va boshqalar. Darhaqiqat, bunday salbiy ta’sirlardan xoli zamonaviy oila qurishning asosiy mezoni uning ma’naviy- axloqiy poydevor asosiga qurilishi hisoblanadi. Shundagina u mustahkam va baxtli bo‘lishi mumkinligini tadqiqotlar va hayotiy tajriba ko‘rsatmoqda. Zamonaviy oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari umuminsoniy va milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki oilaning ma’naviy-axloqiy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash va mustahkamlash zamirida jamiyatning ma’naviy takomillashuviga erishiladi. Oilada ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turish oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi. Uning asosiy manbalari quyidagilardan iboratdir: – Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida bayon etilgan oila borasidagi qarashlari; – xalq og‘zaki ijodi namunalari; – milliy va umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar; – oila ma’naviyatini takomillashtirish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari, mutaxassis-olimlarning ilmiy-metodik asarlari va boshqalar); – adabiyot va san’at asarlari; – OAV materiallari, tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlari; – hayotiy ilg‘or xalqaro va milliy tajriba. Mazkur manbalar asosida zamonaviy oilaning quyidagi ma’naviy-axloqiy mezonlari takomillashtiriladi: oilaning muqaddasligi, oilaviy-huquqiy madaniyat, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, ro‘zg‘orshunoslik sirlari, oila gigiyenasi, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya asoslari, sog‘lom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish, kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya etish, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, kamtarlik, sabr-toqatlilik, saranjom-sarishtalik, orastalik, sermulohazalik, odob doirasida so‘zlash, turli noaxloqiy illatlardan xolis bo‘lish, e’tiqodlilik, ongli intizom, milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lish, yurish-turish, xatti-harakat qoidalariga, milliy oilaviy qadriyatlarga muhabbat, ro‘zg‘or yuritish madaniyatiga amal qilish, kattalarga hurmatda va kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, adabiyot va san’atga muhabbatini namoyon etish, turli millat urf-odatlari, an’analari, tili, dini va madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik, mehnat madaniyati, sog‘lom ma’naviy muhit tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, muloqot madaniyati, zamonaviy uy bekalari axloq-odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ota-onalikning ijtimoiy-ma’naviy jihatlari, erta turmush, erta tug‘uruq, qarindosh-urug‘lar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling