Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 123 Hayotning ko‘rki ham, chiroyi ham ayollardir. Ayol bor yerda mehr-vafo, orastalik, ezgulik bor. Qiz bola – hayosi bilan go‘zal. Go‘zallik bu faqat tashqi qiyofada emas, balki odob-axloq, farosat, pokizalik, olijanoblik, sharm-hayo, iffat, g‘urur, latofat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Mana shular mujassamlashgandagina inson haqiqiy go‘zal bo‘la oladi. Go‘zallik dilni ravshan qila oladigan bir nurki, inson har vaqt shu nur tomon intiladi. Qiz bola tarbiyasi jiddiy masala ekanligini inobatga olgan holda har bir inson bunga jiddiy yondoshib harakat qilmog‘i lozim. Ayniqsa, maktab, litsey va kollej o‘qituvchilarining galdagi mas’uliyatli vazifalaridir. Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lumotlar asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tanazzulining asosi, desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi. Xo‘sh, nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi? Mazkur savollar bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal yechim topish vazifasini qo‘ymoqda. Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illat va tahdidi kuchayib bormoqda. Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23- avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “ Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling