Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 19 uning bir umrlik hayot yo‘lini, inson sifatidagi fazilat-u nuqsonlarini belgilab berar ekan. Demak, ota-ona farzand tarbiyasi uchun mas’ul, to‘la javobgar shaxs. Ota-onaning farzandlari oldidagi asosiy vazifasi ularni katta hayotga, serg‘alva, tashvishli olamda yashashga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning tabiiy imkoniyatlari, qobiliyati, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ma’lum bir sohaga yo‘naltirish, uning qiziqishini hisobga olib kasb tanlashiga yordam berish, avvalambor, oiladan boshlanadi. Bu ota-onaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktab yoshida esa oila va maktab, ota-ona va ustoz hamkorligi muammosi kelib chiqadi. Bunda ham, albatta, ota-onaning roli hamisha baland bo‘ladi. Chunki oila muhiti, oila psixologiyasi ota-ona munosabatlarining mahsuli sifatida murg‘akkina bolaning odamga aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Buning ilmiy-genetik asoslari, irsiy ildizlari ham bor. Inson – fazilatlar va illatlar olami. Dunyoda mutlaq ideal odam bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Faqat ideal bo‘lishga, komil insonga aylanishga intilish har bir insonning ham ilohiy, ham dunyoviy burchi hisoblanadi. Inson yuz yil yashasa, yuz yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Demak, hammamizning jismimizda illatlar-u fazilatlar jamuljam. Qonimizda yuzlab bag‘rikenglik, shafqatlilik, mehrlilik, muruvvatlilik, sadoqat singari fazilatlar bilan birga sotqinlik, munofiqlik, hasad, ko‘rolmaslik, g‘ayirlik singari illatlar ham parallel ravishda yashaydi. Faqat kimlardadir fazilatlar, kimlardadir illatlar ko‘proq. Inson tabiatan manfaatlar olami. U hamma narsa o‘ziniki bo‘lishini, unga qanchalik erkinlik bersangiz, undan ham ko‘proq erkinlikni istaydigan, qanchalik farovonlik sharoitini yaratsangiz, undan ham farovonroq yashashga intiladigan olam. Uning ehtiyojlarini hech qachon qondirib bo‘lmaydi. Inson ehtiyojlari hayot ne’matlaridan ko‘ra ko‘proq va kengroq. Ana shunday kayfiyatda xudbinlik, manfaatparastlik illatlari kuchayib boradi. Natijada “gunoh”, deb ataladigan tavqi la’natga munosib yo‘lga kiriladi. Ulug‘ bobokalonimiz Forobiyning xulosalariga ko‘ra, qonunlari barkamol bo‘lmagan jamiyatda axloqsizlik kuchayadi. Axloqsizlik esa jamiyatni parokandalikka olib keladi. Buyuk nemis faylasufi Osvald Shpengler: “Qayerda madaniyat yo‘qolsa, o‘sha yеrda zoologiya kuchayadi”, – deydi. Demak, madaniyat, ma’naviyat, axloq yo‘qolsa, odamdagi insoniy instinktlar so‘nib boradi. Aksincha, hayvoniy instinktlar kuchayadi. Inson odam shaklidagi maxluqqa aylanadi. Ma’naviyatga ehtiyoj unutiladi. Bu esa oxir-oqibatda jamiyatni abgor qiladi. Keyingi yillarda ma’naviyatga, ma’rifatga, inson tarbiyasiga e’tibor tobora oshib bormoqda. Demak, bunga ehtiyoj bor. Odamning insonga, insonning shaxsga aylanish jarayonlarining samaradorligini oshirish zaruratga aylanmoqda. Bunday zarurat va ehtiyojni ijtimoiy fanlar qondirishi mumkin. Afsuski, oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar keskin qisqartirib yuborildi. O‘zining tor mutaxassisligi doirasida yashaydigan va bu biqiq qobiqdan tashqaridagi keng olamni, uning rang-barangligini, jozibasini, hayotiy ehtiyojini anglamay yashaydigan kadrlar yuzaga kelmoqda. Haqli savol tug‘iladi: zamonaviy, oliy universitet ta’limini olgan agronom yoki muhandis adabiyotni bilmasa, she’r o‘qimasa, Navoiyni tushunmasa, uni to‘laqonli inson deb atash mumkinmi? Yuqori malakali tibbiyot xodimi falsafiy fikrlashni bilmasa, mantiqiy xulosa chiqarishni eplolmasa, uni zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos kadr deb atash mumkinmi? Bunday odamning oilaviy muhiti qanday bo‘ladi? Murg‘ak bolalar tor tushunchalar asosida shakllanib, mexanik yashaydigan robotlarga aylanmaydimi? Bu kasbiy bilim, professional mahoratgina insonni to‘laqonli shaxsga aylantiradi, degan fikr qanchalik noto‘g‘riligini ko‘rsatmaydimi? Masalaning ikkinchi tomoni bor. Inson – qalb va ruhiyat olami. Odam o‘zini jamiyatda to‘laqonli namoyon etishi uchun faqat iste’dodning o‘zi kamlik qiladi. U iste’dod bilan birga yuksak ma’naviyatga, yеtuk axloqiy asoslarga ega bo‘lmog‘i lozim. Unga falsafiy tafakkur, mantiqiy tahlil, jozibador va go‘zal ifoda, yеtarli darajadagi so‘z boyligi kerak bo‘ladi. Bular esa qalbni tarbiyalaydi. Qalbning buyukligi, pokligi, tozaligi ruh tozaligiga olib keladi. Ruh qalbdan oziq oladi. Ruhni esa aql boshqaradi. Ana shu formulaning yеchimi – komil inson degan qadriyatga olib keladi. Bizning qalbimiz so‘qirlashib bormoqda, ruhiyatimiz ozurda, shikasta, nimjon, aqlimiz esa zaif, noshud, notavon. “Gunoh” degan tavqi la’nat ochko‘z qurt kabi qalbimizni, jism-u jonimizni kemirmoqda. Bu ketishda manqurtlar, fikrlamaydigan, belgilangan dastur asosida yashaydigan robotlar jamiyatini yaratamiz. Demak, biz yangilanishlar jarayonida yangi O‘zbekistonning yangi barkamol qiyofadagi fuqarolarini tarbiyalashimiz, shakllantirishimiz uchun qalb tarbiyasiga, ruhiyat tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermog‘imiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling