Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 23 Abu Rayhon Beruniy (973-1048) fan olamida, tafakkur xazinasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan ilmiy meros qoldirgan olimlardan hisoblanib, uning “Minerologiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida tafakkurga, ilmga, falsafaga, ta’lim-tarbiyaga, mehnatga oid hamda kasb- hunarlarni egallashning ahamiyati to‘g‘risida fikrlari bayon qilingan. Abu Rayhon Beruniy butun umrini ilmga bag‘ishladi. “Aql va ma’rifatda hali unga o‘xshash biror kishi davron yarata olgani yo‘q”, – deb yozgan edi XIII asr tarixshunosi Yoqut. Abu Rayhon Beruniy doimo mehnat va ilm insonni ulug‘laydi degan fikrni ta’kidlab kelgan. Jumladan, o‘zining “Minerologiya” asarida: “Mehnatsiz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi farog‘at soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug‘lik libosidan mahrum, yalang‘ochdir”, – degan edi. Agar biz allomalar hayotiga nazar solsak ularning yana bir namunali xislatiga duch kelamiz. Bu ularning bir necha tillarni mukammal o‘zlashtirgani, shu bilan bir qatorda bir necha madrasalar va ko‘plab ustozlar qo‘lida ta’lim olganligidir. Ta’lim olish va ilmiy izlanishda ular uchun hech qanday masofa yoki hududning ahamiyati bo‘lmagan. Mashxur ustozlar yashagan har qanday hudud ilm ahlini doimo o‘z bag‘riga tortgan. Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy butun dunyo ilm-fanini zabt etgan qomusiy olimdir. Uning riyoziyot va falakiyot faniga asos solgani o‘z zamonasida ham, hozir ham barcha olimlar tomonidan tan olinmoqda. Bo‘lg‘usi yirik olim oldin mantiqiy fikrlash malakasini oshirgan, asosiy e’tiborini til o‘rganishga qaratgan. Natijada Xorazmiy o‘z tili bilan bir qator turk, arab, fors va yahudiylar tillarini puxta egallagan. Uning bir qancha tillarni mukammal bilishi dunyo olimlarining asarlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yana shunday allomalardan biri islom huquqi, ayniqsa, xanafiy mazhabi rivoji yo‘lida bebaho ilmiy meros qoldirgan Burhoniddin Marg‘inoniy (1123-1197) bo‘lib, Marg‘inoniy iste’dodi tufayli buyuk faqih darajasiga ko‘tarildi va shayxulislom nomiga sazovor bo‘ldi. Bu alloma nafaqat o‘zi, balki o‘g‘li Imoduddin ibn Burhoniddin al-Marg‘inoniyni yеtuk faqih va she’riy iste’dod egasi bo‘lishiga hamda nevarasi Muhammad Abdulfath Jaloluddin al-Farg‘oniyni ilm sohasi bilan shug‘ullanishiga sabab bo‘ldi (u 1253-yilda Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir asarini yozgan) 10 . Alouddin as-Samarqandiy o‘z davrining еtuk faqihi bo‘lib, ilm-fan rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. U haqidagi ma’lumotlar judo oz bo‘lishiga qaramasdan, uning asarlari Movarounnahrda fiqh sohasiga katta hissa qo‘shganligi va o‘z maktabini yarata olganligiga guvoh bo‘lamiz. U o‘z asarlarida hadislardan ham asos sifatida foydalanganligi qayd etadi. Bu allomaning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘z qizi Fotimani yoshlik chog‘laridanoq ilmga o‘rgatgan. Qiroat, arab grammatikasi, fiqhdan dars berib, uning buyuk faqiha olima bo‘lib еtishishiga sabab bo‘lgan 11 . Fotimaning bironta yozma asarlari haqida ma’lumot bo‘lmasa-da, u o‘z davrining ilmga chanqoq ayol timsolini yaratdi. Bu ma’lumotlar o‘rta asrlarda Movarounnahrda ayollar va ilm-fanga bo‘lgan munosabatlari qay darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Allomalar yurtining yana bir farzandi Xoja Bahouddin Naqshband (1318-1389) valiy inson bo‘lib, o‘z davrida ko‘plab yuksak xislatli odamlarni tarbiyalagan va bebaho ma’naviy meros qoldirgan ulug‘ zotdir. Naqshbandiy asosiy tarbiya usulini suhbat deb bilib, suhbat orqali inson qalbiga kirib borish mumkin, deb hisoblagan. U odamlar ichra xilvatda bo‘lishni rad etgan holda, biror bir kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lib, Ollohning nomini qalbda ushlashni targ‘ib etgan. Uning Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling