Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari


Sanoat mahsulotlarining atrof muhitga ta’siri


Download 0.83 Mb.
bet8/9
Sana22.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1646963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari

2.4. Sanoat mahsulotlarining atrof muhitga ta’siri
Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof- muhitni ifloslanishiga olib keldi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 min t. qo'rg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (P2O5) 35 min t., simob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t; 100 ming to'g'it sifatida tabiatga ya'ni havo, tuproq va suvga tushgan havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 min tonna, suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin pestisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 min tonnaga etgan. Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri. XXI arga kelib inson tabiatga nsbatan tajavuskorlik bilan munosabatda bo'lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda. Har yili sayyoramiz bo'yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlamiz. Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xo'jaligi yerlari, 22-25%ni yaylovlar, 2- 3%ni yo'l, uy-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga to'g'ri kelishini etiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli tug'ri keladi. Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar - ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. O'zbekiston ham ko'plab rivojlangan mamlakatlar qatoriga yangi ming yillikga qator ijtimoiy-iqtisodiy demografik va ekologik xarakterga ega bo'lgan dunyo miqyosidagi muammolar bilan kirib keldi. Tabiiy resurslardan jadal foydalanish, moddalarning tabiiy aylanish tarkibiga kirmaydigan ishlab chiqarishning foydalanishning mumkin bo'lmagan mahsulotlarning atrof-muhitga tashlash, ekologik jihatdan xavfli bo'lgan biotexnologiyalardan foydalanish energiya manbalaridan va boshqalar inson faoliyati bilan o'rab turuvchi muhitning holati orasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Ko'pchilik holatlarda buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion mexanizmlari imkoniyatlarining mos kelmasligi kuzatilmoqda. Yuqori texnogenli yuklamalar natijasida ta'minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik organizmlar genofondining sifatiga albatta o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning o'zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o'z navbatida tabiatda «Ekologik keskinlik» sindromini chaqiradi. Ekologik keskinlik sifatiy jihatdan yangi xarakterga ega bo'lish bilan birga katastrofik masshtabni egallamoqda. Bunday sharoitlarda organizm bilan muhit orasidagi munosabatlar murakkablashadi va keskinlashadi. O'tgan asrning 90-yillarida O'zbekiston hududida ko'plab sanoat korxonalari qurildi. Masalan, Qoravulbozor neftni qayta ishlash, Muborak gaz kondesat zavodi, Navoiy azot o'zeli, Navoiy tog' metallurgiya kombinati, Jizzax akkumulyator zavodi va hokazolar tomonidan tashqi muhitga zaharli sanoat chiqindilari chiqarilmoqda. Organizmlar yashayotgan muhitning texnogen o'zgarishlari orasida uning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ancha ayanchli asoratlarga olib kelmoqda. Turli tabiatga ega bulgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug'diradi. Ifloslovchi moddalar texnogen moddalar yoki tabiiy xarakterdagi aralashmalar sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish sikllarini buzadi va ekotizimning yaxlit faoliyatiga noqulay ta'sir ko'rsatadi. Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya'ni biosfera uchun begona bo'lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o`rganish atrof-muhitning ifloslanishini oldini olishlikka katta yordam bo‘ladi va tabiiy resurslarning kamroq isrof bo‘lishligiga olib keladi.
Xulosa
Kurs ishining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, mavzuning o‘rganilganlik darajasi tahlil qilindi. “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusini yoritilishiga oid o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, ma’ruza matnlari, ensiklopediyalar tahlil qilindi. “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusi chuqur o‘rganildi va ush bu mavzuga oid ayrim muommolar o‘rganilib chiqildi. Kimyoning zamonaviy muommolari kursi oliy ta’lim tizimida ikkinchi bosqichda olib boriladi. O‘tiladigan mavzular ichida “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusi fanning asosiy qismini tashkil etadi. Kimyo o‘qitish jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi dars jarayononi yanada osonlashtirib talabalar ma’lumotlarni o‘zlashtirishida qulaylik yaratadi. Asosan “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazishda turli xil didaktik materiallar, axborot texnologiyalarining o‘rni katta. Shuning uchun ham ― “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusini o‘qitishda metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunda: ― “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusiga oid adabiyotlar tahlil qilindi, kimyo o‘qitish jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanildi, zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari haqida umumiy ma’lumotlar keltirib, shu jumladan: - “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzularini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. - oliy ta‘lim kimyoning zamonaviy muommolari kursini o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik materiallar tahlil qilindi. Pedagogik ekspriment o‘tkazish davomida nazorat guruhi talabalarida 75%, ekspriment guruhi talabalarida esa 80,5% o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kuzatildi. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va natijalar tahlili qismida Kimyoning zamonaviy muommolari kursida ― “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi mavzusiga oid ta’lim texnologiyalari asosida dars ishlanmasi yaratildi. Ta`limning o’quv-metodik ta`lim vositalaridan, yordamchi ta`lim vositalaridan va ta`limning texnik vositalaridan foydalanildi. Mavzu bo‘yicha vizual materiallar tayyorlandi. 1. « Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari mavzusini o‘qitishda interaktiv modellashtirish metodlaridan foydalanish» ning asosiy maqsadi Kimyoning zamonaviy muommolar kursi davomida har bir talabada mavjud bo‘lgan talabi, qiziqishi va imkoniyatlari asosida unda yaxshi faziylat va xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 2. “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusini o`zlashtirishda interaktiv modellashtirish metodlaridan foydalanish pedagogik, didaktik strategiyaning bir shakli bo’lib, u talabalarga ixtiyoriy mavzular bo‘yicha erkin, ochiq va o`z fikrlarini mustaqil bayon etish ushun sharoit yaratishda yordam beradi. 3. “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari” mavzusini o`zlashtirishda interaktiv modellashtirish metodlaridan foydalanish berilgan mavzuning talabalar tamonidan chuqur va puxta o`zlashtirishida fikrlash darajasini bir me’yorda bo’lishini ta`minlashda yordam beradi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling