Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari


Download 0.83 Mb.
bet1/9
Sana22.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1646963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMI KIMYO ( FAN YO‘NALISHLARI BO‘YICHA) MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI ABDUHAMIDOVA OZODANING KIMYONING ZAMONAVIY MUOMMOLARI FANIDAN “ZAMONAVIY ORGANIK KIMYONING DOLZARB VAZIFALARI” MAVZUSIDAGI

KURS ISHI



Tayyorladi: O. Abduhamidova
Qabul qildi: M. Axmadaliyev

Farg’ona - 2022

Mavzu: “Zamonaviy organik kimyoning dolzarb vazifalari”.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………….………………
Asosiy qism………………………………………………………………………
I. BOB. “Organik kimyo va zamonaviy organik kimyoning istiqbollari va dolzarb vazifalar”.
1.1. Organik kimyoning rivojlantirish istiqbollari.…………
1.2. Zamonaviy organik kimyoning istiqbollari………………………..
1.3. Zamonaviy organi kimyoda etilen olish………
II. BOB. Neft va neft maxsulotlarining piroliz qilish va uning atrof muhitga ta’siri
2.1. Neft va neft mahsulotlarining piroliz qilish jarayoni………..
2.2. Piroliz jarayonida hosil bo‘luvchi chiqindi maxsulotlar…..
2.3. Og‘ir piroliz smolasini qayta ishlash jarayonini o‘rganilganlik darajasi ……………..
2.4. Sanoat mahsulotlarining atrof muhitga ta’siri …………………..
Xulosa……………………………………………………………….……...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……….........................................…...

Kirish
Hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga ta’lim – tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida yagona va uzliksiz ta’lim tizimi joriy etila boshlagach, har bir ta’lim turi bo‘yicha ma’lum maqsadli vazifalarni bajarish lozimligi ayon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun [1] va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” [2] talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori kimyo predmetining o‘qitilishini ham tubdan yangilanishini talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yilda “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko’ra: mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida: 1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin: - ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish; - oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish. 2. Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar: Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 2020 — 2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki: Oliy ta’lim muassasalari kafedralari — biriktirilgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablar tashkil etish; Xo‘jalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar — biriktirilgan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, “ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish va o‘quvchilarga kasbiy ta’lim berishga ko‘maklashish; Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xo‘jalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar — biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini ta’minlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, soha yetuk mutaxassislari rahbarligida diplomoldi amaliyotlarni o‘tash, talaba va professor-o‘qituvchilarni laboratoriyalardan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish uchun sharoit yaratish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda amaliy rahbarlikni amalga oshirish, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, biriktirilayotgan tashkilotlar tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va professional ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini darsliklar, laboratoriya jihozlari va uskunalar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish, ularning mehnatini rag‘batlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, o‘quvchilarni xalqaro nufuzli olimpiadalarda qatnashish va boshqa xarajatlarini qoplashda yaqindan ko‘maklashadi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda biriktirilayotgan xo‘jalik birlashmalarining kuzatuv kengashlarida biriktirilgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va professional ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga biriktirilayotgan xo‘jalik birlashmalari tomonidan ajratiladigan mablag‘larning miqdorlariga hududdagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda yillar kesimida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish, ularni jihozlash, o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash hamda kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etilsin.[5] “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy qilish va ularni o`zlashtirish zarurligi ko`p marta takrorlanib, ularni ta'lim jarayonida qo`llash zarurligi uqtirilgan. Buni amalga oshirish maqsadida Respublikamiz olimlari maktab,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ko`plab darslik va o`quv qo`llanmalar tayyorlandi va nashr ettirildi.[4] Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan muxum talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish shuningdek taqsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim ko`nikma hamda malakalar darajasini baholash o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayonida nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.[3]

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling