Zamonaviy qissalarda muallim obrazi
Dissertatsiyaning o‘rganilganlik darajasi
Download 36.44 Kb.
|
dissertatsiya sohibaxonim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi
- Tadqiqotning obyekti.
- Tadqiqotning metodologik usul va metodlari
Dissertatsiyaning o‘rganilganlik darajasi.
O‘zbek adabiyotshunosligida kompozitsiya, syujet, obraz masalalari tadqiq qilingan. Izzat Sulton, To‘xta Boboev, Hotam Umurov, Dilmurod Quronov, Аbdulla Ulug‘ov, Qurbonboyev I., Akramov B., tadqiqotlarida bu nazariy muammo borasida mulohaza bildirilgan. Badiiy asardagi muallim obrazi xususida muayyan ijodkorlar asari poetikasini o‘rganish jarayonida murojaat qilingan . O‘zbek adabiyotshunosligida Chingiz Aytmatov va Luqmon Bo‘rixon ijodi ilmiy tadqiq etilgan ishlarda qisman yoritilgan . Tadqiqotning maqsadi. Magistrlik dissertatsiyaning asosiy maqsadi qissa janrida muallim obrazining tutgan o‘rnini o‘rganish Tadqiqotning vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: - O‘zbek adabiyotida qissa janridagi obrazlar yangilanishini aniqlash; - Zamonaviy qissalarda obrazlar takomilini o‘rganish; - muallim obrazining qissa janridagi ahamiyatini tadqiq etish; -O‘qituvchi obrazining o‘ziga xosliklarini, badiiy asardagi funksiyasini tadqiq etish; - Chingiz Aytmatov va Luqmon Bo‘rixon qissalarida muallim obrazining talqinini o‘rganish. Tadqiqotning obyekti. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda, CH.Aytmatov va L.Bo‘rixon qissalari obyekt vazifasini o‘tadi. Tadqiqotning ilmiy-nazariy asosi. Mazkur tadqiqotning asosiy masalalari va tahlil natijalari yuzasidan ilgari surilgan ilmiy-nazariy asosi quyidagilarda aks etadi: - Obraz masalasining zamonaviy qissalarda tadqiqi; - Zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi qissalarda xalq ta’lim tizimidagi muammolar masalasi; - Qissa janri taraqqiyotida muallim obrazi ahamiyatini o‘rganish; - Chingiz Aytmatov va Luqmon Bo‘rixon qissalarida muallim obrazining tahlili. Tadqiqotning metodologik usul va metodlari. Mavzuni yoritish jarayonida qiyosiy-tipologik tahliliy metodlardan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Hozirgi adabiy jarayonda zamonaviy yozuvchilarning nasrimiz obrazlar taraqqiyotida turli xil yangiliklar kiritayotganini ko‘rishimiz mumkin. Muallim obrazi esa o‘zbek adabiyotiga muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimdagi ma’lumotlar, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot namunalaridan an’ana bo‘lib davom etayotir. Tadqiqotimizning yangiligi shundan iboratki, zamonaviy qissachilikda, xususan, Chingiz Aytmatov va Luqmon Bo‘jodida muallim obrazining jamiyat hayoti va yurt taraqqiyotida tutgan o‘rni alohida yoritilgani maxsus tadqiq etilgani bilan belgilanadi. Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling