Zamonaviy qissalarda muallim obrazi


Badiiy adabiyotda muallim obrazi tavsifi va tadriji


Download 36.44 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2023
Hajmi36.44 Kb.
#1179900
1   2   3   4
Bog'liq
dissertatsiya sohibaxonim

1.2 Badiiy adabiyotda muallim obrazi tavsifi va tadriji
XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyos.
O‘qituvchi, murabbiy, ustoz. Barchamizning qalbimizga yaqin bo‘lgan oddiygina bu so‘zlar zamirida katta ma’no va mazmun mujassam. Zero, har qaysi inson o‘qituvchining qo‘lida savod chiqaradi, murabbiy va ustozdan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo‘lmog‘imiz tabiiy, albatta.
Har yili mamlakatimizda 1- oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Zotan, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalash yo‘lida mehnat qilayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni har qancha ardoqlasak, xurmat qilsak oz. E’tirof etish joizki, bu ulug‘ zotlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati qadrlanib kelayotgani – kelajak avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Darqaqiqat, inson eng avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirishda zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usini asrab-avaylaydi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yganimizda qo‘limizga qalam tutqazib, alifboni o‘rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, ustozimizning fidokorona mehnatini doimo minnatdorlik bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan xurmat-ehtirom hissini tuyamiz. Zero, olam gultoji inson bo‘lsa, ular orasida suyuklisi ustoz-muallimdir. Shu bois ham xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘”, degan hikmat bor.
Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan xurmat abadiy muhrlanadi. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining ma’no-mazmuni va oliyjanobligini, ahamiyati hamda xurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Ma’lumki, mamlakatimiz oldida turgan eng muhim maqsad-vazifa: taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun erkin va farovon hayot qurishdan iborat. Ana shunday sharafli vazifani uddalaydigan ishonchli, kuchli, o‘z bilimi va iste’dodiga suyangan, hech kimdan kam bo‘lmagan, jamiyat hayotiga dadil kirib borayotgan navqiron avlodni esa ustozlar tarbiyalab yetishtirmoqda.
Bu borada o‘ta mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan, fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarning zahmati har qancha maqtovga loyiq.
Birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”. Albatta, ilm maskani va ilm, ma’rifat nurini tarqatuvchi ustozlarga buyuk ehtirom va e’zozimizni izhor etamiz. Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida o‘zidagi bilim va hunarni boshqalarga o‘rgatuvchi insonlar haqida: "Albatta, Alloh taolo uning farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari yaxshilik o‘rgatuvchi kishiga salovat aytib turadilar", deb marhamat qilganlar.
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” kitobida “..Ustoz nimaiki aytsa, uni jon dili bilan shogird eshitishi, chin ko‘ngil bilan qabul qilishi va olgan bilim va malakasini amalda ado etish kerak” deyiladi.
O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar. Va shunga ko‘ra muomala qilganlar. Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan shunday deganlari rivoyat qilinadi: "Ustozim Hammodning xurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. (Nafaqat u) Balki, kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman". 
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir so‘z aytmoq mushkuldir:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli, qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. A. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi. Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi.

Muallim
Muallim haqida so‘zim ushbudir:


Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu .
MUАLLIMLАRGА

Nechogʼ baxtiyorman, taʼzimda shu tob


Sizning shaʼningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam boʼlardim, qoʼlimda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

Siz-ku "Аlifbo"dan "Qomus"gacha to


Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz koʼrsatgan duraxshon Zuhro
Bukun sheʼrim ichra tashbehdir mumtoz.

Siz moʼʼjaz yurakda yoqolgan yogʼdu


Oqibat quyoshdek socha olur nur.
Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu:
Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.

Olamda koʼp erur muborak onlar,


Tabarruk zotlar ham garchand koʼp erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.

1 U.Rasulova. “Sharq yulduzi” 2016-7

2 A.Ulug‘ov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. G‘afur G‘ulom NMIU. Toshkent, 2017

3 Akramov B. Hozirgi o‘zbek lirikasida poetic obraz muammosi (60-80-yillar). Avtoreferat diss f.f.dT.:1991

4 Arastu. Poetika. Axloqi kabir. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2016

5 Jo‘raqulov U.”Mimises” mutloq nazariyami?\\O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. – 2002. 25-yanvar

6 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti”, 2018

7 Тимофеев Л.И. Основытеории литературы. М.:1959

8 Qurbonboyev I. 90-yillar o‘zbek she’riyatida obrazlilik. Fil.fan.nomz.diss. Toshkent. 2005, 18-B

9 Ko‘rsatilgan adabiyot

10 Quronov D, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: “Akademnashr”, 2010

11 Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. G‘afur G‘ulom NMIU. Toshkent, 2017

12 Z.Suvanov. “Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasi”.

13 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. “Fan”. – 2007

14 Suvanov Z. Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasi. F.f.f.d diss. (PhD). Toshkent, 2019


Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling