Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi


Download 48.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi48.44 Kb.
#1343896
  1   2   3
Bog'liq
zamonaviy-qurilish-sanoatida-keramzit-beton-va-uning-qo-llanilishi



Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning 
qo’llanilishi 
 
Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov 
humoyunbekchanov92@mail.ru 
Urganch davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada bugungi kunda qurilish materiallari 
sanoatida ishlab chiqarilishi jihatdan tobora keng ko’lam kasb etayotgan keramzit 
beton va uning qurilish sohasida qo’llanilishi haqida qisqacha ma’lumotlar berib 
o’tilgan. 
Kalit so’zlar: Energiya tejamkorlik, issiqlilizolyasion, yengil beton, g’ovak 
struktura. 
 
Claydite concrete and its application in the modern 
construction industry 
 
Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov 
humoyunbekchanov92@mail.ru 
Urgench State University 
 
Abstract: This scientific article provides a brief overview of expanded clay 
concrete, which is increasingly used in the construction materials industry today, and 
its application in the construction industry. 
Keywords: Energy saving, thermal insulation, lightweight concrete, hollow 
structure.  
Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan energiyaning turli tuman toifalari 
orasidan faqatgina issiqlik energiyasining eng qimmat energiya sinfiga kiritilishi 
bejizga emas, chunki issiqlik energiyasi boshqa energiyalardan farqli o’laroq bir 
turdan ikkinchi turga o’tmaydi, umuman qayta tiklanmaydi, u faqat yonadi va 
tugaydi. Aynan shuning uchun ham biz rivojlangan deb tan olgan yevropa qit’asi 
mamlakatlari bugungi kunda issiqlik izolyasion qurilish materiallaridan foydalanmay 
turib bino yoki inshoat qurishni qonun normativlari bilan taqiqlab qo’yishgan. 
Keyingi yillarda respublikamizda ham qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy 
qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni koʼpaytirish 
hamda uning turlarini kengaytirish boʼyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
299


oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan prezidentimiz tomonlaridan 
2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha 
Harakatlar strategiyasida, jumladan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini 
oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda 
energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab 
berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan, qurilish tarmogʼini 
binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli qurilish materiallari va 
konstruktsiyalari bilan taʼminlash maqsadida energiya tejamkor, ekologik sof bo’lgan 
materiallardni qo’llagan holda, yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish ayni shu 
soha olimlarining muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
Yengil betonlarni qurilish sanoatida ko’p miqdorda ishlab chiqarish va uni keng 
miqyosida qo’llash 2020-yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla 
Aripov raisligida tabiiy gaz bo‘yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga 
bag‘ishlangan videoselektorda ham alohida ta’kidlab o’tildi. Jumladan ushbu video 
selektorda: tuproqni qayta tiklab bo‘lmasligi, yerning unumdorligi pasayib ketishini, 
ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqoriligi bilan g’isht ishlab chiqarishni 
kamaytirish kerakligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan tashqari, ko‘plab davlatlar, 
xususan, Yevropa davlatlarida g‘isht ishlab chiqarishdan allaqachon voz kechishgan. 
Buning o‘rniga issiqlik izolyasion, yengil materiallardan ishlab chiqarishni 
kengaytirish kerakligi va buning natijasida uyning haroratini me'yorda saqlanishi va 
boshqa bir qator qulay jihatlari bosh vazir tomonidan ham keltirib o’tilgan. 
Bino yoki inshootlar qurilishida qurilish uchun ketadigan muddatni kamaytirish, 
qurilayotgan bino yoki inshoot tashqi va ichki devorlarini issiqlikdan himoyalash, 
buning uchun samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’yish zarurdir. Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili 
yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir. Bir necha 
yillar muqaddam keramzit bino qurilishining asosi hisoblanib, qurilish hajmining 
ortishi, mehnat sarfining kamayishi hamda qurilish muddatlarining qisqarishiga olib 
kelganligi ilmiy izlanuvchilar tomonidan ko’p bora e'tirof etilib kelingan. So‘nggi 
yillarda keramzitni bino yoki inshootlar qurilishida qo’llash doirasi kamayib ketdi. 
Bunga asosiy sabab, keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasining kamligi 
asosiy faktor sifatida e’tirof etiladi. Shunga qaramay so‘nggi yillardagi ilmiy 
izlanishlar keramzit uchun xom ashyo bazasi O‘zbekiston hududida yetarli ekanligini 
va bu borada ayniqsa Navoiy viloyatida keramzit ishlab chiqarish uchun asosiy hom 
ashyo sanalgan bentanit qumining yetarlicha uchrashini ko‘rsatibgina qolmay balki 
shu bilan birga uning ekologik sof material ekanini ham yana bir bor isbot qila oldi. 
Ayniqsa, ushbu materialning issiqlik izolyasion xarakteristikasi respublikamiz iqlim 
sharoiti uchun muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Issiqlik va sovuqdan 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
300


izolatsiyalash keskin iqlimli O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, 
yozning jazirama kunlarida havo harorati 42–48°C, qishda esa 20–30°C haroratgacha 
sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli 
materiallar bilan izolatsiyalashni taqozo etadi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlab 
chiqarish hajmlarining ortishi, bino va inshootlar qurilishida samarali sinfdagi 
issiqlikdan himoyalashni yaratish bilan bir qatorda, binolarining havfsizligiga ham 
alohida e'tibor berish lozim. Chunki keramzit betondan barpo qilingan bino yoki 
inshoot odatdagi og’ir betondan qilingan binodan vazn jihatdan ancha yengil bo’ladi, 
birgina shu sababning o’zi ham bino yoki inshootlarning zilzilabardoshlik 
koeffisientini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan faktdir.
1-jadval 
Keramzit beton va oddiy og’ir betonning solishtirma xarakteristika jadvali 

Download 48.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling