Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi


Download 48.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi48.44 Kb.
#1343896
1   2   3
Bog'liq
zamonaviy-qurilish-sanoatida-keramzit-beton-va-uning-qo-llanilishi

Xususiyatlari 
Keramzit beton 
Oddiy beton 
Zichlik kg/m
3
850-1800 
1800-2500 
Issiqlik o’tkazuvchanlik 
Vt/m
0

0,15-0,45 
0,05-2,02 
Mustahkamlik bo’yicha 
markasi 
B3,5-B10 
B3,5-B10 
Suv shimuvchanlik % 
(massa ulushida) 
10 
4-8 
Sovuqbardoshlik bo’yicha 
markasi 
50/200 
50/300 
Bug’ o’tkazuvchanlik 
bo’yicha markasi 
(мг/(м*ч*Па) 
0,3-0,9 
0.03 
Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning 
eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek 
zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini 
ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish 
xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi 
qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha 
past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) 
dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari 
sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam 
o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli 
bino va 
konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. 
Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
301


mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha 
shartli yoqilg‘ini tejaydi.
Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan 
boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning 
g’ovak strukturasidir. 
1-rasm 
Keramzit to’ldiruvchili beton na’munasining ko’rinishi 
 
Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning 
o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar 
bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida 
mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir 
nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni 
ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida 
juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning 
issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham 
mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu 
jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan 
shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan 
keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish 
vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida 
material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli 
jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida 
g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan 
foydalaniladi. 
Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab 
chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
302


2-rasm 
Keramzitning ichki strukturasi 
Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning 
zichligi, 
mustahkamligi, 
granulometrik 
tarkibi 
kabi 
xossalarini o‘zaro 
mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini 
beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada 
mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni 
tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini, 
bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini 
o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini 
loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab 
topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va 
konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa 
mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II 
yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil 
betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni 
barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni 
respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida 
ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa 
turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi 
rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin. 
3-rasm 
Turli hil materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik ko’rsatkichi bir hil bo’lgandagi 
qalinliklari. 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
303


Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik 
o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi 
bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng 
miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki 
bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million 
so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud 
infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar 
qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan 
unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori 
ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga 
oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar 
jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi.

Download 48.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling