Zamonaviy radioavtomatika tizimlarini tadqiq qlish


Download 75.73 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi75.73 Kb.
#1405971
  1   2
Bog'liq
1-2-МАЪРУЗА


ZAMONAVIY RADIOAVTOMATIKA TIZIMLARINI TADQIQ QLISH


Fanni oʻqitishdan maqsad – RA sistemalarining sinflanishi va ularni qurish prinsiplarini, zamonaviy hisoblash mashinalari yordamida radioavtomatika sistemalarini yaratish, joriy etish, amaliyotda qoʻllash uchun zarur boʻlgan va yoʻnalish boʻyicha taʼlim standarti talab qilgan bilimlar, koʻnikmalar va tajribalar darajasini taʼminlashdir.
Fanning vazifasi – radioavtomatikaning fundamental tushunchalari, taʼrif va tuzilish prinsiplari, zamonaviy matematik apparat yordamida boshqarishning tipik sxema modellari, turli xil fizik tabiatga ega boʻlgan radiotexnika obyektarini boshqarish qonuniyatlarini va radioavtomatika sistemalarini sifatini aniqlash kabi masalalarni yechishdan iborat.


Avtomatlashtirish boʻyicha qisqacha maʼlumot
Inson, eng avvalo jismoniy mexnat turlaridan ozod boʻlishiga erishgan. Bu oʻrinda tabiiy energiya manbalaridan foydalangan (suv, shamol va boshqalar). Sanoatda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I.Polzunov tomonidan (1765-y.) yaratilgan. Bu qurilma bugʻ mashinasi, bugʻ qozonidagi suv sathi balandligini bir meʼyorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga moʻljallangan qurilma edi.


Boshqarishning asosiy prinsiplari


Boshqarishning asosiy prinsiplari ikkiga boʻlinadi:



  1. Avtomatik rostlash

  2. Avtomatik boshqarish

Avtomatik boshqarish tizimi ham ikkiga boʻlinadi:

  1. Avtomatik

  2. Avtomatlashtirilgan


1-rasm. Boshkarish tizimi klassifikatsiyasi


Avtomatik boshqarishda ishlab chiqarish jarayonida inson ishtirokisiz boshqarish (obyektni) tushuniladi. Avtomatlashtirilgan boshqarishda ishlab chiqarish jarayonida inson (operator) ishtirok etishi tushuniladi.
Avtomatik boshqarish tizimi matematik modeli quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.

B T = B O + B Q,


bu yerda


BT – boshqarish tizimi;
BO – boshqarish obyekti;
BQ – boshqarish qurilmasi.
Boshqarish masalasini yechishda, (BO) boshqarish obyekti boshqarish signali yoki kirish signali taʼsirida avtomatik ravishda ishlash rejimi oʻzgarishi kerak. Boshqarish obyekti modeli 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Boshqarish obyekti modeli

Avtomatik boshqarish tizimi funksional sxemasi 3-rasmda keltirilgan.



3-rasm. Avtomatik boshqarish tizimi funksional sxemasi

Avtomatik boshqarish tizimi funksional sxemasiga quyidagilar kiradi: BO – texnik qurilma boʻlib, unda boshqarish amali (operatsiyasi) ishlab chiqiladi yoki bajariladi (boshqarish obyekti – BO); BQ – texnik qurilma boʻlib, unda obyektni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi (boshqarish qurilmasi – BQ).
Boshqarish obyektini boshqarish jarayonida quyidagi taʼsirlar boʻladi: X – kirish signali taʼsiri, boshqarish jarayonida, BO xolatini oʻzgartiradi; Y – chiqish qiymati, (rostlovchi qiymat, BO xolati xarakterlanadi). U – boshqarish taʼsiri (boshqarish signali); Z – berilayotgan taʼsir, talab qilinayotgan qiymat taʼsiri xaqida axborot beradi.



Download 75.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling