Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir


Download 0.81 Mb.
bet20/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1182303
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
elektrotexnika yangi javoblar

Elektr yuritma asoslari. Ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qo’llaniladigan elektromexanik tizimga elektr yuritma deyiladi. Elektr yuritma boshqaruvchi va uzatish qurilmalaridan, dvigatelning o’zidan va ishchi mexanizmdan iborat. Boshqaruvchi qurilma elektr yuritmaning ishini boshqaradi. Masalan, kuchlanish qiymatini va chastotasini, ishchi mexanizmi quvvatini, dvigatelning aylanish yo’nalishini. Uzatish mexanizmi ishchi mexanizmning ay­lanish tezligini o’zgartirib beradi. Lekin u reduktor si-fatida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda uzatish mexaniz­mi yordami bilan yuritmaning tezligini o’zgartirish mum­kin emas. Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar uchta guruhga bo’linadi: 1) guruhli, 2) yakka, 3) ko’p dvigatelli. Guruhli yuritmada bitta dvigatel uzatish qurilmalari yordamida ko’p mexanizmlarni harakatga keltiradi. YAkka yuritmalarda ishchi mexanizm shaxsiy dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Lekin ishchi mexanizmning elementlari uza-tishlar orqali o’sha dvigatel bilan ulanadi. Ko’p dviga­telli yuritmalarda ishchi mexanizmning har bir elemen-tini harakatga keltirish uchun alohida dvigatellar o’rnatilgan. Masalan, universal dastgohlarda shpindel, sup­port va boshqa elementlar bitta dvigatel orqali hara­katga keltiriladi. Og’ir dastgohlarda har bitta mexanizm uchun alohida dvigatel o’rnatilgan. Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari Barcha qishloq xo’jalik iste’molchilari 3 toifaga bo’linadilar. Birinchi toifa iste’molchilarini elektr ta’minotida uzilishlarga yo’l qo’y-ilmaydi. SHuning uchun ular ikki mustaqil yuqori kuchlanishli tarmog’iga ulangan ikkita transformatorlar nimstansiyalaridan ta’minlanadilar. Bu toifaga kiruv-chi iste’molchilariga kuyidagilar kiradi: avtomobil zavodlari, chorvachilik komplekslari, parranda fabrikalari, issiqxonalar, don quritish komplekslari. Ikkinchi toifa iste’molchilariga elektr ta’minotida uzilishlar 3,5 soatdan oshmasligi kerak, aks xolda texnologik jarayon buzilishi mumkin va bu xolat maxsulotlarni buzilishiga olib keladi. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga elektrlashtirilgan sut sog’ish qurilmalari, uncha katta bo’lmagan parnik xo’jaliklari, konserva zavodlari mavjud bo’lgan fermer xo’jaliklari va sh.u. kiradi. Uchinchi toifaga iste’molchilarining 1 va 2 toifaga mansub bo’lmagan iste’molchilari kiradi. Ammo iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilishlar bir sutkadan ortmasligi kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling