Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir
-rasm. Transformatorning ekvivalent sxemasi
Download 0.81 Mb.
|
elektrotexnika yangi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asinxron motorlar Asinxron motorlar xaqida umumiy tushunchalar.
- Uch fazali asinxron motorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
10.5-rasm. Transformatorning ekvivalent sxemasi.
Transformatorning salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan aniqlangan parametrlaridan foydalanib, ekvivalent sxema asosida uning vektor diogrammasi quriladi. Ikkilamchi chulg’amdagi U2 kuchlanishning yuklama I2 tokiga bog’lanashini ifodalovchi grafik transformatorni tashqi xarakteristikasi deyiladi. Transfor matorda energiya isroflari umuman nisbatan ko’p emas. Transformatorlarni quvati ga karab FIK ning qiymati = 0,96…0,995 gacha bo’ladi. SHu sababali kirishdagi R1 va chiqishdagi R2 quvvatni bevosita o’lchashda aniq natija bermasligi mumkin. Bunda FIK ni aniklashning ancha ishonchli bevositausuli – salt ishlash va qisqa tutashuvdagi isroflar quvvati o’lchangandan keyin aniqlash usuli qo’llaniladi: Elektr energiyasi uzoq masofalardan kam isrof bilan olib kelishda iste’molchilarga taqsimlashda, o’lchov ishlarida xamda umumiy energetik tizim yaratishning asosiy omili transformatorlardan foydalanish xisoblanadi. Uni FIK i Asinxron motorlar Asinxron motorlar xaqida umumiy tushunchalar. Asinxron dvigateli xozirgi zamon elektr dvigatellarini eng ko’p tarqalgan turi xisoblanadi. YUksak texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari tufayli bu elektr dvigateli sanoatda va xalq xo’jaligida juda ko’p qo’llanilmoqda. AD tuzilishi sodda, foydalanishga qulay, tan narxi arzon va undan foydalanish uchun yuqori malakali personal talab qilinmaydi. AD ni 1889-yili M.O.Dolivo–Dobrovolskiy kashf etgan. Bu dvigatel ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan elektr mashinalarining 85 % tashkil qiladi. Uni asinxron dvigatel deb nomlanishiga sabab, unda statordagi magnit oqimini aylanishidan rotor aylanishlar tezligi albatta orqada qolishidir Uch fazali asinxron motorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Asinxron elektr dvigateli – ikki qismdan iborat. Qo’zg’almas qism stator va aylanuvchan qism rotor. Dvigatelning statori qalinligi 0,35…0,5 mm li ayrim elektrotexnik po’lat listlardan yig’iladi. Bu listlar bundan tashqari bir – biri bilan lak orqali izolyasiyalanib, shibbalab, laklanib statinaning ichki sirtiga presslab qoqiladi. Statorning ichki sirtiga maxsus pazlar o’yilgan bo’lib ularga statorning chulg’amlari joylashtiriladi. Bu dvigatel xam xamma elektr qurilmalari singari magnit induksiya prinsipiga asosan ishlaydi. AD ning rotori xam maxsus po’lat varaqlardan (qalinligi 0,35…0,5 mm li) tayyorlanib, bir – biri bilan lak bilan izolyasiyalanib, shibbalab, maxsus o’qqa qoqiladi va uning sirtqi qismiga maxsus pazlar o’yilgan bo’ladi. Bu pazlarga faza rotorli AD larda maxsus chulg’amlar o’raladi, qisqa tutashgan rotorli AD larda esa olmaxon katakchalari singari qilib misdan yoki alminiydan quyib rotor chulg’ami tayyorlanadi. Bu quyilgan o’tkazgichlarni ikki tomoni xalqasi mon qilib bir – biri bilan tutashtiriladi. Qishloq xo’jalik sharoitida o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llanila-di, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O’zgaruvchan tok dvigatellari uch va bir fazali qilib ishlab chiqariladi. Asinxron dvigatellarni rotor chulg’amlarida esa o’zgaruvchan EYUK induksiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganida manbaadan kelayotgan kuchlanish aylanuvchan magnit maydonini xosil qiladi. SHunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda mexanik energiyaga aylanadi. Ular magnit induksiyasiga asosan ishlaydi. Asinxron dvigatellar iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ixcham, bikir, engil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar normal ish rejimida ishlashga mo’ljallangan va u dvigatel pasportida ko’rsatilgan bo’ladi. Sanoatda uch xil rejimdja ishlaydigan elektrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda. 1.davomli (S1), 2. Qisqa vaqtli (S2), 3.qisqa takrorlanuvchan (S3) bo’ladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling